Estetika nazariyasi


TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə33/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
4-Mavzu (1)

TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI. Tabiat - estetik tarbiyaning zaruriy vositasidir. SHuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo‘lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo‘lib etishishiga monelik ko‘rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o‘rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
SAN’ATNING KELIB CHIQISH
Faylasuf-nafosatshunoslar o’rtasida san’atning kelib chiqishi muhim muammolardan bo’lib kelgan. San’atning kelib chiqishi deganda ko’pchilik g’orlarning tosh davrlariga ibtidoiy davrlarda chizilgan ov manzalari va ov hayvonlarining tasvirini nazarda tutadi. Vaholanki gap bu erda san’atning qanday paydo bo’lganligi emas, balki nimadan paydo bo’lganligi to’g’risida borishi kerak. Ba’zilar uni taqliddan, kimlardir o’yindan, kimdir mehnatdan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Bunday nazariyalar va konstepstiyalar anchagina, lekin ular orasidagi ikkitasining tarafdorlari ko’pchilikni tashkil etadi. Ulardan biri – insonni hayvonlik darajasidan odamlik pog’onasiga ko’targan narsa mehnat, san’at ham mehnatdan, insonning olamni o’zgartirishga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan, san’at faqat ijtimoiy hodisa degan moddiyatchilar ilgari surgan qarash.
Ikkinchisi – san’at insonga berilgan ilohiy zavqning, ma’naviy olamning o’yin orqali namoyon bo’lishi, degan ma’naviyatchilar nazariyasi. Biz ana shu ikkinchi qarash tarafdorimiz. Buning sababi shuki, mehnat, qanchalik qadrlamaylik, qanchalik sharaflanaylik, u – majburiyat bilan bog’liq, maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy hodisa, o’yin esa har qanday majburiyatdan yiroq, maqsadga muvofiqlik bilan shartlanadigan individual-ijtimoiy hodisa. Demak, mehnatzaruriyat, o’yinerkinlik. Inson mohiyatan erkin va erkinlikka intilib yashaydigan mavjudot sifatida o’z erkinligini eng avvalo o’yinda namoyon qiladi. O’yinsiz insonning yashashi mumkin emas, usiz inson hayoti jahannam. Bu o’rinda yana bir bor Shillerning mashhur fikrini keltirish o’rinli: «Inson faqat tom ma’noda inson bo’lgandagina o’ynaydi va o’ynayotgan paytdagina to’liq insonga aylanadi.18

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin