Esse tarixiy kartografiyaning shakllanishi, taraqqiyoti



Yüklə 16,08 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü16,08 Kb.
#206640
TARIXIY KARTOGRAFIYANING SHAKLLANISHI, TARAQQIYOTI




ESSE
TARIXIY KARTOGRAFIYANING SHAKLLANISHI, TARAQQIYOTI


Tarixiy kartografiya - ilmiy fan bo`lib, u asosan tarixiy kartalar va atlaslarni tuzish, ularning uslubiyatini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Kartografik uslubning tarix fanida qo'llanilishi tarixiy kartalardan keng foydalanishga, tarixiy-geografik monografiyalar, maqolalar, darsliklar, qo'llanmalar yaratiUshiga olib keldi. Tarixiy kartalarda tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar, tarixiy davrlarni tavsiflovchi jarayonlar, shuningdek, geografik oqibatlar ko'rsatib o'tiladi. Umumiy tarixiy kartalar bu jarayonlarni yanada to'liqroq ko'rsatishga, ochib berishga harakat qiladi. Tarixiy kartalarning turli xillari bo'ladi: tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-siyosiy, tarixiy etnografik, arxeologik, milliy-ozodlik harakati, dehqonlarqo'zg'oloni, inqilobiy harakatlar, harbiy-tarixiy, madaniyat tarixi bo'yicha va boshqa kartalar kiradi. O'quv-tarixiy kartalar o'rta va oliy maktablarda o'qitilayotgan tarixiy davrlarga mos bo'ladi.
Tarixiy kartografiyaning rivojlanishi har doim tarixiy geogra­fiyaga bog'liq bo'lib kelgan. 1579 yili Abraxam Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy kartadan iborat qo'shimcha tuzdi. Ortehyning bu qo'shimchasi keyinchalik 1603 yih 38 ta kartadan iborat bo'lgan antik davrning geografik atlasini tuzilishiga sabab bo'ldi.
XVII asrning ikkinchi yarmida fransuz geograflari Sansonlar va V.Dyuval atlaslarida ham tarixga oid kartalar bo'limi bor edi.
XVIII asr oxirida fransuz kartografi J.B. D'Anvil tomonidan
tayyorlangan tarixiy kartalar bosilib chiqdi. Orteliydan tortib to
XIX asr oxiriga qadar tuzilgan kartalarda xalqlarning hududiy
joylashishi, siyosiy chegaralar, harbiy yurishlar, janglar, tarixiy
voqealar bo'hb o'tgan hududlar, geografik sayohatlar yo'nalishlari
aks ettirilgan edi. Shuningdek, AOrtehy va V.Dyuval tomonidan
tuzilgan kartalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar
tasvirlangan. Masalan, avliyo Pavel va Ibrohim payg'ambarning
sayohati, troyalik Eneyning dengiz sayohati, Odisey yurgan yo'llar
tasvirlangan. Keyinroq kartalarda tarixiy-iqtisodiy ma'lumotlar
ham qayd qilina boshlangan.
Tarixiy kartalar tuzishda tarixiy davrlar ko'pincha chalkashib ketgan, milliy-ozodlik harakatlari aks ettirilmagan. Ba'zi tarixiy kartalarda ma'lumotlar ataylab buzib ko'rsatilgan. Masalan, 1910 va 1936-1938 yillarda Germaniyada chop etilgan Pusger atlasida, avvalo buyuk davlatchilik shovinizmi va keyinroq fashistcha g'oyalar avj olishi bilan kartalardagi nemis va slavyan yerlari o'rtasidagi chegaralar sun'iy ravishda sharqqa surilib berilgan.
XX asrning ilmiy tarixiy kartografiyasiga ikkita muhim yo'nalish xosdir. Birinchi yo'nalishga yuksak darajada detallashtirilgan kartalar kirib, ularda aholining ma'muriy, ba'zi holda cherkov tomonidan bo'linishigacha bo'lgan aniq dalillar aks ettirilgan. Bunday kartalar turiga 1895 yilda chop etilgan Fabrisiusning nemis atlasi, Rixterning 1906 yilgi Avstriya atlasi, AA.Bekmanning 1913-1938 yillarda chop etilgan Niderlandiya atlasi kiradi. Ikkinchi tur kartalariga detaIlashtirilishi unchalik yuqori bo'lmagan, ammo faqatgina tarixiy-siyosiy emas, balki tarixiy-iqtisodiy, madaniyat tarixiga oid ma'lumotlar ham aks ettirilgan kartalar kiradi. Bunday kartalar sirasiga 1926 yil chop etilgan Aubinning nemis atlasi, Pollin tahriri ostida 1932 yilda chop etilgan AQSh atlasi („Qo'shma Shtatlar tarixiy-geografik atlasi")ni misol qilib keltirishimiz mumkin. 1956, 1958, 1962 yillarda esa Myunxenda o'quv mashg'ulotlariga doir „Katta tarix atlasi" chop etilgan.
Rossiya imperiyasida tarixiy kartografiya rivojlanishining dastlabki.bosqichi XVIII asrning birinchi choragiga to'g'ri keladi. Bu davrdagi tarixiy va tarixiy-geografik asarlarga tarixiy kartalar ilova qilina boshlandi. „ Rossiya imperiyasining tarixiy kartasi" birinchi bor 1793 yilda chop etilgan.
Tarixiy kartografiya rivojlanishida 1958 yil Polshada bosilib chiqqan Plos voyevodligi tarixiga oid atlasning alohida o'rni bor. Bunday atlaslar ishlab chiqarish kuchilarining joylashishi, ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy o'sish ko'rsatkichilarini aniq tasvirlab beradi. Zamonaviy tarixiy kartografiya rivojlanishining muhim elementi - bu tarixni aniq davrlashtirish, turli tarixiy jarayonlarni to'la aks ettirish, tarixiy jarayonlarning iqtisodiy tomonini ochib berishdir.
Shuni ta'kidlab o'tish joizki, sho'rolar tuzumi davrida O'rta Osiyo tarixiga doir bir qator tarixiy kartalar tuzilgan bo'lsa ham, ammo ularning ichida O'rta Osiyoni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir kartalar yo'q edi. Shuningdek, kartalar nashr qilinganda ko'proq yevrosentrik nuqtai nazardan yondashilgan edi.
O'rta Osiyo hududlari bo'yicha tarixiy kartalar faqat katta tarixiy voqealar bilan bog'liq bo'lgan hollardagina yaratilgan. Masalan, mo'g'ullarning O'rta Osiyoni bosib olishiga doir tarixiy kartalar mavjud bo'lsa-da, ammo Amir Temur davlati haqida tarixiy kartalar umuman yaratilmagan. Tarixiy atlas va kartalarda XV-XVIII asrlardagi O'rta Osiyoda bo'hb o'tgan tarixiy jarayonlarning faqat Rossiya imperiyasi bilan aloqador bo'lgan qismlarigina aks ettirilgan, ular ham ham aniq detallashtirilmagan edi.
O'rta Osiyo xalqlari tarixiga oid siyosiy-ma'muriy, tarixiy kartalar kam yaratilgan bo'lsa-da, demografik, hududlarning iqtisodiy tarixiga oid kartalar esa deyarli bo'lmagan.
O'rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so'ng Turkiston general-gubernatorligi va yarim mustaqil Buxoro amirligi va Xiva xonligining o'sha davrga oid ba'zi kartalari mavjud.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng tarixiy kartalar soni ko'paydi. O'rta Osiyoning eng rivojlangan davri bo'lgan temuriylar davriga bag'ishlangan kartalar to'plami chop etildi. Shu bilan birga O'zbekiston tarixiy kartografiyasi oldida ko'plab imiy muammolar turibdi. Birinchi galda zamonaviy talablarga mos bo'lgan O'zbekiston xalqlari tarixining butun davrlarini qamrab olgan tarixiy atlas yaratish zarur. Bu borada dastlabki qadamlar ham tashlandi. 1999 yilda ,,0'zbekiston tarixi atlasi" nashrdan chiqdi (O'zbekiston tarixi atlasi.-O'zgeodezkadastr, 1999). Endi uni yangi ilmiy ma'lumotlar asosida to'ldirib, mukammallashtirib borish zarur.
O'zbekiston xalqlari tarixiga oid kartalar mavjud bo'lsa-da, tarixiy- geografik, tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-demografik kartalarni yaratish o'zbekistonlik olimlarning birinchi galdagi vazifasidir.

XX asrga qadar respublikamiz hududini kartografik jihatdan o'rganilganlik ancha past bo'lgan. Chor Rossiyasi Turkistonni bosib olgandan keyin iqtisodiy jihatdan muhim bu o'lkani kartaga olish ishlari boshlandi. Zotan, hududning icliki qismlari hali ham yaxshi o'rganilmagan, manbalar yetarUcha darajada to'hq va aniq bo'lmagan, plan olish asboblari, kartografik tasvirlash usuLari va karta ishlash texnikasi rivojlanmagan edi.


1934 yili O'rta Osiyo va Qozog'istonda yagona bo'lgan Toslikent kartografik fabrikasi tashkil etildi. Unga davlat milassasalari va jamoat tashkilotlarini mavzuli, siyosiy-ma'muriy va ma'lumotnoma kartalari bilan, shuningdek, maktab o'quvchilarini o'quv karta va atlaslar bilan ta'minlashdek katta vazifa yuklatildi. Ko'p o'tmay alohida sug'oriladigan tumanlar qishloq xo'jalik kartalari, O'zbekistonning ma'muriy kartasi va O'rta Osiyo xalqlari milliy tillarida o'quv kartalari tuzildi va nashr etildi.
Mintaqa, xususan O'zbekiston hududi tasvirlangan kartografik materiallar o'sha yillari nashr etilgan sobiq Ittifoqning katta-kichik va qishloq xo'jaligiga oid maxsus qomuslari tarkibida ham berilgan.
1939-1940 yilari barcha O'rta Osiyo respublikalarining devoriy siyosiy-ma'muriy, tabiiy va iqtisodiy kartalari tayyorlandi va chop etildi. Ular ichida, ayniqsa, O'zbekiston va Turkmanistonning qishloq xo'jalik kartalari alohida ajralib turadi. Ularda qishloq xo'jaligining ixtisoslashuvi, ekilayotgan g'o'za navlarining joylanishi, davlat xo'jaliklari va ularning ixtisoslashuvi ko'rsatilgan.
Yüklə 16,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin