Etnologiya uzb


Birinchi qit`a hisoblanadigan



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/141
tarix22.02.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#52956
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   141
etnologiya

 
Birinchi qit`a hisoblanadigan- Avstraliya Tinch okeanining janubida joylashgan wziga xos 
wlkalar.  Uning  iqlimi  ham,  etnik  tuzilishi  ham  er  kurrasining  boshqa  qismidan  ancha  farq  qiladi. 
Twrt  tomoni  bepoyon  okean  suvlari  bilan  yuvilib  turgan  Avstraliya  qit`asi  7,7  mlm,  kvadrat 
kilometr hududga ega bwlib, taxminan AQSh hududiga teng keladi. 
Qir`aning  beshdan  ikki  qismi  tropik  iqlimi,  qolgani  subtropik  va  mwtadil  issiq  iqlimlidir. 
Ichki  Avstraliya  nihoyatda  qirg`oq,  yag`ingarchilik  kam,  iqlimi  wzgaruvchan,  dashtu  biyobondan 
iborat.  Uncha  katta  bwlmagan  daryolar  uning  sharqida  mavjud,  xolos.  Pastqam  tog`  tizmalari, 
asosan,  janubi-sharqiy  qismida  joylashgan.  Bir  necha  yuz  katta-kichik  kwllar  mavjud  bwlib,  ular 
yozgi  jaziramada  qurib  qurib  shwrxokka  aylanadi.  Avstraliyaning  wsimlik  va  hayvonot  dunyosi 
ham iqlimi singari xilma-xil. U erdagi wsimliklarning aksariyati (85 foizi) faqat wziga xos bwlib, 
boshqa  biron  erda  uchramaydi.  Ayniqsa,  janubi-sharqida  balandligi  yuz  metrgacha  yetadigan 
evkalipt  daraxtlari  (150  turdan  ortiq)  qit`aga  gwzal  manzara  kasb  etib  turadi.  Abadiy  yashil 
daraxtlar:  palma,  fikus  va  chirmovuq  kabi  wsimliklarga  boy  tropik  wrmonlar  qit`aning  shimol  va 
shimoli-sharqiy  qismida  joylashgan.  Wlkaning  g`arbiy  va  ichki  qismiga  kirib  borgan  sari  barcha 
wsimlik dunyosi nihoyatda qashshoqlashgandek kwrinadi. 
Hozirgi Avstraliya millati qurama, turli elatlardan tashkil topgan. Qit`ada  15,7 mln.dan ortiq 
(1985-y.)  aholi  yashaydi,  ammo  u  nihoyat  notekis  joylashgan.  Aholining  asosiy  qismi 
Avstraliyaning  sharqiy  va  janubi-qismlarida,  sug`oriladigan  qulay    iqlimli  va  wsimlik  dunyosiga 
boy  bwlgan  janubi-g`arbiy  hududlarda  yashaydi.  Avstraliya  aholisining  kwpchiligi  Evropalik, 
ayniqsa, Angliya va Irlandiyadan (78 foizi) kelganlarning avlodlari kwpchilikni tashkil qiladi. Tub 
aholisi  (aborigenlar)  suvsiz  chwl  va  sahrolarda  kun  kechirmoqda.  Ularning  soni  103  mingga 
yaqindir (metislar bilan qwshib hisoblaganda 140 mingdan ortadi). Umuman olganda, Avstraliya va 
Okeaniyada keyingi ma`lumotlarga qaraganda 25 mln.dan ortiq aholi mavjud. Shu jumladan, Yangi 
Zelandiyada 3,2 mln.aholi yashaydi. 
Okeaniyada  joylashgan  minglab  orollar  janubga  yaqinlashgan  sari  yiriklashib  va  ancha 
quyuqlashib  boradi.  Avstraliyaning  sharqida  va  shimoli-harqida,  aksincha,  juda  mayda  orollar 
Tinch  okeani  bag`riga  kirgan  sayin  kamayib  boradi.  Eng  yirik  orollar`  Yangi  Gvineya,  Yangi 
Zelandiya,  Yangi  Kaledoniyadir.  Mayda  orollar  esa  asosan,  vulqonlardan  va  marjonlardan  paydo 
bwlgan va ularning qit`aga hech aloqasi ywq. Okeaniyaning barcha orollari deyarli tropik oralig`ida 
joylashgan bwlib, iqlim ekvatorial, tabiati adabiy shil tropik wsimliklar bilan qoplangan, hayvonot 
dunyosi g`arbga tomon boyroq, sharqda esa ancha kam. 
Okeaniya  asosan,  uch  qismga  bwlingan:  janubi-g`arbiy  qismdagi  «qora  orollar»  deb  nom 
olgan  Melaneziya;  uning  sharqiy  va  shimoli-g`arbidagi  bepoyon  Tinch  okenida  tarqoq  joylashgan 
Polineziya  (tarjimasi  «kwpsonli  orollar»);  Osiyo  sohillariga  yaqin  mayda  orollardan  iborat 
Mikroneziyadir.  Agar  tub  aholisining  sharoiti  va  madaniy  saviyasi  sotsial-iqtisodiy  jihatdan 
umumiy  xarakterga  ega  bwlsa,  Okeaniya  xalqlari  nisbatan  yuqori  darajada  va  nihoyatda  rang-
barang  shaklda  rivojlangan.  Tillarning  joylashuvi  antropologik  turlarga  twg`ri  kelmaydi.  Ularning 
xwjalik  tiplariga  qarab  madaniy  yoki  sotsial  rivojlanish  darajasini  aniqlash  qiyin.  Chunki,  Osiyo 
yoki  Evropadagi  ishlab  chiqarish  qurollari,  moddiy  buyumlar  bu  erga  mutlaqo  twg`ri  kelmaydi. 
Masalan,  tub  melaneziyaliklar  wq-yoyni,  termirchilikni  yoki  kulolchilikni  bilmaganlar,  ammo 
wziga  xos  yuksak  madaniyat  yaratganlar.  Aytaylik,  ijtimoiy  munosabatlarda  melaneziyaliklarda 


 
52 
 
savdo-sotiq rivoj topgan bwlsa ham, natural xwjalikka ega bwlgan polineziyaliklar ularga nisbatan 
ancha yuqori madaniyatga ega bwlganlar. 
Umuman,  beshinchi  qit`ani  wrganish  insoniyat  tarixining  ilk  davrlari  –  ibtidoiy  jamiyatdan 
sinfiy  jamiyatning  ilk  shaklarigacha,  dastlabki  davlat  va  qabilaviy  birliklargacha  aniqlab  olish 
imkonini yaratib bergan edi. 
Dunyodagi eng kichik qit`a yoki eng katta orol hisoblangan Avstraliya eng qadimiy geologik 
davrlarda qurg`oqlikdan ajralib qolib XIX asrgacha jonli qadimiy muzey shaklida saqlangan. Uning 
flora  va  ayniqsa,  faunasining  arxaikligi  va  wziga  xosligi  doimo  tadqiqotchilarni  hozirgacha 
hayajonga soladi. 
 Avstraliya  va  Tasmaniya  xalqlari:  Beshinchi  qit`a  aholisining  kelib  chiqishi  fanda  eng 
qiziqarli  va  nihoyatda  murakkab  muammodir.  Chunki,  bu  erning  tub  aholisi  juda  arxaik  ibtidoiy 
tirdagi sodda, wziga xos madaniyatini bizning davrimizgacha saqlab qolgan. 
Avstraliyaliklarning  kelib  chiqishi  twg`risidagi  fikrni  rus  olimi  Ivan  Simonov  wzining 
dastlabki  tadqiqotlarida  bundan  180  yil  ilgari  bayon  etgan  edi.  XIX  asrning  20-yillarida  Sidneyga 
rus  kemalarida  kelgan  ekspeditsiya  a`zosi  I.Simonov  avstraliyaliklarni  kwrganda,  ular  janubiy 
hindistonliklarning  avlodlari,  degan  taxminni  aytgan.  Atropologiya  fani  Avstraliya  tub  aholisi 
Janubiy Osiyoning qadimiy xalqlari bilan tarixiy bog`liq ekanligini tasdiqlagan. XIX asr wrtalarida 
ayrim sayyoh olimlar (E.Eyr, J.Prichard) avstraliyaliklarni tasodifan qit`aga adashib yoki qwllikdan 
qoshib  kelgan  afrikaliklarning  avlodi  degan  bwlsa,  ba`zi  birlari  malayya  arxipelagi  va  Yangi 
Gvineya  orqali  keogan  okeaniyaliklar  avlodi,  degan  fikrlarni  aytishgan.  1870-yillarda  beshinshi 
qit`a bilan tanishgan rus tadqiqotchisi va sayyoqi N.N.Mikloxu-Maklay wzining jiddiy kuzatishlari 
asosida  avstraliyaliklar  mustaqil  irq  degan  xulosaga  keldi.  Mazkur  fikrni  antropologik  tadqiqotlar 
ham qisman tadiqlaydi. Avstraliyaliklar wziga xos antropologik tipni tashkil qiladi. 
Tasmaniyaliklarning  kelib  chiqishi  hali  twlib  aniqlanmagan.  Ular  sochining  jingalakligi, 
badanining 
twq 
jigarangligi, 
past 
bwyligi 
bilan 
avstraliyaliklardan 
farq 
qilganlar. 
Tasmaniyaliklardan farq qilganlar. Mastaniyaliklar antropologik tuzilishi bilan melaneziyaliklarga, 
ayniqsa,  Yangi  Kaeg`ledoniyadagi  tub  aholiga  wxshab  ketadi.  Aslida,  olimlarning  fikricha, 
tasmaniyaliklar qadim davrlarda Avstraliyadan siqib chiqarilgan tub aholining avlodlaridir. 
Beshinchi qit`aga aholining kwchib kelish davri yuqori paleolitga twg`ri keladi. Taxminan 18-
19  ming  yillar  muqaddam  Avstraliya  qit`asi  Osiyo  bilan  qwshilgan  bwlib  eng  qadimiy 
avstraliyaliklar Janubi-sharqiy Osiyodan quruqlik orqali kwchib kelganlar. Keyinchalik 12-13 ming 
yillar ilgari okean suvlarining kwtarilishi natijasida beshinchi qit`a payda bwlgan.  
Evropa mustamlakasi arafasida (XVIII-XIX asrlar) Avstraliya va okeaniya xalqlari wzlarining 
xwjalik  faoliyati  va  ijtimoiy  tuzumida,  tili  va  irqiy  tuzilishida  qadimiy  ibtidoiy  shakllarni 
shunchalik chuqur saqlab qolganlar, boshqa qit`alarda ularga wxshash belgilar deyarli uchramaydi.  
Mustamlakachilar  kelgunga  qadar  avstraliyaliklar  butun  qit`a  bwylab  tarqoq  holda  kwchib 
yurganlar. Ularning soni taxminan 250-300 ming bwlib, 500 ga  yaqin  urug`-qabilalarga birikkan. 
Uzoq  vaqt  davomida  boshqa  dunyo  bilan  aloqada  bwlmaganliklari  tufayli  avstraliyaliklarning 
tillari, yuqorida qayd qilinganidek, hech bir boshqa tillarga wxshamaydi va yaqinligi ham ywq. Har 
bir qabila wz tili yoki shevasiga ega bwlib, irqiy va madaniy jihatdan wxshashlik mavjud bwlsa-da, 
bir-birlarining  tillarini  tushunolmaganlar.  Ba`zi  tillar  bir  necha  shevalardan  iborat  bwlib,  maxsus 
turkumni  hosil  qilgan.  Tub  aholi  tillarni  lingvist  A.Kerella  olti  yirik  turkumga  bwladi.  1)  Janubi-
sharqiy  Avstraliya  tillari;  2)  Yangi  janubiy  Uels  tili;  3)  Shimoliy  va  Markaziy  Kvinsland  tili;    4) 
Markaziy  va  janubi-g`arbiy  Avstraliya  tili;  5)  Arixemlend  tili;  6)  Shimoliy  va  shimoliy-g`arbiy 
hududdagi  juda  kwp  boshqa  tillar.  Barcha  tillar  wz  tuzilishi,  aniqligi  va  swz  boyligi  bilan  alohida 
xususiyatga  ega.  A.Kepellaning  bu  klassifikatsiyasi  hali  takomillashmagan  va  kwpchilik  olimlar 
tomonidan  qabul  qilinmagan.  Pater  V.Shmidt  Avstraliya  tillarini  wzaro  bir-biriga  yaqin  bwlgan 
ikki-janubiy va shimoliy guruhlarga bwladi. 
Avstraliyaliklarda yana «signallar tili» ham mavjud bwlib, narsalarni aniq belgilar yurdamida 
ifodalangan.  Misol  uchun,  wz  joylarini  tashlab  ketayotganlarida  oyoqlari  bilan  qumga  chiqib 
chizganlar va chiziqning ichiga xivich tiqib qwyganlar. Chiziqning ywnalishi va uning uzunligi shu 
guruhning  qaysi  tomonga  va  qancha  masofaga  ketganligini  bildirgan.  Bul  belgi  wz  guruhlarining 


 
53 
 
kechikib  qolgan  a`zolari  va  mehmonlar  uchun  ham  qilingan.  Shuningdek,  xavf  yoki  motam 
signalari keng tarqalgan. 
Baland  evkalipt  daraxtlariga  tirmashib  chiqishda  jahonda  avstraliyaliklarga  teng  keladigani 
ywq.  Ular  daraxtlarda  yashovchi  parrandalarni  tutish,  qush  tuxumi  yoki  yavvoyi  arii  asalini  olish 
uchun nihotyada zwr mahorat bilan tik daraxtlarga chiqa bilganlar.  
Qushlarni  ovlashda  eng  asosiy  qurol  bumerang  bwlgan.  Bumerangning  xususiyati  shundaki, 
mohir  mergan  kuch  bilan  irg`itganda,  u  wljaga  kutilmagan  tomondan  borib  tegishi  mumkin,  agar 
nishonga  tegmasa  u  yana  Irg`ituvchining  oyog`i  tagiga  qaytib  tushadi.  Bumerang  turli  xil  bwladi, 
ammo aksariyati wroqsimon shaklda bwlib, uzunligi wrtacha 75 sm (ayrimlari 2 metrgacha) keladi 
va  yuz  metr  masofagacha  uchadi.  U  bilan  uchar  qushlarni  ham  urib  tushirish  mumkin.  Qushlarni 
har xil twrla rva tuzoqlar bilan ham ovlaganlar. Baliqchilikda sanchqi, twr, qarmoq, savat va boshqa 
ov  qurollari  ishlatilgan.  Qarmoqlar  suyak  yoki  chig`anoqdan  yasalgan.  Ovchilik  va  baliqchilikda 
nayza muhim rol wynagan. Tasmaniyaliklarda tosh qurollar va nayza ishlatilgan. Dengiz hayvonlari 
ugri, molluska va qisqichbaqalar sevimli taom hisoblangan. Ovchilik va baliqchilik bilan erkaklar, 
terib-termachlash bilan esa asosan, ayollar shug`ullangan. 
Avstraliyaliklar  gwsht  va  baliqni  xom  holda  iste`mol  qilmaganlar.  Ular  gwsht,  qush  yoki 
baliqni kwpincha  yaxlit holda wtda  yoki chwg`da qovurib  yeganlar. Avstraliyada turli tariq,  yams 
va  boshqa  ildizmevali  wsimliklar,  non  daraxti  (bunya)  yavvoyi  holda  wsadi.  Ular  tosh,  suyak, 
chig`anoq, yog`och, wsimlik tolasi, hayvon terisidan turli qurol, buyum va idishlar yasashni yaxshi 
bilganlar.  Tosh  qurollarning  tiplari  neolit  davridagi  shel  va  ashel  yoki  muste  qurollariga  wxshab 
ketadi. 
Avstraliyalik  va  tasmaniyaliklarning  kiyimlari  nihoyatda  yurun  bwlgan.  Kwpchilik  qabilalar 
mutlaqo  kiyimsiz  nihoyatda  yupun  bwlgan.  Kwpchilik  qabilalar  mutlaqo  kiyimsiz,  yalang`och 
yurganlar. Ba`zi janubi-sharqiy hududlarda opossum terisidan plash tikib yopinib yurganlar. Ammo 
erkagi  ayol  asosan,  bayram  vaqtlarida  turli  bezaklar:  boshiga  toladan  wrov,  qwliga  ip,  bilaguzuk, 
bwyniga munchoq, burniga buloqi sirg`a taqishgan, badanlarini bwyab har xil patlar yopishtirganlar 
yoki  badanlarini  maxsus  jarohatlab,  ywl-ywl  naqshlar  tilganlar.  Tanani  faqat  bezak  uchun  emas, 
ba`zan terini saqlash uchun ham bwyaganlar. 
Avstraliyaliklar  ham  ayrim  qabilalarga  bwlingan  bwlib,  mustamlaka  arafasida  butun  qit`ada 
500  ga  yaqin  mustaqil,  bir-biriga  bog`liq  bwlmagan  jamoa  holida  hayot  kechirganlar.  Hozir  juda 
kam qabila qolgan. Ularning qabilaviy tuzumi nihoyatda sodda bwlgan, kwpchiligida na qabilaviy 
boshliq,  na  qabilaviy  kengash  bwlgan.  Tub  aholi  ishlab-chiqarish  munosabatlarining  asosini 
ijtimoiy  mulk  tashkil  qilgan.  Har  bir  qabila  joylashuviga  qarab  ayrim  lokal  guruhlarga  bwlingan. 
Bunday  guruhlar  odatda  muayyan  munosabatlar  bilan  wzaro  bog`langan  bwlib  bitta  juft  qabilani 
tashkil  etgan.  Aslida  Avstraliya  qabilasining  ikki  “pallaga”  yoki  ikki  “nikoh  sinfiga”  bwlinishi 
ibtidoiy  jamiyatga  xos  dual  tashkiloti  bilan  bog`liqdir.  Wz  navbatida  har  “palla”  ikki  bwlak 
urug`dan  iborat.  Ilk  qabila  tuzilishining  keyingi  bu  ikki  shakli  fratriy  sistemasi,  deb  atalgan. 
Fratriya  (grekcha  “birodarlik”  degan  ma`noni  inglatadi)  nikoh  tartibiga  binoan  bir  “pallaga” 
mansub  bwlgan  odamlar  wzaro  nikohlana  olmaydi,  balki  ular  qarama-qarshi  “pallaning”  odamlari 
bilan  nikohlana  olishi  mumkin,  boshqacha  qilib  aytganda  er  va  xotin  doimo  qabilaning  har  xil 
“pallasiga” mansub bwlishi kerak edi. Miso uchun, bir avstraliya qabilasining ikki “nikoh sinf”iga – 
kroki va kumetaga bwlinishi fratriy sistemasining namunasidir. Bu sistema fanda dual ekzogamiya 
deb  ham  aytiladi.  Mazkur  tartibga  binoan  bir  “palla”  yoki  bir  urug`ning  g`ozalari  wrtasida 
nikohning bwlishi mumkin emas, twg`ishgan opa va singillar wrtasida ham, shuningdek, yon tomon 
qarindoshlar  wrtasida  ham  (ona  tomondan)  nikoh  bwlishi  istisno  etiladi,  ya`ni  katta  va  kichik 
avlodni  bir-biri  bilan  nikohlanishiga  ywl  qwymaydi.  Shunday  qilib,  bir  fratriya  (yoki  shundagi 
urug`lardan  biri)  boshqa  fratriyaga  nisbatan  (yoki  undagi  boshqa  urug`ga)  “ona  fratriyasi”  (yoki 
undagi boshqa urug`ga)  “ona fratriyasi”  (yoki urug`i), ikkinchisi esa “ota bratriyasi”  (yoki urug`i) 
hisoblanadi.  Har  bir  fratriya  wzining  nomiga  ega  bwlib,  asosan,  uning  ajdodi  hisoblangan  hayvon 


 
54 
 
nomi  bilan  bog`liq  bwlgan.  Rus  olimlarining  fikricha,  avstraliyaliklarning  fratrial  sistemasi 
urug`chilik tuzumining dastlabki shaklidir. 
Nikoh  va  oila  munosabatlarida  fratriat  va  urug`  cheklanishlaridan  tashqari  sektsiya  yoki 
“nikoh sinflar” bwlinish muhim ahamiyat kashf etgan. Masalan, qabila I va II fratriyaga bwlingan 
bwlib, I fratriya A va V sektsiyalari, II fratriyada esa V va G sektsiyalari mavjud. A sektsiyasidagi 
erkak  faqat  V  sektsiyasidagi  ayolga  wylanishi  mumkin,  ularning  bolalari  G  sektsiyasi  (ona  urug`i 
hisobi)ga tegishli; V sektsiyasidagi erkak faqat G sektsiyasidagi ayolga uylanishi mumkin, ularning 
farzandlari  V  sektsiyasiga  tegishli.  Shunday  qilib,  nabiralar  ota  tomondan  bobo  sektsiyasiga,  ona 
tomondan  buvi  (momo) sektsiyasiga  tegishli  hisoblangan.  Avstraliyalik  aborigen  rassom  Dik  rafsi 
wz biografiyasida yozadi: «Meni dadamning aka-ukasi mening tog`am emas; ular ham menga dada. 
Ularning bolalari ham menga qarindosh, aka-uka va opa-singillarim hisoblanadi. Dadamning opa-
singlisini men amma deyman, uning bolalari  esa ammavachcha bwladi.  Ayimning opa-singillarini 
men oyi deyman, ularning bolalarini aka-uka va opa-singil, deb hisoblayman. Oyimning aka-ukalari 
menga  amaki  bwlib,  meni  erkaklar  qatoriga  wtkazish  (initsiatsiya)  marosimiga  tayyorlash  va 
tarbiya qilishga javob beredi. Uning bolalari menga amakivachcha singillarimga uylanish mumkin, 
ayniqsa, ona urug`idan, ammavachchalarga». Shimoliy avstraliyada U.Cherlingning ta`rificha, yigit 
ona tomonidan aka-ukasining qiziga uylanishi mumkin, ammo dadasining singlisi qiziga uylanishi 
qat`yan  taqiqlangan.  Mazkur  nikoh  tartiblarini  buzish  juda  katta  gunoh  hisoblangan  va  kim  uni 
buzsa yo qatl qilingan, yo urug`dan haydalgan. 
Voyaga  yetgan  wspirinlarni  kattalar  guruhiga  wtkazishda  maxsus  initsiatsiya  marosimi 
amalga  oshirilgan.  Iqtisodiy  yoki  sotsial  tabaqalanish  bwlmaganligi  tufayli  avstraliyaliklar  jinsiga 
qarab  bwlingan.  Shuning  uchun  ham,  masalan,  wg`il  bolalarni  ovchilar  guruhiga  wtkazish  uchun 
bolaning  yoshligidan  tarbiyalashgan.  Dastlab,  ular  voyaga  yetgach  boshqalardan  ajratib  qwyilgan 
va ba`zi taomlarni iste`mol qilish man qilingan, tishlarini urub sindirish, badanini jarohatlash, wtda 
tutatish  kabi  jismoniy  sinovlardan  wtkazilgan.  Bir  necha  ywlga  chwzilgan  initsiatsiya 
marosimlarida  yoshlarni  qabila  urf  odatlari,  afsona  va  rivoyatlari  bilan  tanishtirganlar,  qariyalarni 
hurmatlash  va  tartib-qoidalarga  qattiq  rioya  qilishni,  ovchilik  va  boshqa  kasb  sirlarini  egallash 
mahoratini wrgatganlar.  

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin