Til klassifikatsiyasi: Evropa xalqlarining kwpchiligi hind-evropa-slavyan, German, roman va
kelt tillarida gapiradilar. Slavyan til turkumiga g`arbiy slavyanlardan chexlar, slovaklar, polyaklar
va janubiy slavyanlardan serblar, bolgarlar, xorvatlar, slovenlar, chernogorlar, makedoniyaliklar va
bosniyalar; sharqiy slavyanlarga esa ruslar, beloruslar, ukrainlar kiradi. Roman til turkumiga janub
va g`arbda yashovchi italyanlar, frantsuzlar, vallonlar, ispanlar, portugallar ruminlar, moldovanlar
kiradi. Qadimgi davrda keng tarqalgan kelt tilida gapiradigan elatlarning avlodi hozir faqat
Irlandiyada, qisman Shotlandiyada, Angliya va Frantsiyaning Bretan yarim orolida yashaydi.
Keltlarning kwp qismi Rim imperiyasi hukmronlik qilgan davrda roman tillari bilan aralashib,
keyinchalik german qabilalari tarqalishi bilan german tiliga singib ketgan.
German xalqlariga nemislar, avstriyaliklar, gollandlar, flamandlar, shvedlar, norveglar,
daniyaliklar, islandlar, inglizlar va qisman shveytsariyaliklar kiradi. Hind-evropa tillarida greklar va
albanlar ham gapiradi. Vengerlar yoki madyarlar, finnlar, soamlar va loparlar finnougor til oilasiga
mansub. Bolqon yarim orolida yashovchi turklar va gagauzlar esa turkiy tillarda gapiradilar. Faqat
Malta orolida arab tili saqlangan.