Initsiatsiya davri voyagi yetgan wg`il bolalarni sunnat qilish marosimi bilan tugaydi. Sunnat
marosimi Dik Rafsi ma`lumotlariga qaraganda, qabila a`zolarining maxsus maydoniga twplanishi
bilan boshlanadi, u erga beliga twqilgan belbog` bog`langan bolani olib ketib erkaklar orasiga
wtkazadilar. Ikki kun davomida erkak va ayollar ashula aytib raqsga tushadilar. Uchinchi kuni
ertalab bolaning qarindoshlaridan uch kishi erga chwzilib yotadi, ularning ustiga bola yotqizilib,
baliq suyagidan ishlangan maxsus pichoq bilan sunnat qilinadi va kelilgan joyga kul sepiladi. Kesib
olingan qismi choy daraxti qobig`iga sovg`a qiladilar. Sunnat qilingan bola wrnidan turib, wt
yoqilgan wchoq oldida tiz chwkadi va kesilgan joyini quritadi.
Marosim tugagach, wspirin bir oz vaqt yolg`iz yashaydi, muayyan ovqat eydi, boshqalar bilan
faqat imo-ishora bilan gaplashadi. U amaksining tarbiyasida yarim yil davomida jamoadan ajralgan
holda yashaydi. Amakisi unga ov sirlarini, qabila qonunlarini, nayza va boshqa qurollardan
foydalanish usullarini wrgatishi zarur.
Shu muddat wtgach, bolani dengiz sohiliga borib chwmiltiradilar, turli sovg`alar in`om
qiladilar, ayollar in`om qiladilar, ayllardan biri uning boshiga twr soladi. Demak, bola endi ovchilar
qatoriga wtgan hisoblanadi. Wsha kecha yana bazm boshlanadi, ashula aytilib, muqaddas wyinlar
ijro etiladi. Ashulachi oldiga wtkazilgan wspirincha yana sovg`alar beriladi. Eng birinchi sovg`a
sifatida sunnatda kesilib quritilgan va chay daraxtiga wralgan falos qismi topshiriladi. Keyin nayza,
bumerang, twr va boshqa in`omlar beriladi. Oxirida qaysi qiz unga kelin bwlib atalganligi e`lon
qilinadi. Shuning bilan sunnat marosimi tugaydi, wspirin endi ovchi erkaklar guruhining twliq
huquqli a`zosi hisoblanadi. Alalxusus, qizlarni ham ma`lum yoshga yetganlarida muayyan
marosimlar wtkazib oylaviy hayotga tayyorlaganlar.
Barcha dastur va marosimlarni wtkazishda va hurmatli, yoshi katta mwysafidlarga
tayanganlar. Ular bu marosimlarda rahbarlik qilganlar.
55
Qabilalar orasidagi mojaro va kelishmovchiliklar ba`zan urush olib kelgan. Urushga odatda
qabida hududini egallash, xotinlarni olib qochish, sehrgarlikda ayblash, urug`doshlarni wldirish va
hokazolar sabab bwlgan. Xun olish avlodma-avlod wtib kelgan. Ammo qirqinbarot urushlar juda
kam bwlgan. Odatda qabilalararo twqnashuvlar va yoki janjallar bir necha qurbonliklar yoki
yaradorlar paydo bwlishi bilan twxtatilib, tinchlik muzokaralari boshlangan va maxsus marosimlar
bilan tugagan.
Qabilalar orasidagi munosabatlar kwpincha tinch-totuv xarakterga ega bwlgan. Qabilalar
wrtasida tosh qurol-aslaha va buyumlar, noyob xomashyo (bwyoq, narkotik wsimlik, shaqmoqtish
va hokazo) almashib turilgan. Har bir qabilaning wz almashuv mahsuloti, uning wrniga oladigan
moli ham aniq bwlgan. Almashuv savdosi odatda maxsus marosim va bayramlar bilan
nishonlangan.
Avstraliyaliklarning ma`naviy madaniyati, diniy e`tiqodi ishlab chiqarish kuchlarining
darajasi va ijtimoiy tuzumiga mos kelgan. Ularning tasavvurida butun tevarak-atrof g`ayritabiiy
kuchlar, turli maxluq va arvohlar bilan twla. Avstraliyani odatda totemizm vatani deydilar. Eng
ibtidoiy din shakllaridan biri hisoblangan totemizm falsafasi bilan uyg`inlashib ketgan kishilar,
urug` yoki qabilalar wzlarini muayyan moddiy buyumlar, asosan, ayrim jonivorlar yoki wsimliklar
bilan yaqin qavm-qardosh, deb biladilar va shunga ishonadilar. Shuning uchun ham, ayrim urug`lar
totemistik guruh hisoblanib, hayvonlar yoki wsimliklarning, ba`zan jonsiz buyumlarning nomi
bilan atalganlar. Shu nomdagi hayvon yoki wsimlikka – bobo, dada yoki aka-uka qarindosh deb
ishonilgani uchun ularni wldirish, iste`mol qilish qattiq man etilgan.
Markaziy Avstraliyada afsonaviy ajdodlarning arvohlari muqaddas buyumlarga kwchirilgan.
Bunday buyumlar odatda sehrli belgilar chizilgan taxtacha – churingidan iborat bwlib, uni maxsus
joyga yashirganlar. Har bir totemistik guruh wzining churingiga yashiringan muqaddas joyga ega
bwlgan. Wsha erda yilda bir marta maxsus marosim (intichiuma) wtkazilgan.
Avstraliyaliklar orasida turli sehrgarlik, duogwylik, ziyon yetkazish magiyasi juda keng
tarqalgan. Dushman qabilalar turli duolar bilan ziyon yetkaza bilish qobiliyatiga ega, degan
tasavvurlar muhim rol wynagan. Tub aholi tushunchasida dushman uzoqdan ziyon yetkazmoqchi
bwlgan kishiga uchi ywnilgan yog`och, wtkir suyak twg`rilab nafratli duo wqisa shu kishi yo kasal
bwlar, yo wlar emish. Sehrgarlik bilan birovni sovutish yoki maftun qilish (sevgi magiyasi),
yomg`ir yog`dirish (obi havo magiyasi), davolash (duoxonlik magiyasi) kasbini egallagan maxsus
folbin va duoxonlar shug`illangan.
Magik tasavvularga nisbatan Avstraliya qabilalarida animizm (jonga ishonish) kam tarqalgan.
Ularda kosmogonik afsonalar ham rivojlangan. Jonning narigi dunyoda yashashiga ishonganlar.
Avstraliyaliklarning diniyo e`tiqodida hukmron va qaram bwlish tushunchalari ywq. Ular wz
totemlariga itoat qilib tiz chwkmagan. Bu elat na buyuk arvoh, na xudo twg`risida tasavvurni, na
qurbonlik, na ibodatxona, na avliyoni bilganlar. Faqat turli sehrgarlik marosimi va odatlar, kohinlar
wrniga folbin va duoxonlar, muqaddas avliyolar va machit wrniga buyumlarning saqlanish joylari
ibtidoiy dunyoning asosiy ifodasi edi.
Avstraliyada xalq og`zaki ijodi dastavval rivoyatlar, afsona va ertaklar, ashula va raqslarda
namoyon bwlgan. Afsona va rivoyatlar, asosan, totemistik tasavvurlar bilan bog`liq bwlsa ham
muqaddashlashtirilmagan, tinglovchilar ularning haqqoniyligiga ishonishmaydi, kulgi va hazil bilan
qabul qilishadi. Afsona personajlari (kishi yoki hayvon) hech qanday qaramonlik kwrsatmaydi,
odatdagicha kwchib yuradi, ov qiladi, yeydi, yotadi, ba`zan urushadi va bir-birini wldiradi.
Musiqa kuylar odatda raqslarga jwr bwladi. Ularning raqslari kwpincha jamoa xarakterida
(orro bori) bwlib, turli ma`noni tasvirlaydi, ayrimlari totem bilan bog`liq dramatik afsonalarni
ifodalaydi. Barcha wzaro uchrashuvlar, tadbir va marosimlarda raqs ijro etilgan.
Wziga xos tasviriy san`at ham turli ijtimoiy va diniy ehtiyojlarga bwysundirilgan. Unda ayrim
primitiv, realistik tasvirlar bilan bir qatorda, har xil shartli belgilar – chiziq, nuqta, doira kabilar
totemistik tasavvurlarni ifodalagan. Turli naqshlar va ornamentlar qurollarga, marosimlarga kishi
badaniga, sirli belgilar esa churungi va boshqa diniy buyumlarga, qoya va toshlarga yasalgan
Tasmaniyaliklar ham bezaklarni va badan bwyashni bilganlar.
56
Ancha oddi kishilarning bilimlari tevarak-atrofdagi tabiiy sharoitga moslashgan bwlib, ishlab
chiqarish tajribasiga bwysindirilgan. Avstraliyaliklar wz guruhi kwchib yuradigan hududni juda
yaxshi bilganlar, bepoyon dashtlarda suv, ywl va taom topish usullarini egallaganlar. Tabiblarning
sehrli tajribasidan tashqari har bir avstraliyalik ayrim kasallik va yaralarni davolash ywllarini ham
bilgan. Ular ibtidoiy tabobat qwlga kiritgan barcha bilimlardan foydalanganlar, maxsus
tayyorlangan tarkibiy dorilarni ham, wsimlikdan qaynatilgan va kukun holidagi dorilarni ham
ishlatganlar, qon oqishni twxtatish, singan joyni tuzatish kabi jarrohlik usullaridan xabardor
bwlganlar.
|