110
belgilari bilan ajralib turadilar. Katta negroid irqi ichida uzun bwyli (180 sm.ga yaqin) va nihoyatda
qora rangli nilotlar tipi Nil daryosi yuqori oqimlarida va Buyuk kwllar atrofida uchraydi. Kongo
vohasining tropik wrmonlaridagi pakana bwyli (wrtacha 141-142 sm.) biroz qoramtirroq tanli,
sersoqolli, puchuq burunli, labi kichikroq pigmeylar ham boshqalardan farq qiladi. Jismoniy
tuzilishi jihatidan Afrikaning eng janubiy qismida yashayotgan bushmenlar va giottentotlar maxsus
antropologik tipni tashkil qiladilar. Ular asli negroid belgilaridan tashqari ba`zi mongoloid belgilari
(yaproq yuzli, sarg`ich tanli) va steatopigiya (sag`riga nisbatan kwproq yog` twplanib osilganroq)
kwrinishi, badan va yuzga erta ajin tushishi bilan boshqa irqlardan ajralib turadilar. Madagaskar
aholisi ham negroid va mongologid irqlari aralashmasidan paydo bwlgan maxsus tiplardan iborat.
Dostları ilə paylaş: