Evropaning wsimlik va hayvonot dunyosi kwp asrlik xwjalik faoliyati tufayli avvalgi
davrlarga nisbatan tubdan wzgarib ketgan. Aslar davomida qadimiy wrmonlarni ayovsiz kesish
hisobiga bepoyon ekin maydonlarini vujudga keltirilishi kwpgina botqoqliklarning qutilishi, boshqa
qit`alardan yangi wsimlik turlarini olib kelib kwpaytirish va sun`iy wrmonlar yaratish natijasida
tubdan yangi bir tabiiy manzara paydo bwlgan. Ayrim Evropa mamlakatlarida wsimlik turlarining
wndan twqqiz qismi wzgartirilgan. Albatta, shimoliy sovuq hududlarda, masalan Skandinaviya
mamlakatlarida, wrmon va ekinzorlar janubiy subtropik hududlarga nisbatan ancha farq qiladi.
Janubiy qismida, masalan, Wrta dengiz va Dunay sohillaridagi vodiylar, Markaziy Evropa
tekisliklarida eng qadimiy dehqonchilik va chorva markazlari joylashgan.
Butun serunum turpoqli erlar eski wrmon va daraxtzorlardan tozalanib ekin dalalariga, tog`
yon bag`irlari mol boqadigan yaylrvlarga aylantirilgan. Hozir Evropa hududining taxminan uchdan
ikki qismini tabiiy va sun`iy yaratilgan wrmonlar egallaydi. Ammo ular nihoyatda notekis
joylashgan. Masalan, agar Finlyandiya va Shvetsiya hududining yarmini wrmonlar egallasa, boshqa
mamlakatlarda (Angliya, Daniya, Niderlandiya va hk.) wndan ikki qismini qoplaydi. Sanoatning
wsishi, shaharlarning kwpayishi, temi rva avtomobil ywlarning taraqqiyoti, hatto noquday
unumdorligi past erlarni wzlashtirishga majbur qilgan. Evropaning qurg`oqchil yarim orollarida
sug`orishga asoslangan dehqonchilik paydo bwlgan va hozir ishlov beriladigan erlarning har
uchinchi gektari sug`oriladi.