Kirish
Asosiy qism
1.Yoshlar tarbiyasida milliy qadiryatlar.
2. Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”3 deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish ayniqsa muhimdir.Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi.Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixini yashash tarsi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniy-ma’rifiy jarayonlar majmuasidir. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuchdir” deydi yurtboshimiz I. A. Karimov o’z asarlarida.
Ma’naviy qadriyatlar-bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo’lib, insonni o’rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o’zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi. jiga kata e’tibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim rBolaning Yoshi ulg’aygan sari bu faoliyat tobora ko’proq mustaqil xususiyatga ega bo’lib boraveradi. Tabiat va jamiyat turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishga ham idrok etib o’z atrofidagilarga munosabatda bo’lishiga ko’nikib boradi.Umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tarbiyaning mazmuni va tashkil etilishi quyidagi vazifalarda o’z aksini topadi;
1.Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi.
2. Tarbiyaning insonparvarlik qoidalari.\
3. Tarbiyaning hayot bilan va mehnat bilan bog’liqligi.
4. Tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi.
5. O’quvchilarni yoshi, sinfi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish.
Musiqa san’atining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, insonning his- tuyg’ularini, kechinmalarini o’ziga xos badiiy tilda ifodalaydi. O’quvchilarni qiziqtiradigan, o’ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi. Ulardagi milliy tarbiyaga oid his-tuyg’ularni o’stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi kuy-qo’shiqlar yordamida shakllanadi.Bunday asarlarga DTS musiqa dasturiga kiritilgan qo’shiq va tinglash uchun asarlarni misol keltirishimiz mumkin. “Salom maktab” Sh. Yormatov musiqasi, “Paxtaoy” F. Nazarov musiqasi,”O’zbekistonim” Sh. Ramazonov musiqasi, “Oy Vatanim” E.SHvarts musiqasi, “Ex orzular” N.Norxo’jayev musiqasi kabi qo’shiqlar o’quvchilarda vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga xurmat tuygularini tarbiyalaydi. Umumta’lim maktablarida umuminsoniy qadriyatlarni o’quvchilarga tanishtirib borishni ahamiyati katta.Boshlang’ich sinflarda umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda suhbat, hikoya, savol-javob va qo’shimcha adabiyotlardan unumli foydalanish lozim. Umuminsoniy qadriyatlar asosida ommaviy kuy-qo’shiqlarni o’rganishdan oldin ularga asar xususiyatini badiiy-g’oyaviy kelib chiqish tarixi haqida qisqacha suhbat o’tkazish maqsadga muofiqdir. Umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda boshqa fanlar bilan, masalan, adabiyot darslarida o’tiladigan mavzular bilan bog’lab olib borish maqsadga muvofiqdir. To’rtinchi sinf o’quvchilari bilan xalq musiqa san’atining asosiy xususiyatlari, ommaviy janrlari, an’analari haqida tushuncha berib, ular uzoq tarixga ega ekanliklarini soda, ravon, yorqin ohangda ijro etilishini tushuntirish shuningdek ularni ijro etadigan hofizlar, xonandalar, folklore guruhlar haqida savol-javoblar o’tkazish kerak. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar xalqimizning milliy iftixori hisoblanadi.Asrlar davomida mehnat, kurash va ijod jarayonida u kishilarni ezgulikka yetaklovchi ilhom manbai bo’lib kelmoqda. Musiqa tilsiz falsafa deb bejiz aytilmagan.Inson qo’shiq bilan, musiqa bilan tirik. Kuy-qo’shiqlarsiz hayotning mazmunini, atrofdagi go’zallikni tasavvur etish qiyin.Qo’shiq zavq ehtiyoji, eng go’zal, eng oliyjanob orzu va hayotiy g’oya hayqirig’idir. Musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarni dunyoqarashi, musiqiy didini rivojlantiradi.Umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarda milliy kuy-qo’shiqlarga ixlos uyg’otadi. Ularni musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg’usini o’stirib, musiqiy o’quvi va didini o’stiradi.
2. O’quvchilarda milliy merosimizga, ommaviy kuy-qo’shiqlarga, xalq aytimlariga va u orqali Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi.
3. Alla, lapar, terma qo’shiqlar vositasida o’quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatlari o’sib boradi.Musiqa ohanglari lad va ritm tiyg’usi usullari asosida o’rgatiladi. Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib toptirishda pianino cholg’u asbob bilan birgalikda o’zbek milliy cholg’u asboblaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa doira chertib, qo’shiq kuylash, milliy raqs elementlarini ijro etish, ijodkorlik bilan shug’ullanish o’quvchilarni sehrli musiqa olamiga oshufta etadi. O’quvchilar bu jarayonda o’zbek xalq musiqa madaniyatini ijobiy an’analarini bevosita idrok etadilar. Maktabda o’quvchilar musiqiy estetik tarbiyani xalq musiqasi na’munalari orqali o’rganadilar. Hozirgi kunda barcha umumta’lim maktablarida bolalarni xalq musiqasi bilan tanishtirish DTS musiqa dasturi asosida olib borilmoqda. Ta’limni milliy ruhda rivojlantirish maqsadida birinchi sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasi bilan tanishtirib boriladi. Bunga misol qilib, I dasturida tinglash uchun birinchi “Dutor bayoti”, “Andijon polkasi”, “Farg’onacha”, “Olmacha anor”, “Allama yorim” kabi kuy-qo’shiqlarni keltirishimiz mumkin. Xalq musiqasi bolalar ongiga tez yetib boradi, ularni zavqlantiradi. Ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Chunki xalq musiqasi o’ziga xos badiiy tilga egdir. Unda milliy musiqa san’atimizning eng yorqin na’munalari o’z aksini topgan. Xalq musiqasi eng soda eng ixcham ravon yorqin ohangda ijro etiladi. Shuning ushun ham beshikda yotgan go’dak alla qo’shig’ini eshitishi bilan orom olib uxlab qoladi.Chunki, bu ohangda so’z, kuy, mutanosibligi og’zaki ijro etiladi. Shuning uchun ham ohanglar bir-biriga payvastdir.Asrlar davomida o’zbek kuy-qo’shiqlari xalqimiz orasida mehnat, to’y-marosim, kurash bayramlarida insonlar uchun ilhom manbai bo’lib kelgan.Biz musiqa madaniyati darslarida boshlang’ich sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlarini bolalarga tushunarli, tez va ifodali qilib yetkazish uchun turli metodlardan va innovatsion texnologiyalardan foydalanishimiz zarur. Musiqa san’ati boshqa san’at turlariga qaraganda insonlarga yaqin bo’lgan muhim san’at turidir. Xalqimiz azal-azaldan boy musiqa merosiga ega bo’lgan. Bebaho qadriyatlarimiz, boqiy merosimiz jahonni xayratga slogan mumtoz musiqa san’atimiz mavjud. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmunli va yo’nalishi umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi asosida belgilangan. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat,milliy ma’sulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mamlakatni mustaqil va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi.Ta’lim tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Hozirgi davrda shaxs ma’naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta’lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko’tarishni taqozo etadi.Bugungi kunda musiqa, ta’lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim.Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi va yosh avlodni musiqa merosimizga vorislik qila oladigan yosh qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga yetkazishdan iborat. Buning uchun har bir o’quvchining musiqaga bo’lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish maktab musiqa darslariga bevosita bog’liq.Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog’liq.
Musiqa ta’lim tarbiyasining konsepsiyasida maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta’limini sifatli bosqichga ko’tarish uchun maktabda teng xuquqli fan hisoblanadi.Bu esa hozirgi zamon o’quvchisidan dars mashg’ulotlariga ijobiy munosabatda bo’lishi, o’quvchilar musiqiy faoliyatlarini oshirishni to’g’ri tashkil etish va boshqarish faollikni talab etadi. Musiqa dars mashg’uloti sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega . Bu xususiyatlarni esa har bir o’qituvchi bilishi kerak. Birinchidan musiqa tarixi nazariyasi ijrochilikka doir turli namunalardan ayrim mashqlari, musiqa savodi mashg’ulotlari, musiqa tinglash, musiqa ta’limi va adabiyoti, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlari, musiqada ijodkorlar faoliyatlaridan iborat darslar kiradi.Ikkinchidan musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalar ya’ni “tili” bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’z bilan tasviriy san’at bilan, raqs badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqiy tovushlardan vujudga kelgan ohang vositasidan foydalanadi.Uchinchidan musiqa bolalarda faol hissiy ta’sir ko’rsatadi, ijobiy ko’rsatmalar, kechinmalar uyg’otadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha dasturi bir dars o’zida ta’limning musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodxonligi bolalar cholg’u asboblari va ritmik harakatlar bajarish musiqa ijodkorlari kabi bosqichlar bir-biri bilan bog’lanib yaxlit holda amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak. Zamonaviy mashg’ulotlardan musiqa idroki yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o’ynaydi. Chunki bu bosqichda o’quvchilar faoliyatida ko’proq o’yin xususiyatlari bo’lib turadi. Shunday qilib ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalari to’laligicha amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni ilmiy uslub jihatdan yetakchi darajada ta’minlash, milliy musiqa ta’lim mazmunini anglash kabi muhim tadbirlar, shubhasiz musiqa tarbiya samaradorligini oshirishga imkon beradi. Bu esa musiqani maktab hayotida o’quvchilar qalbida keng o’rin egallashi va ularning ma’naviyatlarini shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatadi.Hozirgi kunda barcha fan o’qituvchilari pedagog – tarbiyachi kadrlar oldida dolzarb bo’lib turgan eng muhim vazifa yoshlar ongiga milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini singdirishda musiqa madaniyati faning ham imkoniyatlari juda boy va rang- barangdir.
Birinchi guruh metodlarining vazifasi oʻquvchining ijtimoiy ongiga hayot, axloq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsning e’tiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna koʻrsatish metodlarini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh metodlari yordamida oʻquvchida ma’naviy mazmunga oid odatlar hosil qiladi. Oʻquvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma’naviy odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi.
Faoliyat oʻquvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba boʻlib hisoblanadi. Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli vazifalarni bajarilishi, ya’ni ijtimoiy xulq-atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur boʻlgan aniq bir vazifani amalga oshirish, u yoki bu harakatni olib borishga undovchi boʻlishi mumkin.
Talablar bevosita yoki bilvosita qoʻyilishi mumkin. Bevosita talablar qat’iy buyruq yoki koʻrsatma, ishchanlik, yoʻl-yoʻriq beruvchi tavsifdagi koʻrinishda boʻladi. Bilvosita talablar kechinma, intilish tuygʻusini uygʻotishi koʻzda tutilgan holda maslahat, iltimos, ta’na qilish, faoliyatiga nisbatan qiziqish uygʻotish tarzida namoyon boʻladi. Talablar oʻquvchida u yoki bu darajaja ong, asos, maqsad hamda e’tiqod mavjudligini nazarda tutadi. Ayni vaqtda oʻqituvchi oʻquvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablarning me’yorida boʻlishiga qat’iy ahamiyat berishi lozim.
Foydali faoliyat va maxsus tashkil qilinadigan vazifalar jarayonida ijobiy xulq-atvor va xarakterlarga oʻrgatib boriladi.
Oʻrgatish – bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida oʻquvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.
Oʻrgatish oʻquvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning barcha bosqichlarida samarali vosita sanaladi. Faoliyatda mashqlar mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoa faoliyati hamda oʻzaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilganligidir. Mashq qilish oʻrgatish bilan yaqin aloqada boʻladi. Agar oʻrgatib borish negizida bolaning faoliyat jarayonini egallashi yotsa, u holda mashq qilish faoliyati shaxs uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish oʻrgatib borishga suyangan holda koʻp bora takrorlashni, mustahkamlashni va takomillashtirib borishni nazorat qiladi, bular esa bora-bora ijtimoiy xulq-atvorning asosi boʻlib qoladi.
Tarbiyaviy amaliyotda koʻpincha maxsus pedagogik vaziyatlarni yuzaga keltirish zaruriyati tugʻiladi, bunda mustaqil tanlash uchun imkon boʻladi. Pedagogik vaziyatlarda oʻquvchilar oʻz fikri va xulq-atvorini qayta oʻzgartirishi lozim boʻlgan sharoit yaratiladi.
Ikkinchi guruh metodlari orasida musobaqa oʻquvchilar amaliy faoliyatlarini tashkil qilish metodlari samaradorligini oshirishning zarur va muhim sifati hisoblanadi. Musobaqa faoliyatining barcha sohalarida oʻquvchilarning faolligi va ijodkorligini rivojlantirishga, oʻquvchilar jamoasi faoliyatini muayyan maqsadga yoʻnaltirishga koʻmaklashadi. Musobaqa toʻgʻri tashkil qilinganda jamoa hissi muvaffaqiyatli shakllanadi, intizom va oʻquvchilarning uyushqoqligi mustahkamlanadi.
Musobaqaning alohida turi boʻyicha, shuningdek, tizimli tarzda ham uyushtiriladi: chunonchi, eng yaxshi sinf, eng yaxshi guruh, eng yaxshi jamoa, eng yaxshi maktab va h.k.
Tarbiya jarayonida oʻquvchilarning oʻzlari tashabbus va gʻayrat koʻrsatishi asosida musobaqani tashkil etishlariga, uning sharti va koʻrsatkichlarini ishlab chiqishlariga erishish muhimdir. Shuningdek, jamoaning umumiy muvaffaqiyati, qabul qilingan majburiyatning bajarilishi, musobaqa natijalarini stendlarda aks etishini ta’minlash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish zarur. Musobaqani rasmiy axborotlar uchun tashkil etish maqsadga muvofiq emas. Jamoatchilik fikri musobaqa faoliyatining muhim asosi boʻlib qoladi.
Birinchi va ikkinchi guruh metodlarini oʻzaro bogʻliq holda qoʻllanishi orqali ong va xulq birligi yuzaga keladi, ammo bu oʻz-oʻzidan vujudga kelmaydi, balki oʻqituvchining tashkilotchilik mahorati hamda uning oʻquvchi ongi, xulqiga ta’sir etadigan vositalar xususiyatlari, ahamiyatini koʻra olishiga bogʻliq. Bir soʻz bilan aytganda bugungi oʻquvchi tarbiya natijasida ertagni komil inson, ya’ni jamiyatning barkamol a’zosiga aylanadi. Buning uchun uning ongi va tafakkuri rivojlanib, ijobiy fazilatlarni oʻzida shakllantirib borishi lozim.
Xoʻsh, inson ongi va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qanday faoliyat darajasiga yetishi kerak?
Inson ongi – uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.
Aql kishining oʻz idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga oʻz faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilishdir.
Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda tarbiyalanuvchilardagi ijobiy xulq-atvorni ragʻbatlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuygʻulari va maqsadlariga bevosita ta’sir koʻrsatishda foydalaniladi. Ushbu guruhga ragʻbatlantirish va jazo berish kabi metodlar kiradi.
4. Tarbiyada ibrat-numana koʻrsatishning tutgan oʻrni
Farzandlarimizning kelajakda komil inson boʻlib yetishishlarida oila va jamiyatda yaxshi tarbiya olishning oʻrni beqiyosdir. Ota-ona, ustoz-murabbiylar, rahbar va yoshi kattalar qancha madaniyatli, odobli boʻlsa, shu jamiyat va muhitda oʻsayotgan shaxslar ham shunchalik odobli boʻlib yetishadi. Bunday sermas’uliyat ijtimoiy ishni amalga oshirish, ya’ni yoshlarimizning odobli, xushxulqli, vijdoni pok kishilar boʻlib yetishishlari uchun oʻz xulq-atvorimiz bilan ularga yaxshi ibrat va namuna boʻlishimiz bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Ilgarigi zamonda shunday maqol bor edi: «Domlaning aytganini qil-u, qilganini qilma». Hozir bu maqol eskirdi: oʻsmir va oʻspirinlar koʻpincha ustozlari va kattalarning tashqi yashash tarzidan oʻrnak oladilar, ya’ni ular «domlaning qilganini... qilishadi». Bu oʻrinda ularning quyidagi haqli e’tirozlarini inobatga olish zarur.: «Nima uchun chekmagin, ichmagin deyishadi-yu, oʻzlari chekishadi, ichishadi?», «Nima uchun rost gapirgin deydilar-u, oʻzlari yolgʻon soʻzlaydilar?», «Nima uchun toʻgʻri, halol boʻlish kerak deydilar-u, oʻzlari pora oladilar?». Agar oʻqituvchi va boshqa ana shunday soʻzda toʻgʻri-yu, amalda notoʻgʻri ish tutishsa, shogirdlari qanday qilib uni hurmatlaydi? Undan nimani oʻrnak qilib oladilar? Shu ma’noda tarbiyachi har vaqt oʻz soʻziga amal qilishi va soʻzining ustidan chiqishi kerak. Ibratning aynan ana shu jihati komil inson tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
Ibrat tarbiyasi insonni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bu ayniqsa, Yunonistonnning mashhur mutafakkirlari – Aflotun va Arastuning nomi bilan bogʻliq pandnomalaridan keng oʻrin olgan. Jumladan, Sharq mamlakatlarida Aflotunning Arastuga, Arastuning Iskandarga nasihati va vasiyatnomalari yaxlit asar sifatida tarqalgan. Arastuning aytishicha, tarbiyachining oʻzi tarbiya koʻrgan, insoniy fazilatlarni egallagan boʻlishi darkor. «Shuni bilginki, - deydi Arastu, - ta’lim-tarbiya bilan shugʻullanuvchi odam oʻzi tarbiya koʻrmagan boʻlsa, boshqalarni tarbiya qilolmaydi. Xulqi yaxshi kishi boshqalarni yaramas, va iflos ishlarga boshlay olmaydi. Agar sen oʻz oʻquvchingni tarbiyalamoqchi boʻlsang, avval oʻz ruhingni yaxshilashdan boshla. Mabodo oʻzgalar aybini bartaraf etmoqni ixtiyor etsang, bundan oldin oʻz nafsingni nuqson va illatlardan tozalashing zarur. Ammo koʻzi ojiz boʻlgan kishi qanday qilib koʻrga yoʻl koʻrsata oladi? Xor va tuban kishi boshqalarga obroʻ va qadr-qimmat ato qila oladimi?».
Bulardan tashqari Sharq mamlakatlarida axloq va ta’lim-tarbiyaga oid «Rushnoinoma», «Qobusnoma» Farididdin Attorning «Pandnoma»si, Oʻbayd Zakoniyning «Sad pand» kabi asarlari keng tarqalgan. Ilk oʻrta asrlarda Arastu va uning izdoshlarining risolalari arab tiliga tarjima qilindi va ularning ta’limotlari Al-Kindiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jomiy, Navoiy va boshqa Sharq faylasuflari tomonidan oʻrganildi va boyitildi.
Demak, bugungi yoshlarimizning kamoloti va unga mos dunyoqarashi muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib borishida ibrat-namunaning oʻrni beqiyosdir. Bu oʻz navbatida Ozod va Obod Vatan, erkin va farovon hayot yaratuvchilarining ongli a’zolarini tayyorlashni kafolotlaydi.
5. Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari
Dostları ilə paylaş: |