Byudjet hisobi” fanining mazmuni, predmeti va usullari



Yüklə 0,63 Mb.
tarix16.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#181238
ALIMOV

BYUDJET HISOBI” FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA USULLARI


REJA:
1.Budjet hisobining predmeti va usullari
2. Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari.
3.Budjet hisobi sub’ektlarivaob’yektlarining iqtisodiy mazmuni.
4.Budjet hisobini horijiy mamlakatlarda yuritish amaliyoti.
Davlat budjeti - Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika budjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o’z ichiga oladi. Budjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar budjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Budjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar budjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi.
Budjet hisobining uslubiy asoslarini budjet ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi
1.Budjet hisobini bevosita va bilvosita tashkil etishini tartibga soluvchi qonunlar va qonuniy xujjatlar (O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari)
2.Budjet hisobini tashkil etishini bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi me’yoriy xujjatlar (yo’riqnomalar, nizomlar)
3.Budjet xisobini alohida ob’ektlari hisobini yuritish mexanizmi, hususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatlar (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalari, tavsiyalari)
4.Budjet hisobini tashkiliy, texnik va uslubiy jihatlarini mujassamlashtirgan ishchi xujjatlar
3.O’zbekiston Respublikasida Budjet hisobini tashkil etish va yuritish
Mamlakatimiz budjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida budjet hisobini tashkil etish va yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohirgi yillarda budjet hisobini tashkil etishga oid bir necha me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda budjet hisobini yuritilishini uch yunalishga ajratish mumkin, ya’ni (4-chizma):
Byudjet HISOBI
  • Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar ijrosining hisobi

1
2
Davlat maqsadli jamg’armalari shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar byudjeti ijrosininghisobi
3
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi
ijrosining hisobi
2. Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari
Budjet hisobining vazifalari:
  • Budjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
  • Budjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish;
  • Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;
  • Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
  • Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
  • Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.

Budjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat:
  • Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi;
  • Budjet ijrosini nazorat qilinishi;
  • Harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi;
  • Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va yuritilishi;
  • Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi;
  • Budjet tashkilotlarida soha hususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil etilishi va boshqalar.

  • Budjet hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni tasdiqlangan budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-budjet intizomiga rioya qilish va boshqalar.
    Yuqoridagi vazifalarni umumlashtirib budjet hisobi funktsiyasini quyidagicha aks ettirish

Budjet hisobining funksiyasi
Nazorat
Axborot
Etiboringiz uchun raxmat
Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin