Espero” jamoasi savollaridan iborat to’plam. 1-savol. Savol matnida iks bilan uchta so’z almashgan



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə34/39
tarix01.12.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#170288
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
ESPERO JAMOASI TOMONIDAN TAYYORLANGAN 115 SAVOL

Diqqat savol: “U”ning bosh qahramoni nomini yozib bering.


Javob. Pennivayz
Qabul: U; Pennywise the Dancing Clown; Pennivayz – raqsga tushuvchi kloun
Izoh: Yozuvchi Stiven King Bangor shahrida yashaganida ushbu shaharchani o’zining U romanidagi Derri shahri prototipiga aylantirgan. Savoldagi “U” almashtirish emas balki roman nomi edi. Ingliz tilida roman nomi “It”.
Muallif: Bobur Maksimov


99-savol. Tarqatma material. Diqqat, savoldagi ПРОПУСК so’zi bilan almashtirilgan so’zlar faqat kapitalizatsiyasi bilan farq qiladi.
S u’ratdagi yigitlar ijtimoiy tarmoqlardagi roliklari bilan mashhur. Shu sababli bu ikki ovlonni ПРОПУСК deb atasak bo’ladi. Boshqa bir ПРОПУСК o’zlarining ilk qadamlarini “Sovet Militsiyasi” jurnalida boshlashgan ekan.
Diqqat savol: ПРОПУСК so’zi bilan almashtirilgan so’zlarni yozib bering.


Javob. Aka-uka Vaynerlar / aka-uka vaynerlar.
Izoh: Tarqatmada o’zlarining vaynlari (ya’ni qisqa hajviy videoroliklar) bilan mashhur Timur hamda Axror Alixanovlarni ko’rib turibsiz. Ular aka-uka ekanini tashqi ko’rinishlaridan ham taxmin qilish mumkin. Mashhur yozuvchi aka-uka Arkadiy ava Georgiy Vaynerlar dastavval “Sovet militsiyasi” jurnalida qisqa detektiv janridagi qissalar bilan chiqa boshlashgan, bunga ularga mashhur yozuvchi Yulian Semenov ham ko’mak bergan ekan.
Muallif: Bobur Maksimov, Sardor Axmedov


100-savol. Ara Yeretsyan 1944-yilda Budapeshtda klinika ochib, 40 dan ortiq shifokorni ishga oladi. Keyinroq 400 ga yaqin “bemor” klinikaga qabul qilingan. Mazkur faoliyati sababli savol muallifi Ara Yeretsyanni 1908-yilda Svi’tavi shahrida tug’ilgan insonga qiyoslaydi.
Diqqat savol: Bu insonning familiyasini yozib bering.


Javob. [Oskar] Shindler.
Izoh: Yeretsyan tomonidan berkitilgan odamlarning hammasi yahudiylar bo’lgan. Bu ish orqali u yahudiylarning bir qismini jonini saqlab qolgan. Shu tufayli uni anologik faoliyat bilan mashhur bo’lgan, Chexiyaning Svi’tavi shaxrida tug’ilgan tadbirkor Oskar Shindlerga qiyoslash mumkin.
Muallif: Bobur Maksimov



Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin