EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES Innovative Academy Research Support Center
UIF = 8.3 | SJIF = 5.916 www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 7, July 2023 ISSN 2181-2861
Page 14
Yuqoridagi jadvalda O’zbekiston Respublikasi huzuridagi statistika agentligi
ma’lumotlariga ko’ra 2022-yil yanvar-fevral oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha
yakuniy moliyaviy natijalar sohalar bo’yicha keltirilgan
3
. Ushbu jadvalda keltirilishicha, tog’-
kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasi bo’yicha foyda va zarari 2022-yilda 20870.6 mln
so’mni tashkil etdi. Ishlab chiqariadigan sanoat bo’yicha esa ushbu yilda 3096746.1 mln.so’m,
o’sish sur’ati esa 67.7% ni tashkil etgan. Ushbu keltirilgan sohalar bo’yicha pastroq
ko’rsatkichda qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaligi sohasi foyda hamda zarari 3.2 mln.so’mni
o’sish sur’ati esa 188.2% ni tashkil etgan. Bugungi global iqtisodiy islohotlar davrida davlat
moliyasini, shu jumladan davlat byudjetini boshqarishda moliyaviy nazorat muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizli, Bunda moliyaviy intizomini mustahkamlash uchun
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo’nalishini byudjet mablag’laridan samarali va
maqsadli foydalanish, byudjet intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari
rahbarlarining iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish; byudjetdan
moliyalashtiriladigan tashkilotlarni mablag’ bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish va
byudjet mablag’laridan foydalanishda mavjud mablag’larni oqilona taqsimlash uchun
shartsharoitlar yaratish; byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag’batlantirish, ular
faoliyatining samaradorligini oshirish va kadrlar qo’nimsizligini kamaytirish uchun shart-
sharoitlar yaratish kabilar belgilamoqda.
3
O’zbekiston Respublikasi huzuridagi statistika agentligi uzstat.uz