Estetik tarbiyalashda musiqaning ahamiyati



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix06.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#135845
1   2   3   4   5   6
musiqa-va-san-at-maktablari-o-quvchilarini-axloqiy-estetik-tarbiyalashda-musiqaning-ahamiyati

ǀ
ISSUE 3 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 213
asrab-avaylab kelgusi avlodlar uchun saqlashga da’vat etadi. 
2
Abu Nasr Forobiy 
o‘zining “Kitob al-musiq al-kabir” asarida musiqaning umumnazariy masalalari 
xususida so‘z yuritadi. “Kitob al-musiq al- Kabir” – “Katta musiqa kitobi” demakdir. 
Jumladan, musiqaning inson his-tuyg‘ulariga ta’siri, estetik didning shakillanishi, tashqi 
ta’sirdan zavqlanishi, fikr va tasavvurlarining o‘zaro munosabati kabi masalalar aniq 
tahlillar orqali ochib beriladi. 
3
Abu Nasr Forobiy musiqa ilmini keltirib chiqargan 
sabablarni nazariy jihatdan tahlil qilib shunday deydi:- “Men tasdiqlaymanki, 
substansiya harakatga ega bo‘lgandan so‘ng ovozga ham ega bo‘ladi va bu ovoz uch 
turga bo‘linadi, xususan, baland, past va o‘rtacha. Bunday ovozlar haqida bizga 
noma’lum bo‘lgan narsa qolmaslik darajasida baland, past va o‘rtacha ovozlarni 
bilishga qaratilgan ilmga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ovozlar to‘g‘risidagi ilmdir. Bu ilm shu 
ma’noda foydaliki, u o‘z muvozanatini yo‘qotgan insonlar xulqini tartibga keltiradi, 
mukammallikka etmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo‘lganlar 
(insonlar) xulqining muvozanatini saqlab turadi. Bu ilm tananing salomatligi uchun ham 
foydalidir, chunki tana kasal bo‘lsa, ruh ham so‘ladi, tana to‘siqqa uchrasa, ruh ham 
to‘siqqa uchraydi. Shuning uchun ovozlarning ta’siri bilan ruhni sog‘aytirish yordamida 
tana sog‘aytiriladi, ruh esa o‘z kuchlarining tartibga solinishi va o‘z substansiyasiga 
moslashtirilishi orqali sog‘ayadi. Bu ilmning uch asosi bordir: band, ohang (melodiya) 
hamda kuy va boshqa a’zolar harakati. Band aqliy tushunchalarni ma’lum tartib – 
tenglikka keltirish uchun kashf qilingan, ohang past va yuqori ovozlarni ma’lum tartib – 
tenglikka solish uchun kashf etilgandir. Bu har ikki asar eshitish sezgisiga bo‘ysunadi. 
Qo‘l va badanning boshqa a’zolari xarakati ko‘rish sezgisiga bo‘ysunadi: ularni shunday 
o‘zaro taqqoslab ko‘rish lozim bo‘lgan, shunga o‘xshash harakatlarni band va ovoz
bilan moslashtirib turish uchun yaratilgandir. Qo‘l va tana a’zolarining harakati 
haqidagi ilm bu ikki muhim sezgiga, ya’ni eshitish va ko‘rishga bo‘ysunadi. Shunday 
qilib, musiqa ilmining qayerdan va qanday qilib kelib chiqqanligi aniqlanadi. Bu ilm 
“tarbiyalovchi” ilm deb ataladiki, u ilmlarni o‘rganuvchini tarbiyalaydi, yanada nafis 
qiladi va unga keyingi ilmlarni o‘rganishning yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi. Sharq 
olamining yana bir allomasi Abu Ali Ibn Sino shunday deydi: “Agar tovush nazm va 
mutanosiblik bilan bezalgan bo‘lsa, u insonga kuchliroq ta’sir qiladi”. Abu Ali Ibn 
Sino o‘zining “Tib qonunlari” kitobida musiqaning ahamiyati haqida yana shunday 
deydi: “Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun, unga ikki narsani qo‘llamoq kerak.
Biri bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan 
musiqani chalish va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish mikdoriga qarab bolaning 
tanasi bilan badantarbiyaga, ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil bo‘ladi”. 
Musiqa qudratli emmotsional ta’sir kuchiga ega. U kishidagi ezgu tuyg‘ularni 
toza va yaxshi saqlash hamda uni yanada barkamol etish imkoniyatiga ega. Chunki 
2
Madrimov B. “O’.” ”Barkamol fayz media.” Т.: -2018. -9 b.
3
Matyaqubov О. “Фарабий об основах музыки Востока. Т.: Fan nashryot uyi. -1986. –.19 b.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin