"eshmonbek" qissasida milliy ruh talqini


Journal of Advanced Research and Stability



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144000
1   2   3   4   5   6
ANVAR SUYUN

Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
127
“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”
 

 
Special Issue | 2022

qissasini misol qilish mumkin. 
Epos avvalo, o'zbek xalq og'zaki ijodi – folklorizm materiallaridan tortib, keyinchalik mumtoz 
adabiyot tarixidagi adabiy siymolar ijodida, shuningdek, O'zbek folklorshunoslaridan Ergash 
Jumanbulbul, Fozil Yo'ldosh kabi folklorda ijod qilgan ijodkorlarni aytish maqsadga muvofiq. 
Boshqa sanʼat turlaridan farqli ravishda, folklorda so'zlar ma'lum g'oya va qarash, mazmun va 
tasvirlar emotsional asosiga quriladi. Pafos g'oya va qarashning umumiy ifodasini bildirishga, 
jonlantirishga, kuchaytirishga xizmat qiladi. Umuman, folklorni maʼlum bir voqelikka nisbatan 
g'oyaviy-hissiy munosabatsiz, yaʼni, pafossiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Аmmo, bu yerda bir 
muammo borki, bu har bir davrda muayyan bir kurashish bo'lganidek Anvar Suyundek adibning 
ijod namunasida ham o'z aksini topgan. Qarindosh urug'chilikka bog'langan bu bitik Anvar 
Suyun ijodining noyob asar ekanidan dalolat
beradi.
Anvar Suyun qissaning personajlarning 
ruhiy dunyosiga milliy xarakterimizni singdira olganligi, milliy til va milliy nutqimizni ham 
mohirlik bilan tasvirlaganligi kitobxonda milliy xarakter, milliy til va milliy nutqini yanada 
shakllanishi uchun o'z ta'sirini ko'rsatadi. O'qirmanning milliyligimizga bo'lgan qiziqishini 
orttiradi. Qissani sevib o'qiydi va umummilliy qadriyatlarga hurmatini yuqori darajaga ko'taradi. 
“Ijodkorning milliy ruhimizga nisbatan hissiy-estetik munosabati, kuchli va qaynoq ehtiroslari 
hosilasi, ijodkor his-tuyg'ulari, ko'ngil kechinmalari, eposidagi milliy urug'imizga bo'lgan 
qiziqishidan xabar beruvchi asardir”. O'zbek adabiyotidagi yozuvchilar ijodida aynan ana shu 
“Eshmonbek” qissasidan olingan bahramandlik o'zgacha. Haqiqiy ijodkorning ongiga butun 
hayoti davrida xalq ijodi har xil yo'llar bilan bevosita va bilvosita ta'sir etsada, Eshmonbek 
qissasida esa o'tgan tarixiy voqeani bugun bo'layotgandek yorqin tasvirlagan. Buni e'tirof etish 
kerak. Boshqacha qilib aytganda, folklor yozuvchi ongiga va tushunchasi, xotirasiga bevosita 
o'zlashtiriladigan ijodiy materialgina bo'lib qolmay, ayni chog'da yozuvchi tasavvurini 
qo'zg'ovchi, unga turtki beruvchi boy haqiqiy assotsiatsiyalar tug'diruvchi, tasvirlanuvchi 
voqelikni to'la va o'z bo'yog'ida bera oluvchi turli murakkab taassurotlar yaratuvchi kuchli badiiy 
xazinadir. Bunday xazinadan Аnvar Suyun o'zining “Eshmonbek” qissasida unumli 
foydalanilgan desak ayni muddao. 
Iqtidorli va qalami o'tkir yozuvchilarimizdan Anvar Suyunning “Eshmonbek” nomli qissasida 
qadim o'tmishdagi odamlar hayoti, yashash sharoiti, manzillari va ruhiy kayfiyatlarini aks 
ettirgan.
Muallifning o'zi asarni qissa deb nomlagan bo'lsada, bitikni janr xususiyatidan kelib chiqqan 
holda to'la ma'noda doston deyish maqsadga muvofiq. Doston bo'lganda ham butunlay xalq 
eposlari yo'lida yaratilgan muallifi anonim asarlarga o'xshash bitik bo'lsa ham o'zbek adabiyotida 
munosib o'rin egalladi. “Eshmonbek” qissasida xalq dostonlarining deyarli barcha unsurlari 
mavjud. Chunonchi, asar boshlangandan oxirigacha sochma qora so'z bilan she'rlar aralash 
keladi. Personajlar istagi, holat kayfiyati va bir-biri bilan so'zlashuv jarayoni bevosita aks 
etadigan o'rinlar she'riy yo'l bilan ifodalanib, qissada personajlar ichki dunyosi milliy ruhda 
tasvirlangan. Qissaning ohangida go'yoki xalq dostonlariga xoslik va ko'tarinki ruhiy psixologik 
kechinma borligi yaqqol sezilib turadi. Nasriy bayonda ham ko'p o'rinlarda sa'jdan 
foydalanilganligi qissa boshidan oxirigacha kuzatiladi: “Qadim zamonlarda ko'rganli bir el 
bo'lgan ekan. Bilmaganlar yuzlar der ekan, bilganlar ushoqjoni beadad tuyoqli boylar der ekan. 
Yalovi o'tli, idishi sutli, kattasi qutli, saromadli el ekan”. Ma'lumki, sa'jda nasr bo'lsada, peyzajga 
nazmga xos ko'tarinkilik aks etgan, shu bilan yonma-yon qofiyalanish hollari bor. Albatta, 
bunday uslubda yozilgan asardan muallif oldiga katta mas'uliyat yuklashi tabiiydir. 
Qissada folklordagi singari sirli-sehrli tasvirlar motiviga ham keng o'rin berilgan. Jumladan, 
qissada Arslon qora, bir juft qo'sh oq ilon, folchi kampir kabi obrazlar tasvirida sirlar va 
g'oyibiylik xususiyatlar ustunlik qilishi namoyondir. Cho'tir kampir Eshmonbekka shunday 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin