Estetik tarbiya va uning muhim vazifalari. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari
Estetik tarbiya va uning muhim vazifalari. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari.
Mavzuvning rejasi:
1. Estetik tarbiya tushunchasi.
2. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari.
3. Bugungi kunda milliy tarbiya muammolari
ESTETIK TARBIYA - jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko‘mak beruvchi muhim unsur bo‘lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Estetik tarbiyaning vazifalari:
1.kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‘zlashtirish
2.balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini
3.takomillashtirish;
4.jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish;
5.tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg‘u bilan munosabatda bo‘lishga va ularni ravnaq toptirish yo‘lida astoydil faoliyat olib borish ko‘nikmalarini hosil qilish;
6.o‘tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg‘otish, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
7.ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ‘ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga
S AN`AT- insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga singib borib ularni yig‘latadi, kuldiradi, o‘ylashga majbur qiladi. Inson tafakkurini go‘zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
TABIAT- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo‘lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo‘lib yetishishiga monelik ko‘rsatadi.
MEHNATNING- estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
SPORT- estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquwat, sog‘lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko‘plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar.
INFARMATSION TEXNOLOGIYALAR -estetik tarbiyaning global vositasi bo`lib axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o‘zaro aloqasini hatto tashqi ko‘rinishi ham tubdan o‘zgarishiga olib keldi.