Etnologiya uzb


Evropa qit`asining Tabiiy-geografik jihatdan



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/141
tarix22.02.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#52956
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141
etnologiya

Evropa qit`asining Tabiiy-geografik jihatdan- geologik tarixi, rel`ef va iqtimining umumiy 
belgilari, biologik birligi, suv taxiralari tabiiy sharoitlarga qarab bir necha muzofotlarga bwlingan. 
Etnografik  klassifikatsiyaga  binoan  Evropa  mamlakatlari  twrt  guruhni  tashkil  qiladi:  Shimoliy 
Evropa  (Finlyandiya,  Shvetsiya  va  Norvegiya,  Daniya  va  Islandiya),  Sharqiy  Evropa  (Pol`sha, 
Germaniya,  Chexiya,  Slovakiya,  Vengriya,  Ruminiya,  Bolgariya,  Rossiya,  Ukraina,  Belorussiya, 
Albaniya),  G`arbiy  Evropa  (Angliya,  Irlandiya,  Frantsiya,  Bel`giya,  Niderlandiya,  Shveytsariya, 
Avstriya,  Monako  va  Lyuksemburg)  va  Janubiy  Evropa  (Portugaliya,  Ispaniya,  Italiya,  Gretsiya, 
Gibraltar,  Mal`ta,  San-Marino).  Tarixiy  jihatdan  bu  mamlakatlar  nihoyatda  murakkab  turli 
voqealarga boy davrlarni bosib wtgan, jahon miqyosida buyuk geografik kashfiyotlar va Uyg`onish 
davridan, keyin butun insoniyat taqdirini belgilab bergan olamshumumul hodisalarning sababchisi 
va guvohi bwlgan. Ammo eng qadimiy yuksak madaniya wchrg`i bu  erda emas, miloddan avvalgi 
V-III  ming  yilliklarda  Shimoliy  Afrika,  Janubiy  (G`arbiy  va  Janubiy)  Osiyo  hududida  paydo 
bwlgan.  Wsha  davrlarda  Evropada  ovchilik  va  terimchilik  bilan  shug`ullangan  ibtidoiy  qabilalar 
yashagan. 
Insoniyat  Janubiy  Evropa  va  uning  wrta  qismini  eng  qadimiy  davrlardan  wzlashtira 
boshlagan. Wtgan asrda wtkazilgan tadqiqotlar shuni kwrsatadiki, aksariyat Evropa mamlakatlarida 
ilk paleolit davridan odamlar yashagan. Frantsiya g`orlarida topilgan tosh qurollar, arxeologlarning 
ta`rificha, bu erda ketma-ket paleolit madaniyati shakllanib kelganligini tasdiqlaydi. 
Ibtidoiy  ajdodlar  dastlab  yirik  hayvonlarga  ov  qilib  kun  kechirganlar,  g`orlarda,  chayla  va 
ertwlalarda  yashaganlar,  toshlardan,  yog`och  va  suyakdan  turli  qurollar  yasaganlar,  teridan  kiyim 
tikishni  bilganlar.  Ular  kichik  urug`  turkumlarga  bwlingan,  qoyalarga  rasmlar  chizishgan,  turlicha 
xwjalik  shakllari  yaratganlar.  Masalan,  Baltika  bwylarida  asosan,  baliqchilik  (maglemos 
madaniyati),  Shimoliy  dengiz  sohillarida  dengiz  terimchiligi  (kuokkemeding  madaniyati),  ichki 
hududlarda bug`u ovchiligi (tardenuaz, svider kabi madaniyatlar) xwjaliklari paydo bwlgan. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin