Eurasian journal of mathematical theory and computer sciences



Yüklə 64,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü64,09 Kb.
#186252
  1   2   3   4   5   6   7
budjet hisobi 1



EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL 
THEORY AND COMPUTER SCIENCES 
 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 
8.3
 | 
SJIF =
 
5.916
 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 7, July 2023 ISSN 2181-2861 
Page 10 
 BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NATIJALAR 
HISOBI 
Mamayusupova Shahina Ulug’bek qizi 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti 
sh.mamayusupova@tsue.uz 
https://www.doi.org/10.5281/zenodo.8133490
 
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Received: 29
th
June 2023 
Accepted: 08
th
July 2023 
Online: 09
th
July 2023
 
 
Bugungi global iqtisodiy islohotlar davrida davlat 
moliyasini, shu jumladan davlat byudjetini boshqarishda 
moliyaviy nazorat muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarining moliya-
xo’jalik faoliyati ustidan davlat moliyaviy nazoratini 
tashkil etish masalalari keng yoritib berilgan. 
Mamlakatmizdagi byudjet tashkilotlari moliya-xo’jalik 
faoliyatini yanada rivojlantirishda davlat moliyaviy 
nazoratining o’rni va ahamiyatini oshirish yo’llari ko’rib 
chiqilgan hamda O’zbekiston Respublikasi huzuridagi 
statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra 2022-yil 
yanvar-fevral oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 
yakuniy moliyaviy natijalar sohalar bo’yicha keltirilgan. 
KEY WORDS 
Globallashuv, 
Moliyaviy 
xavfsizlik, islohot, rivojlanish
xalqaro standardlar, moliyaviy 
natijalar. 
Oʻzbekiston Prezidenti 2017-yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017-2021-yillarda 
Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini 
tasdiqladi. Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan 
masalalarni kompleks oʻrganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti hamda 
xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari boʻyicha ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasi besh 
bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri boʻyicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda 
alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi
1
.
Jumladan, uchinchi 
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan 
harakat strategiyasining
 
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori 
iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish
g
a alohida eʼtibor qaratilgan. Bunda,
 
xarajatlarning 
ijtimoiy yoʻnaltirilganini saqlab qolgan holda davlat byudjetining barcha darajalarida 
mutanosiblikni taʼminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga 
qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; 
Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy 
moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta oʻylangan tashqi qarzlar siyosatini 
amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali 
foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi eʼtirof etilgan. 
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” PF-4947-sonli Farmoni



Yüklə 64,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin