Page 214
uning asosida yuksak emotsiyali qaxramon turadi. Musiqa o‘zida butun axloqiy-estetik
g‘oyalarni mujassamlashtirgan bo‘lib, uning mazmuni, o‘ziga xos xususiyati, insonga
ta’sir ko‘rsatish xislati ham ana shundadir. Bugungi kunda ayrim umumta’lim
maktablarida musiqa xonalarining yo‘qligi, xonalarni texnika vosita va musiqa asboblari
bilan ta’minlanmaganligi darsning samaradorligiga ta’sir qiladi. Bu esa o‘quvchilarning
musiqa xaqidagi tasavvuri va bilim ko‘nikmasiga o‘z ta’sirini o‘tkizmasdan qolmaydi.
Masalan dars jarayonida musiqa asboblaridan foydalanmasdan fonogramma orqali ijro
etilishi o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini susaytiradi. Aksincha dars jarayonida
musiqiy asboblar ishtirokida jonli ijro o‘quvchilar ongida ma’naviyatini yuksaltiradi,
san’atga mehr uyg‘otadi, tasavvur doirasini kengaytiradi, idrokini rivojlantiradi va
ruxini poklaydi. Ayniqsa dars jarayonida milliy cholg‘ularimiz dutor, rubob, doira
chang kabilardan jonli ijro etish o‘quvchilarning qalbida milliy g‘urur, milliy
qadriyatlar, an’analar va milliy urf-odatlar, o‘zligini anglash kabi tuyg‘ularni
singdiriladi. “O‘zbek xalq qo‘shiqlari rang- barang janrlarda tarkib topgan bo‘lib, inson
tug‘ulishidan tortib, to hayotining so‘nggi kunlarigacha bo‘ladigan jamini marosimlar,
an’ana va udumlarning bari turli-tuman qo‘shiqlarda mujassamlashgan. Azaldan
qo‘shiqsevar ajdodlarimiz ijtimoiy murakkabligini tabiat va jamiyat munosabatlarining
sirlarini tug‘yonlarni qalbida jo qilishga intilgan”. Inson ruhiyatining ming bir xilda
jilvalanishlari hasrat-nadomati, orzu-tilaklari, voqelikka bo‘lgan badiiy munosabati qalb
to‘ridan buloqday jo‘shib, qaynab chiqqan qo‘shiqlarda mujassamlashgan. ” Ma’lumki,
axloqiy tushunchalar, axloqiy ishonch va axloqiy sifatlar axloqiy ongning tarkibiy
qismi hisoblanadi. Axloqiy tushunchalar o‘quvchilarning bilim darajasining
kengayishiga yordam beradi. Ular o‘quvchilarga turli tuman musiqalar orqali ham
singdiriladi. Bu ajdodlarimiz tajribasidan yaxshi ma’lum. Musiqa va san’at maktablari
o‘quvchilarning axloqiy his-tuyg‘ularni milliy-musiqiy ohanglar va kuylar orqali yanada
mukammalroq sindirib borish katta ahamiyatga ega. Chunki musiqa va san’at
maktablarida o‘quvchilarning ichki va tashqi dunyosining go‘zal bo‘lishi milliy
musiqiy tarbiya ishlarining nechog‘lik to‘g‘ri hal etilayotganligiga bog‘likdir.
“Insonning ichki va tashqi dunyosi bir bo‘lgandagina, u yuqori kamolatga erishadi.
Insonning ichki va tashqi (ozodaligi, orastaligi) dunyosining go‘zalligi oliyjanoblikning
o‘zagidir”. Shu nuqtai nazardan Abu Ali Ibn Sino o‘zining bir necha asarlarida axloqiy-
estetik tarbiya muammolarini asosiy masala qilib ko‘rsatadi. “SHifo”, “Ishorat”,
“Donishmandnoma”, “Xay ibn YAkzon”, “Salomon va Ibsol”, “Tayr” shular
jumlasidandir. Uning fikricha, “Yaxshi axloqli bo‘lish tarbiyaning samarasidir. Chunki
tarbiya orqali yoshlarga xalqparvarlik, haqiqiy do‘stlik, kelajakka qat’iy ishonch,
mustahkam iroda, mardlik, mehnatga, muhabbat, insonlarga chuqur izzat hurmat,
vatanga sodiqlik kabi axloqiy xislatlar singdiriladi”. Yusuf xos Hojib esa ahloqiy
tarbiyaga o‘z munosabatini bildirib shunday deydi: “Ahloqiy kamolot insonning butun
hayoti va faoliyatining birlamchi asosidir. Kimning odobi yaxshi va axloqi to‘g‘ri