112
teokratik davlatlari, Ruanda, Buganda, Burundi) va qabilaviy ittifoqlar (zulu, matabele) paydo
bwlgan edi.
Demak, Afrika xalqlari qadimiy davrlardan to hozirgacha ijtimoiy taraqqiyotdan chekkada
qolmay, tadrijiy rivojlanishda bwlganlar. Ammo keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy ancha orqada qolb
ketishiga mustamlakachilarning zulm va ta`qibga qurilgan siyosati, qul savdosi va quldorlik sabab
bwlgan. Ayrim mamlakatlarning va elatlarning ibtidoiy va ilk feodalizm darajasida saqlanib
qolishida boshqa wlkalardagi singari ob`ektiv v sub`ektiv omillar ham ta`sir qilgan. Mustamlaka
arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida turganlar, yuksak madaniyat
yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan
qabilalar ham mavjud edi.
Afrika qit`asini mustamlakachilar tomonidan bosib olinishi XV asr oxirlaridan boshlanadi. Bu
davrda kelgindi evropaliklar bilan mahalliy aholi wrtasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. Eng
fojiali voqealar keyingi asrdan boshlangan. Dastlabki sarmoya jamg`arish natijasida XVI asr
boshlarida keng miqyosda avj olgan qul savdosi G`arbiy va Janubiy Afrika xalqlarining tarixiy
taraqqiyotini twxtatibgina qolmay, balki bir necha asrlar orqaga itqitib tashlagan edi. Avval
portugaliyaliklar, keyin Angliya, Gollandiya va Frantsiya qit`a wlkalarining ochiqdan-ochiq barcha
boyliklarining yirtqichlarcha talon-taroj qilganlar, og`ir soliqlar solganlar va minglab kishilarni
zwrlab olib ketib, qul qilib sotganlar. Ayrim wlkalarda, ayniqsa, Gvineya sohillarida, Kongo quyi
oqimida va Angolada qul savdosi natijasida aholisi kamayib, xwjaligi va siyosiy-iqtisodiy hayoti
turg`unlik va vayronalikka mahkum qilingan, ba`zi obod wlkalar butunlay xarobaga aylangan.
Quldorlik tufayli vafot etgan va Amerikaga olib kelingan kishilarning soni 100 mln.dan ortiq
bwlgan. Qit`adagi mustamlakachiliklarga qarshi urushlar, chiki ziddiyat va kurashlar ham minglab
afrikaliklarning yostig`ini quritgan va ilgari gullab yotgan qudratli davlatlarning inqirozini
kuchaytirgan edi. Mazkur hodisalar Afrika xalqlarining Evropadan madaniy jihatdan orqada
qolishining asosiy sabablaridir.
Chidab bwlmaydigan jabr-zulm va talon-taroj keltirgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi
ozodlik va mustaqillik uchun kurashga wtgan Afrika xalqlari, ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan
keyin juda katta muvaffaqiyatlarni qwlga kiritib, wz taqdirlarini qwllariga ola boshlagan. Hozir
qit`aning kwpchilik qismi mustaqil va ozod davlatlardan iborat.
Afrika qit`asining etnik tuzilishini bir necha tarixiy-madaniy viloyatlarga bwlib wrganiladi.
Ular keng hududlarda jiylashgan, ammo etnografik jihatdan umumiy birlikka ega bwlgan
mintaqalardan iborat. Swnggi klassifikatsiyaga asoslanib butun qit`a aholisi tabiiy sharoiti, etnik
qiyofasi, tarixiy taqdiri va ijtimoiy-iqtisodiy darajasi jihatdan Shimoliy Afrika, G`arbiy va
Markaziy Afrika, Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlariga bwlingan.
Dostları ilə paylaş: