Mavzu:
|
Esse haqida tushuncha
|
Vaqt: 2 soat
|
Talabalar soni: 15-30
|
Dars turi:
|
Amaliy
|
Darsning maqsadi:
|
Esse haqida to‘liq bilim ko‘nikmasi hosil qilish
|
|
Darsning vazifalari:
Esse haqida ma’lumot berish.
Essega qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot berish.
Essening o‘ziga xos xususiyatlari.
|
Kutilayotgan natijalar:
1. Esse haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘ladilar. (Ilova 1)
2. Talabalar essega qo‘yilgan talabalar haqida bilib oladilar. (Ilova 2)
3. Essening o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilim ko‘nikmasini o‘zlashtiradilar va esse yozishni o‘rganadilar.(Ilova 3)
|
Amaliy mashgulotning ta’lim texnologiyasi xaritasi.
Dars bosqichlari
|
Mashg'ulotlar tartibi
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1.Kirish
(15 daq)
|
O‘qituvchi talabalardan uyga vazifani so'raydi.
|
Talabalar javob berishadi.
|
2. Asosiy qism
daq)
|
Esse haqida ma’lumot beradi.
Esse yozishda fikrlarni tartiblash, essega qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot beradi.
Talabalar ishini nazorat qiladi.
|
1. Talabalar tinglab savol berishadi.(Ilova 4)
2. Talabalar tinglab savol berishadi.
3.Talabalar mustaqil eese yozish ko‘nikmasini shakllantiradilar
|
3.Mustahkamlash (30 daq)
|
O‘qituvchi talabalarga topshiriq beradi va nazorat qiladi.
|
Talabalar topshiriqni mustaqil bajarishadi. (Ilova 4)
|
Yakuniy qism
(5 daq)
|
O‘qituvchi talabalarga uyga vazifa beradi: berilgan mavzulardan biriga esse yozib kelish
|
Uy vazifasi (Ilova 5)
|
12-mavzu. Esse haqida tushuncha.
Reja:
1. Esse haqida umumiy ma’lumot.
2. Essega qo‘yiladigan talablar.
3. Essening o‘ziga xos susuyiyatlari.
1-ilova:
Esse haqida
Esse – fransuz tilida “essai” – “tajriba”, ingliz tilida “essay”, “assay” – intilish, ijodiy sinov, ocherk; lotincha “exagium” – “o‘ylash” degan ma’noni bildiradi.
Esse (fransuzcha: essai — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subʼyektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiybiografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiyommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. Uzbek adabiyotida XX-asrning 70—80-yillaridan Esse yaratila boshlandi.
Esse – aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalar asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi.
Essening tuzilishi
Kirish
Kirish – mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog‘lab oydinlashtirish. Bu bosqichda qalamga olingan mavzuni yoritish uchun savolni to‘g‘ri qo‘yish muhim.
Tezis qo‘yish essening eng muhim shartlaridan biridir. Tezis – essening kaliti. Kaliti topilmasa, essening asosiy maqsadiga yetish qiyin. Tezis – muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini bildirib, u asosiy qismda isbotlanadigan fikrni yo‘naltiruvchi g‘oya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismida yoziladi.
Asosiy qism
Asosiy bo‘lim – mavzuning nazariy asosi va savolning mazmunini bayon etuvchi bo‘lim. Bunda mavzuga mos barcha bilimlar, asosiy fikr va muammoga bog‘liq dalil va faktlar jamlangan bo‘lib, unda dalillar, xabarlar, turli statistik ma’lumotlardan foydalanib, mavzu yoritiladi, ko‘tarilgan muammoning kelib chiqish sabablari oydinlashtiriladi.
Dalillar – o‘quvchi tomonidan aytilgan fikrni isbotlash uchun keltiriladigan ko‘chirma (maqol, sitata, hikmatli so‘z, rivoyat, she’riy parchalar va h.k.). Qo‘yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar keltirilishi kerak.
Asosiy qismni yoritish uchun kerakli ma’lumotlarni keltirish jarayonida qo‘yilayotgan masalaga o‘quvchining shaxsiy munosabatini bildiruvchi, shuning bilan birga, menimcha, mening fikrimcha, birinchidan, ikkinchidan, shu kabi, demak, biroq, unday bo‘lsa kabi kirish so‘zlardan foydalanish o‘rinli bo‘ladi.
Xulosa
Xulosa – mavzu bo‘yicha chiqariladigan yakuniy jumlalar bo‘lib, unda yangi fikr-mulohazalar bildirilmaydi, balki dalillarga suyangan holda yakun chiqarilib, uni yechish yo‘llari ko‘rsatiladi. Essening yakuniy qismida asosiy qismda berilgan muammoning yechimi tasdiqlanadi va mazmunning mohiyati ochiladi, ya’ni «Esse boshida ko‘tarilgan masala bo‘yicha nima deyish mumkin?» degan savolga aniq va tushunarli javob tarzida yozilishi kerak. Xulosa qismida quyidagi kirish so‘zlardan foydalaniladi: men shunday xulosaga keldimki.., qisqasi, asosiy fikrim shuki.., xulosa qilib aytganda... va boshqalar.
2-ilova:
Dostları ilə paylaş: |