Menejment funksiyalarining amalyotga tadbig‘i va samarasi
REJA:
1. Menejment jarayoni mazmuni;
2. Boshqarish maqsadlari;
3. Menejment funksiyasi klassifikatsiyasi va tushunchasi;
4. Bozorning menejment funksiyasiga ta’siri.
5.Menejment funksiyalarining iqtisodiyotda tutgan orni.
6.Xulosa.
1. Menejment jarayoni mazmuni Menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash mumkin. Boshqaruv jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy.
- Texnikaviy jihatdan bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib olishni boshqarish;
- ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni bo‘linma, sex, korxonalar o‘zaro ta’sirini boshqarish;
- iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish;
- ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir.
Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.
SHunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maqsadli harakat qilishidir.
Boshqaruv jarayoni bosqich va davrlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagicha aks ettirish mumkin: