Lingvistik jihatdan- Afrika aholisi twrt tillik til oilasiga kiradi: semit-xamit (yoki afrosiyo),
niger-kordofa, nil-saxara va koysan xalqlari. Qit`aning shimolida va shimoli-sharqida yashovchi
semit-xamit xalqlari aholining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Semitlardan eng kwpi Afrika
aholisining (83 million) bashdan bir qismini tashkil etadigan arab xalqlaridan iborat. Enyingi
amxara va kushit, tigraj va chab guruhlariga kiradigan xalqlar semit-xamit til oilasining vakillaridir.
Amerika tub aholisining tillari wziga xos xususiyatlarga ega va grammatik tuzulishi jihatdan
boshqa qit`a xalqlarining tillaridan farq qiladi. Kwpchilik olimla qabul qilgan klassifikatsiyaga
binoan tub aholida 20 ga yaqin til oilalari mavjud bwlgan. Shulardan eng yiriklari Shimoliy
Amerikadagi eskimosaleut, algonkishvakash, na-dene, siu-xoka. Markaziy va Janubiy Amerikadagi
yuto-tano-atstek, Mayya-soke, chibcha, kechua, aymara, karib, aravak, tupi-guarani, chon til
oilalaridir. Mazkur tillardan tashqari har xil mayda til turkumlari va shevalari ham bwlgan. Mayya,
kechua, aymara, atstek kabi tillarda swzlashadigan xalqlar qadimlan yuksak madaniyat yaratgan va
hatto wz yozuviga ham ega bwlgan.
Bushinchi qit`a – Avstraliya va bepoyon Tinch okeani orollari (Okeaniya) aholisi ikki qism:
aborigan (tub aholi) va kelgindi evropalik, osiyolik va amerikaliklardan iborat. Hozir tashqaridan
kelib joylashgan aholi butun aholining beshdan twrt qismini tashkil qiladi va asosan, ingliz tilida
swzlashadilar.
Avstraliya va Okeaniyaning ba`zi xalqlari Evropa mustamlakasi arafasida (XVIII-XIX asrlar)
wzlarining xwjalik faoliyati va ijtimoiy tuzilishda juda qadimiy ibtidoiy formalarni saqlab
kelganlar. Polineziyaliklar va qisman melaneziyaliklar avstraliyaliklarga nisbatan ancha yuqori
pog`onada turganlar va hatto sinfiy jamiyatga wtganlar. Mustamlaka natijasida bu erda yashovchi
tub aholining moddiy va ma`naviy hayotida, ijtimoiy va madaniy turmushida jiddiy wzgarishlar
rwy bergan, ularning kwpchilik qismi wziga xos etnik xususiyatlarini ywqotib yuborganlar, ayrim
elatlar (masalan, tasmaniyaliklar) esa butunlay qirilib ketgan.
Til jihatdan beshinchi qit`a aholisi maxsus avstroneziya til oilasini tashkil qiladi va tarixiy,
madaniy va irqiy jihatdan odatda uch turkumga – polineziyaliklar, melaneziyaliklar va
mikroneziyaliklarga bwlinadi. Avstraliyaning tub aholisini wziga xos avstraliya (yoki aborigen)
tillari tashkil qiladi. Swnggi lingvistik klassifikatsiyalarga binoan Okeaniya tub joy aholisi ikki
yirik guruh – papuas va avstrogeneziya til guruhlariga bwlinadi. Tabiiy sharoiti og`ir bwlgan Yangi
Gveneyadagi papuaslar kelgindi aholi bilan kam aralashgani uchun til va madaniy xususiyatlarini
ancha mustaqil saqlab qolganlar.