EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES Innovative Academy Research Support Center
UIF = 8.3 | SJIF = 5.916 www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 7, July 2023 ISSN 2181-2861
Page 13
tashkilotning barcha aktivlarini (nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari, debitorlar)
umumiy summasi tashkilot majburiyatlarining umumiy summasidan ortiq bo’lganligini, debet
qoldig’ining qolishi esa tashkilotning umumiy majburiyatlari summasi uning barcha aktivlari
(moliyaviy va nomoliyaviy aktivlari, debitorlar) umumiy summasidan ortib ketganligini
bildiradi
2
.
Moliyaviy natijalar hisoboti faoliyati choraklik, yillik tartibida hisoblanadi. Barcha
hisobotlar tartibi ochiq tizim orqali ifodalanadi. Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar
hisobining shakllanishi quyidagi tartibda bo’ladi:
1.1-Chizma
Budjetlarni tuzish, ijrosini amalga oshirish va nazorat qilish mablag’larni samarali va
maqsadli sarflanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababdan budjet ijrosi jarayonida
ishonchli axborotga extiyoj vujudga keladi. Bunda, buxgalteriya hisobi eng asosiy axborot
manbai bo’lib, uni tashkil etish iqtisodiy jihatdan muhim hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar
sharoitida budjet mablag’laridan oqilona va samarali foydalanish, budjet tashkilotlarini
moliyalashtirishni samarali tashkil etish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Budjet
tashkilotlari budjet mablag’larining asosiy iste’molchisi hisoblanib, Davlat budjeti xarajatlarini
tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida budjetdan moliyalashtiriladi. Shuningdek, budjet
tashkiloti qonunchilikka muvofiq budjetdan tashqari mablag’lar yuzasidan tashkil bo’lish
manbalari va foydalanish yo’nalishlari ko’rsatilgan holda budjetdan tashqari mablag’lar
bo’yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi
2
BUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINI TASHKIL ETISHNING XUSUSIYATLARI Tabayev Azamat
Zaripbayevich1 dotsent