Esse Shaxsning psixologik xususiyatlari ularning asosiy xarakterikasi Reja I kirish


II.III Ijtimoiy hulq motivlari va shaxs motivatsiyasi



Yüklə 58,39 Kb.
səhifə4/6
tarix16.12.2023
ölçüsü58,39 Kb.
#183347
1   2   3   4   5   6
Tayanch konspekt

II.III Ijtimoiy hulq motivlari va shaxs motivatsiyasi.

Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egalagan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bemaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo‘nalishi va faolliginitushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?» degan savollarga javob qidirish- motivatsiyani qidirish demakdir. Shaxsning jamiyatda odamlar orasiidagi xulqi va o‘zini tutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining sub‘ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hakozolar); b) tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir.


Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiyalar ham deb ataaladi. Ular Shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, Shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga «O’zim ham bilmay qoldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni, dispozitsiya anglangan, ongli hisoblanadi.Shu nuqtai nazardan motiv – konkretroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu hulq –atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shu ma’noda Shaxs hulqining motivatsiya turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’siri shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z ichiga oladi.Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda Shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol uchun talabaning o‘quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog’cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani ununmasligimiz lozimki, Shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni, ular o‘sha jamiyat va mohiyatdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar harakteriga bog’liq bo‘ladi. Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqloshi kerak, aks holda dasstur hech narsa bemaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi Shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og’ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, bola erkinligi bo‘g’iladi, u qat‘iy nazorat muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo‘lmaydigan, qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmadigan bo‘lib, qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo‘ladi.
Motivlarning turlari. Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Maklelland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni baajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatlardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar –tanish-bilishlar, mablag’ kabi omillardan ham foydalanadilar.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning iehnatga, odamlarga va o‘z-o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi harakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas‘uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, ma’suliyatli imtihon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtihon oldidan juda qayg’uradilar. ham. Ular uchun imtihon topshirish juda kata tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg’am bo‘lib, sira koyimaydilar.Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi. Motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag’lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi.Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob‘ektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik xolatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizning hammamiz sevamiz, bayrog’imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shugullanadiganlarning albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib qolganligiga e‘tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barcha ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi, va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlar ro‘yobga chiqadi. Demak, motiv- har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning sababi (undov), sharti bo‘lsa, ustanovka – ana shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning komponentli tizimini ishlab chiqqan:
A. Kognitiv komponent – ustanovka ob‘ektiga aloqador bilimlar, g’oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent – ustanovka ob‘ektiga nisbatan su‘ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti – sub‘ektning ob‘ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlar majmui (xulqda namoyon bo‘lish).Bu uchala komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog’liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat-komponentlarida uyg’unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi printsipining turli Shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanktsiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu Shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 58,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin