Eshonqulov Shahzodning Dinshunoslik fanidan 1-Topshiriqqa yozgan javoblari



Yüklə 25,77 Kb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü25,77 Kb.
#36069
1   2
Dinshunoslik

2-topshiriq.Dinning jamiyatdagi funksiyalari

1-Kompensatorlik funksiyasi odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham turmushning ob'ektiv shart-sharoitlarini o‗zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‗lish va ojizlikni to‗ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‗ladi; diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va ma'naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir.

2-Integratsion-dezintegratsion funksiya - individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion funksiya ma'lum bir ma'noda yagona diniy e'tiqod mavjud bo‗lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo‗lmagan g‗oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi

konfessiyalar paydo bo‗lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‗ladi.

3-Madaniyatni targ`ib qilish funksiyasi

oldin madaniyatning ma'lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san'atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo‗lsa, hozirda ba'zi madaniy fenomenlarni rag‗batlantirib, ba'zilarini inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‗paytirish, ilmiy-ma'naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.

4-Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash

funksiyasi ba'zi jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, me'yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki ularning ba'zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. Din ma'lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida ba'zi ko‗rinishlarga, ularga ma'lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda majburiy va e'tiroz qilib bo‗lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb

etadi.


  1. Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) ma'lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‗la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‗z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‗u va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun umid, azob- uqubat, baxtsizlik, yolg‗izlik, tushkunlikdan ozod bo‗lishni qo‗llab-quvvatlaydi.

  1. kommunikativ funksiya muloqotni ta'minlaydi. U ham diniy, ham diniy bo‗lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‗zaro ta'sir ko‗rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‗z ichiga oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o‗zaro bir-birlari bilan muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, o‗lganlarning ruhi, avliyolar

va b.) bilan muloqoti.

  1. Regulyativ funksiya ma'lum bir g‗oyalar, qadriyatlar, yo‗l- yo‗riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an'analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me'yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko‗psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‗batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o‗limdan keyin taqdirlanishiga va'da berish) muhim ahamiyatga ega.

3-topshiriq. Dinning primitiv shakllari

1-Fetishizm-(fransuzcha fetiche – tumor, but, ko‗zmunchoq) insonning g‗ayritabiiy imkoniyatlariga ishonishdan iborat bo‗lgan afsungarlikdan farqli o‗laroq biron moddiy buyumga g‗ayritabiiy xossalar berilib, u ilohiylashtiriladi. Toshlar, daraxt

bo‗laklari, hayvon tanasining biror qismi, but-sanamlar fetish vazifasini o‗taydi.

Zamonaviy dinlarda fetishizm tabarruk buyumlarni tavof qilish tarzida(xristianlarda - xoch, ikonalar, mayitga sig‗inish, buddizmda – tabarruk o‗g‗ir yoki hovoncha, islomda – tabarruk qadamjolar va qora tosh), mustaqil qoldiq sifatida esa tumor va ko‗zmunchoqlarga ishonch tarzida saqlanib qolgan. Irim-sirimga ishonadigan odamlar fikriga ko‗ra, tumor baxt keltirar, ko‗zmunchoq esa yomon ko‗zdan asrar ekan. Taqa, tumor, bo‗yin taqinchog‗i (kulon), filcha, turli o‗yinchoqlar esa zamonaviy fetishlarga misol bo‗la oladi.

2-animizm (lotincha anima - ruh) – ruhlar va ruhiyatga yoki umuman tabiatning ruhiyati mavjudligiga bo‗lgan ishonch. Ibtidoiy odam tasavvuriga ko‗ra uning atrofidagi dunyoda har narsaning (hayvonlar, o‗simliklar, tabiat hodisalari va h.k) joni, ya‘ni ruhi mavjud.

insonning jismoniy o‗limidan so‗ng uning ruhi yashab qolishiga bo‗lgan ishonchi va e‘tiqodi, dafn qilish bilan bog‗liq qator marosimlar paydo bo‗lishiga olib keldi. 50-yillarda Buxoro vohasining sharqiy chegarasiga yaqin Quyimozor bekati yonida ana shunday mozorlar mavjudligi aniqlandi. Ulardan yigirmatasi ochilib, anchagina dafn marosimi ashyolari topildi. Ushbu

majmua miloddan oldingi so‗nggi va milodiy birinchi asrlarga oid.

3-Totemizm Shimoliy Amerika hindulari – ajivbe qabilasi tilida «ot-otem» so‗zi «uning urug‗i» ma‘nosini anglatgan. Ibtidoiy jamoalar qavm-qarindoshlik asosiga qurilgan. Odam ijtimoiy munosabatlarning ushbu ko‗rinishini tashqi muhitga – tabiatga ham ko‗chiradi. Urug‗ning jonivorlar va o‗simliklar olami bilan aloqasi ular bilan qonqqondoshlik alomati deb anglangan.



  1. Shamanizm e‘tiqodi oddiy insonning dahshatli va tushunarsiz, g‗ayritabiiy va sirli holatlarini tushunishi va aql kuchidan ustun turishi bilan bog‗liq.

Shomonlikdagi asosiy, hal qiluvchi holatI shomon tanasiga ruhlarning joylashishi to‗g‗risidagi tasavvurdir. Odamlar shomonning o‗ziga xos trans holatini ko‗rganlarida uni o‗zi chaqirgan ruhlar egallab oldilar, deb o‗ylaydilar. Bunda shomon ko‗pincha o‗z harakatlarida animistik obraz yoki shu obrazlarni eslatuvchi predmetlarni qo‗llaydi. Ruhlarni chaqirish shomonlik harakatlarini ta‘sirchan jamoaga yo‗naltirib, ulardan o‗z manfaatlari yo‗lida foydalanishni taqozo etadi.

5-Tangrichilik osmon xudosi «Tangri»ga e‘tiqod qilgan qadimiy turkiylarning dini bo‗lib, mil.avv. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillikda vujudga kelgan.

Tangrichilik qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri bo‗lgan.

Tangrichilik ta‘limotiga ko‗ra, Tangri bu – Moviy Osmon, Buyuk Osmon sohibi ruhi bo‗lib, uning doimiy makoni osmon deb hisoblangan. Tangri so‗zi turkiy xalqlarda Tengri yoki Tengeri (oltoy), Tengri (qipchoq), Tanri (turk), Tengri (tatar), Tangara (yoqut), Tengiri (kumiq), Teyri (bolqor-qorachoy), Tenger (mo‗g‗ul), Tura (chuvash) shakli ham

ishlatilgan.Tangrichilik e`tiqodiga ko`ra tnagring yordamchilari ham bo`lgan,masalan: ,,panteon Umay (Jumay, ona ma‘buda), Erlik (ota ma‘bud), Yer, Quyosh, Oy, Yomg‗ir, Kamalak ma‘budlaridan iborat bo‗lgan.

6-Zardushtilik Spitama qabilasidan bo‗lgan Pourushaspa o‗g‗li

Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr,) ushbu dinning asoschisi hisoblanadi

Zardushtiylar e‘tiqodiga ko‗ra, bu nom unga Ahuramazda tomonidan berlgan.

Zardushtiylikning muqaddas manbasi ―Avesto‖ sanskrit tiliga yaqin o‗ziga xos (avesto tili) tilida yozilgan.Zardushtiylikni oliy xudosiAhuramazda bo`lgan.

Undan tashqari ahriman,mitra,anahita va hakozo kabi xudolar ham bo`lgan.

Zardushtiylikning asosi ezgu so`z, ezgu fikr va ezgu amal bo`lgan.Ular hayot yaxshilik va yovuzlikdan iborat deb hisoblashgan.zardushtiylida suv,havo,tuproqva olov muqaddas bo`lgan. Shuning uchun insonla vafot etsa jasadlarini ko`milmagan yoki yoqilmagan.ularni maxsus ossuariy (suyakdon)larda dafn etishgan.zardushtiylani muqaddas kitobi avestoni tafsiri zand deb ataladi.A vestoni

Birinchi bo`lib fransuz olimi A.Dyuperron tarjima qilgan. 4-topshiriq

Yahudiylik miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan yakkaxudolik g‗oyasini targ‗ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‗lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos.Yahudiylik dinini payg`ambari

Muso a.s hisoblanadi.yahudiylikni muqaddas kitobi Tavrot hisoblanadi.Yahudiylikning ta`limoti yagona hudo yevaga imon keltirish,

Yahudiylani oliy xalq ekanligi,messiya haloskorni kelishi,oxirat haqidagi ta`limotlar kiradi.

Buddizm hayot charxpalagi ya`ni inson o`lgandan keyin qayta tug`ilishi haqidagi ta`limotdir.buddaviylikni asoschisi budda hisoblanadi.



Xristianlik dini-miloddan avvalgi birinchi asrda paydo bo`lgan dindir.

Payg`ambari Iso a.s dir.Xristianlik dini 3 oqimga bo`linadi.Ular prostentantlik,katolik va provaslav oqimlaridir.xristianlik dinining muqaddas kitobi injil kitobi hisoblanadi.xristianlikda 3 ta hudo bo`lib ular ota hudo o`g`il hudo va muqaddas ruhdir.
Yüklə 25,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin