Etika faning predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Bajardi: xmi va m talabalari



Yüklə 9,2 Kb.
səhifə2/3
tarix24.10.2023
ölçüsü9,2 Kb.
#160041
1   2   3
Etika faning predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Bajardi x-fayllar.org

Misol uchun, faylasuf olim V. Semyonovning fikricha, bugungi jamiyatning axloqiy muhitini talab darajasida saqlab qolish etika fani zimmasiga tushadi va bunda etika insonni quyidagi olti jihatdan o’stirish hamda rivojlantirishga diqqat qilishi lozim:


  • Insonni hayotiy maqsadga o’rgatish.

  • Insonni ma’naviy-axloqiy o’stirish.

  • Insonda ijodkorlikni rivojlantirish.

  • Insonni jismoniy va ma’naviy jihatdan uyg’un rivojlantirish.

  • Insonni erkinlikka o’rgatish.

  • Insonni maqsadli tarbiyalash.

. Axloqshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.


  • Etika (Axloqshunoslik) va Estetika bu ikkala fan shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular yetarli darajada o’zaro chegaralanmagan. Chunki, insonning hatti-harakati va niyati ko’pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo’ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o’zida birvarakay mujassam qiladi

  • Etika (Axloqshunoslik) va Huquqshunoslik. Qadimgi Rim huquqshunoslaridan biri Ulpianning ta’kidlashicha «huquqni o’rganuvchi, avvalo huquq (ins) so’zining kelib chiqishini yaxshi bilmog’i kerak». «Huquq»odil sudlov (institia) so’zidan olingan bo’lib adolat va yaxshilik haqidagi fandir.

  • Axloqshunoslik pedagogika fani bilan chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta‘lim berish jarayonlarini, pand-nasihatlarsiz, odobnoma darsliklarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

  • Axloqshunoslik bilan dinshunoslik o’zaro aloqadorlikda bo’lib, har ikkalasi ham axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratiladi. Din ham ijtimoy ong shakllaridan biri bo’lib, umumjahoniy dinlar vujudga kelgunga qadar mavjud bo’lgan urf-odatlar va qadriyatlar, muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta‘sirini o’tkazgan

Qadimgi davrdanoq axloqshunoslik ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqada bo’lib kelgan. Bu ikki fan ham kishilar hatti-harakati, fe‘l-atvori va mayl-istaklarini o’rganadi. Ruhshunoslik u yoki bu hatti-harakat, fe‘l-atvor, sababiy asos (motiv) larning ruhiy tabiati, shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik esa ruhshunoslik tadqiq etgan Hadislarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi


  • Qadimgi davrdanoq axloqshunoslik ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqada bo’lib kelgan. Bu ikki fan ham kishilar hatti-harakati, fe‘l-atvori va mayl-istaklarini o’rganadi. Ruhshunoslik u yoki bu hatti-harakat, fe‘l-atvor, sababiy asos (motiv) larning ruhiy tabiati, shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik esa ruhshunoslik tadqiq etgan Hadislarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi

  • Axloqshunoslik sotsiologiya fani bilan aloqada bo’lib, bu ikkala fan ham inson faoliyatini boshqarishning ijtimoiy tomoni – axloqni o’rganadi. Lekin, axloqshunoslik sotsiologiyaga nisbatan keng tushunchadir

  • Axloqshunoslik siyosatshunoslik fani bilan chambarchas bog’liqdir. Siyosat, davlat ishlari faoliyati bilan shug’ullanar ekan, davlat ishlaridagi har bir jarayonda axloq, odob, hulq e‘tiborga olinadi. Davlatda ichki va tashqi siyosat namoyon bo’ladi

  • Axloqshunoslik ekologiya fani bilan ham aloqadorlikda. Axloqshunoslik ko’proq insonning o’zi, o’zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini hal etish bilan shug’ullangan, uning tabiatga bo’lgan munosabatini chetda qoldirib kelgan

  • Axloqshunoslik milliy istiqlol g’oyasi bilan ham o’zaro aloqadorlikda bo’lib, uning ildizi qadimgi tarixga borib taqaladi. Milliy mafkura tizimida axloqiy g’oyalar albatta o’z o’rniga ega bo’ladi, axloqiy g’oyalar zamirida milliy mafkura g’oyalari yotadi

Yüklə 9,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin