Eshonqulov Shahzodning Dinshunoslik fanidan 1-Topshiriqqa yozgan javoblari



Yüklə 25,77 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü25,77 Kb.
#36069
  1   2
Dinshunoslik

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Unversiteti Dasturiy injiniring Fakulteti 311-20 guruh talabasi

Eshonqulov Shahzodning Dinshunoslik fanidan 1-Topshiriqqa yozgan javoblari

1-Topshiriq: ―Davlat va din munosabatlarini tartibga solish modellari‖



  1. Davlat cherkov –Identifikatsion—bu modelni,Daniya,

Angliya, Gretsiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya‘ni Yevropa ittifoqining deyarli uchdan bir qismida) kuzatish mumkin. Mazkur model muayyan tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, Yevropaning ayrim mamlakatlarida hamon davlat dinini rasmiy belgilash prinsipi bo`lib kelmoqda. Hozirgi kunda anglikan cherkovi (rasmiy nomlanishi – Angliya cherkovi) davlat maqomiga egadir. Parlament monarxiyasi yagona konstitutsiyaviy hujjatga ega bo‗lmasa-da, mamlakatda diniy tashkilotning o‗rni-mavqei bir qator parlament qonunlari hamda davlat bilan diniy tashkilot o‗rtasidagi kelishuv-bitimlari bilan belgilanadi. Shunday hujjatlardan muhimi – 1534 yili qabul qilingan «Suprematiya (ustuvorlik) to‗g‗risidagi akt»dir. Unga binoan qirol anglikan cherkov rahbari bo‗lib hisoblanadi (1952 yildang buyon – qirolicha Yelizaveta II).

Shunga ko`ra qirolicha hukumat tavsiyasiga kora yepiskoplani lavozimga tayinlayd. Barcha din xizmatchilari lavozimga tayinlanishda qirolichaga itoatkorlik haqida qasamyod qabul qiladi. Barcha diniy tashkilot hujjatlari, Bosh sinodi qarorlari qonuniy kuchga kirishidan avval, parlament tomonidan tasdiqlanadi va qirol tomonidan ma‘qullanadi.

Shvetsiya, Daniya va Norvegiyada diniy tashkilotning maqomi boshqa mamlakatlarnikidan jiddiy farq qiladi. Skandinaviya mamlakatlarining

belgisi – protestantizmning qat‘iy ustuvorligi hisoblanadi - bu mamlakatlarda aholining 90 foizidan ko‗prog‗i protestant cherkoviga mansubdir.

Qirol bir vaqtning o‗zida hukumat rahbari, oliy bosh qo‗mondon va diniy rahbar sifatida namoyon bo‗ladigan, mutlaq teokratik monarxiyaga misol qilib Saudiya Arbistonni keltirsa bo‗ladi. Bu mamlakatda Konstitutsiya mavjud bo‗lmay, uning o‗rnini qirollik dekretlari chiqariladi.

Suadiya Arabistonida sud hokimiyati asosan shariat sudlari tomonidan Qur‘on ko‗rsatmalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.





  1. Separatsion, ya‘ni davlat dindan ajratilganligiga asoslangan

model. Davlat bilan din o‗rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turi AQSh, Fransiya, Niderlandiya mamlakatlarida keng tarqalgan.

Bu modelda davlat dinni o‗z fuqarolarining shaxsiy ishi sifatida ko‗radi va buni «erkin jamiyatda erkin e‘tiqod» degan ibora bilan izohlasa bo‗ladi.

Bunday model asosan AQSH da yoyilgan bo`lib,unda bir- birining ishlariga ikki tomonlama aralashmaslik, diniy jamoalarning erkinligi, barcha konfessiyalarga nisbatan davlatning aralashmasligi, diniy tashkilotning davlatdan qat‘iy ajratilish prinsipi qo`llaniladi .

Separatsion modeli yevropada boshqacharoq.bu model Yevropada davlatning dinga qarshi kurashi natijasida shakllandi.Bu kurash oxir oqibat davlatning dindan ajralishiga olib keldi.Bunday voqea 1904 yilda Fransiyada yuz berdi,unga ko`ra quyidagilar tan olindi



  • Vijdon va e‘tiqod erkinligi;

  • Diniy tashkilotlar yoki ularning moliyaviy qo‗llab-

quvvatlanishini davlat tomonidan tan olinishining taqiqlanishi;

  • Barcha dinlarga, hech bir istisnosiz teng munosabatda

bo‗lish.

Fransiyaning dinning davlatdan ajratilishi to‗g‗risidagi qonuni diniy marosimlarni va odatlarni bajo keltirish jamoat tartibini muhofaza qiluvchi hokimiyatlar ruxsati va nazorati bilan amalga oshirilishini belgilab qo‗ydi.



  1. Kooperatsion modeli----Bu model GFRda yaqqol namoyon bo‗lgan.

Veymar Konstitutsiyasi davridan boshlab Germaniyada davlat-cherkov munosabatlari sekulyar bo‗lib qolgan, davlat bilan cherkov erkinligi o‗rtasidagi muayyan masofa bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda bunday masofani «neytralitet» deb ataladi.

Hozirgi kunda davlat-cherkov munosabatlari GFR Asosiy qonunining 140-moddasi orqali belgilanadi.Konstitutsiyaning mazkur moddasi 1919 yilgi Veymar Konstitutsiyasining 136-



  1. 141- moddalaridan tashkil topgan.

Bu boradagi asosiy qoida 137-moddada o‗z aksini topgan bo‗lib, unga binoan davlat cherkovi umuman mavjud emas. GFRda diniy mashg‗ulotlar davlat bilan cherkov o‗rtasidagi o‗zaro munosabatning o‗ziga xos ifodasi bo‗lib, diniy mashg‗ulotlar davlat bilan cherkovning umumiy ishi sifatida e‘tirof etiladi. GFR Konstitutsiyasining 7-moddasiga binoan, ommaviy maktablarda diniy ta‘lim, nokonfessional maktablardan tashqari, majburiy predmet bo‗lib hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlarda diniy tashkilotlarning huquqiy maqomini, davlatning dinga, vijdon va e‘tiqod erkinligiga

bo‗lgan munosabatini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy va

qonunchilik normalari nihoyatda turli-tumandir.

O‗zbekistonda tarkib topgan davlat va din o‗rtasidagi munosabat o‗z mohiyati, mazmuni va huquqiy asoslariga ko‗ra separatsion

modelga, ya‘ni davlatdan din, maktabdan din ajratilganligi va vijdon erkinligi, konfessional bag‗rikenglik ta‘minlanganligiga asoslanadi.


Yüklə 25,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin