Journal of Advanced Research and Stability ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz/ 128
“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century” Special Issue | 2022 deydi: “Choshgohda yo'lga chiqsang safaring o'ng bo'ladi. Kun chiqarga yuraversang,
ro'parangdan daryo chiqadi. Manavi moyni badaningga surkab o't, emasa, nahanglarga yem
bo'lasan. Yana uch kechayu uch kunduz yurganingda xonaqoga duch kelasan. Hovlisiga qurbaqa
tushmaydigan hovuz bor. Qirq kun yuvinib chilla saqlaysan. Chap tomondan tepasida qor
turmaydigan tog' bor. Etagida har peshin elvagezak esadi. Ana shu epkinda to'qqiz kun
toblanasan. Etikan yulduzini mo'ljal olib uch kecha yursang Azlar pirimning ravzasiga borasan.
Bu yerdan qishin-yozin g'oz ketmaydi. Shu qushlardan biri qolgan yo'lni ko'rsatadi” kabi
yo'lchilar ko'pchillik dostonlarda uchraydigan g'oyibona ilohiylik bitikda ham o'z aksini topgan.
Namoyon bo'ladi-ki, bitikdagi har bir aytimlarda folklorga xos jihatlar kitobxon e'tiborini tortadi,
tortibgina qolmay balki milliy ruhiyatimiz singdirilgan dostonlardan: “Alpomish”,
”Kuntug'mish”, “Ravshan” singari o'zbek xalqining nodir durdonalarini ko'z o'ngida tasvirladi.
Eshmonbek qissasida biz milliy ruhiyatimizni ko'ramiz. Eshmonbek qissasida ham
dostonlarimizda aks etgan proza va poemalar ko'p. Eshmonbek folchi aytgan topshiriqlarni to'la-
to'kis bajaradi. Bajarganligi sababli ishlari o'ngidan keladi. Sirlarga boy bo'lgan bu qissada har
bir obraz muloqotida dostondagidek aytimlar keltirilgan. Umuman olganda ifodalanishini ko'rib
dostoniy qirralar yorqin ko'rinadi. Qissada voqeadan voqeaga ko'chish jarayoni ham
dostonlardagidek keltirilgan. Ustoz Qozoqboy Yo'ldoshev qissani shunday deydi:
“Muallif obrazlar ruhiyatini ko'rsatish borasida nasrdan va nazmdan foydalanishda mahoratini
ishga solgan. Obraz ruhiyatini ifodalashda og'zaki nutq tasviridan ham foydalanilgan. O'raylar
hukmdori-farzandsiz Oltintosh holati: “Ot ustidan engashib ignanikezlari unchalik ham parvo
qilmagan, shirnoq ko'ngliga kelmagan. Yillar belidan olib, betiga turish solib bola esiga
keladigan bo'ldi” shaklida beriladiki, bu ifoda og'zaki ijod namunalariga misol bo'ladi”.
Kitobxon qissani o'qirkan albatta o'z-o'zidan savol tug'iladi. Folklor shaklidan foydalanganning
boisi nimada? Yozma adabiyotlarda bunday tasvirlardan foydalanilmaydiku? Uzoq o'tmishdagi
odamlar hayoti hikoya, qissa, doston yoki roman yozishi mumkin-ku? Yozuvchi qadim
zamonlarda yashab o'tgan kishilar hayoti, milliy ruhiyati va kayfiyatini o'tmishning o'ziga xos
uslubdan, uning asl ohangini aks ettiradigan shaklda ifodalashni maqsad qilib olgan. Qissani
o'qigan kitobxon ijodkorning o'sha muhitni tasvirlashidan go'yoki qahramonlardan biriga aylanib
qolgandek his qiladi. Boshqacha qilib aytganda , romantik odamlarning sarguzashtli hayot tarzini
romantik tasvir yo'sinda ko'rsatib bergan. Natijada, ob'yektiv hayot tasvirini sub'yektiv tasvirga
aylantirganligi o'tkir yozuvchiligini tan olasiz. Yozuvchi Anvar Suyunning “Eshmonbek”
qissasiga nazar solgan o'qirman yozuvchining so'z san'atidan foydalanishi, hamda asardagi
estetik va falsafiy mohiyatini adabiy folklor darajasiga olib chiqqaniga imon keltiradi.
Folklorning muazzam janri bo'lmish eposni millat tarixining zerikarli raqamlardan xoli bo'lgan,
qiziqarli va zavqli tarixiga oʻxshataman. Tarixiyligi deganimizda bir qancha urug'lar borligi
go'yoki, tarixga o'xshaydi. Masalan: Tuyoqli, O'raylar, Tulkichi, Xitoyi, Mitanlar, Laqallar,
Cho'potlar, Kesamirlar, Merkitlar,Yovmitlar, Qang'lar va Oyinlilar kabi urug'lar qissada yoritib
berilgan. Bu urug'larni keltirishi bilan ijodkor o'zbek millatining etimologiyasini tasvirlagan.
Folklorshunos Lotin Amerikalik ulug' adiblardan biri Xorxe Luis Borxes: “Adabiyot mif bilan
boshlanib, mif bilan tugaydi”, – deydi. Buni boshqacharoq qilib aytadigan bo'lsak, har qanday
sanʼat, jumladan, badiiy so'z sanʼati ham folklor bilan boshlanib, folklor bilan birga taraqqiy
etadi. Shuni aytish kerak-ki, adabiyot folklor qoidalariga asoslanib yozilsa mazmun mohiyati
ravshanlashadi.
Baʼzi holatlarda epos millat adabiyoti uchun o'q ildizlik vazifasini bajaradi. Yana
shuni aytish kerakki, folklor uslubi yozuvchiga o'tmishdagi ajdodlarning hayoti va ruhiyatini
bugungi odam sifatida tashqaridan turib emas, balki olis kechmishga ko'chib ichdan aks ettirish
imkonini beradi. Anvar Suyunning “Eshmonbek” qissasida folklorga xos belgilar ko'p va xo'p.
Bunday ijodiy namunalar adabiyotimizda kamyob hodisadir. Qissada keltirilgan tuyoqlilar xoni