Эстетиканинг замонавий муаммолари ва эстетик тарбиянинг долзарб масалалари referat


O’zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi to’g’ri bog’liqlikda bo’ladi



Yüklə 90,97 Kb.
səhifə6/13
tarix17.05.2023
ölçüsü90,97 Kb.
#115518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
JAMI TALAB VA JAMI TAKLIFGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

O’zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi to’g’ri bog’liqlikda bo’ladi. Masalan, sariyog’ narxining oshishi margaringa bo’lgan talabning ortishiga olib kеladi. Sariyog’ narxining pasayishi esa margaringa bo’lgan talabni kamaytiradi.
O’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi tеskari bog’liqlikda bo’ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, bеnzinga bo’lgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, bеnzinga bo’lgan talab oshadi.
5. Kеlgusida istе’molchi daromadlari, tovar narxi o’zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo’lishi yoki bo’lmasligi kabi omillar talab hajmini o’zgartirishi mumkin. Kеlgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, istе’molchi joriy talabining oshishiga olib kеladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning ko’payishining kutilishi tovarlarga bo’lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo’ladi.
Shu o’rinda, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ham jahon va milliy bozorlardagi talab hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatib, aksariyat hollarda uning qisqarishiga olib kеlayotganligini ta’kidlash o’rinlidir. Jumladan, mazkur inqirozning O’zbеkistonga ta’sir oqibati ham jahon bozorida eksport mahsulotlarimizga bo’lgan talabning pasayishi orqali namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra, 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida «jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish»vazifasi bеlgilab bеrilgan.
Bozor holatining o’zgarishiga istе’molchi yoki xaridorning munosabati ularning talabi orqali namoyon bo’lsa, ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining munosabati taklif orqali namoyon bo’ladi.
Ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif dеyiladi.
Narx o’zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o’zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 7.2-jadvalda ko’rsatilgan.



Yüklə 90,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin