Reja: Menejment jarayoni mazmuni


Bozorning menejment funksiyasiga ta’siri



Yüklə 27,37 Kb.
səhifə5/6
tarix05.05.2023
ölçüsü27,37 Kb.
#108129
1   2   3   4   5   6
Menejment funksiyalarining amalyotga tadbig

4. Bozorning menejment funksiyasiga ta’siri
Bozor muhitining tez o‘zgarishi korxonaga doim "tashvish" keltirib turadi. Aholi daromadi, xarid qilish qobiliyati, mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab, demografik sharoit tee-tez o‘zgarib turadi.
Masalan, aholi turmush darajasining o‘sishi diltortar tovarlarga ehtiyojni oshiradi. SHunday tovarlarga talabni qondirgan korxona katta foyda oladi. Bozor munosabatlarining o‘zgarishi ishlab chiqarish va boshqarishning o‘zgarishini talab etadi. Menejment funksiyasini o‘zgartirishga ehtiyoj tug‘iladi. YAna quyidagilar qayta ko‘riladi:
rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, rag‘batlantirish, hisobga olish, nazorat qilish va boshqalar.
Bozor munosabatlariga o‘gish, barcha Nizom, yo‘riqnomalar qonunga zid me’yoriy huquqiy hujjatlarni qayta qurishni talab etadi. Boshqarish, lizing, moliya va kredit, narx belgilash va rejalashtirishda yangi nizomlar qabul qilinadi. Quyi va yuqori tashkilotlar o‘rtasida oshkoralik kengayadi, boshqaruv organlari funksiyasi o‘zgaradi.
Mehnatning pirovard natijasiga qarab xodimlarni rag‘batlantirish ko‘ndalang turadi. Bunda moddiy rag‘batlantirish bilan birga xodimlarni ma’naviy rag‘batlantirish usuli qo‘llaniladiki, aksariyat hollarda u katta samara beradi.
SHunday qilib menejment funksiyasi hech qachon so‘nmaydi, u doim aniq milliy holatlarni hisobga olgan holda, hamda inson ruhiyatidagi o‘zgarish jarayonlariga qarab takomillashaveradi.
Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirishni loyihalashtirishning barcha bosqishlarida iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon hisoblanadi. Ishlab chiqarish boshqaruvini takomillashtirishning loyihalashtirish oldi bosqichida, takomillashtirish nimadan iborat bo’ladi boshqaruvning yangi tizimi yuqori darajada samaradormi degan savollar tug’iladi. Loyihalashtirish bosqichida investitsiya hajmidan, xarajatlar guruhidan kelib chiqib yuqori iqtisodiy samaradorlikni iniq usullarini hisoblab chiqiladi. Boshqaruvni takomillashtirishda aniq tadbirlar ishlab chiqilgandan so’ng qo’llanilgandan keyin haqiqiy erishilgan tejamkorlik o’lchovi aniqlanishi zarur.
Boshqarish samaradorligi o‘z tabiati bilan murakkab jarayon. Uni faqat bitta yoki ikkita ko‘rsatkich bilan ifodalab bo‘lmaydi. Buning uchun ko‘rsatkichlar tizimi zarur. Bu tizimni ikkita yirik guruhga bo‘lish mumkin:
Boshqarish tizimi faoliyatini tavsiflovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar, ya’ni:
-boshqaruvdagi jonli mehnatning tejalishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqaruv uchun sarflangan moliyaviy resurslarning tejalishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqarish uchun sarflanadigan vaqtni tejalishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Boshqaruvning ijtimoiy samaradorligini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlari, ya’ni:
-boshqarishning ilmiy-texnik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqaruv apparati xodimlarining malakasi darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
-qabul qilingan qarorlar samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqaruv jarayonidagi axborotlarning ishonchliligi va to‘liqligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqarish madaniyatini tasiflovchi ko‘rsatkichlar;
-kommunikatsiyaning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqaruv apparatidagi mehnat sharoitini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va hk.
Boshqaruv samaradorligiga baho berish uchun juda ko‘p turli-tuman miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi. Har bir ko‘rsatkichni quyidagi tarzda taqsimlash kerak:
-biror davr haqiqiy ko‘rsatkichlarini rejadagi, normativdagi ko‘rsatkichlar bilan;
-joriy davr haqiqiy ko‘rsatkichlarini o‘tgan davrlar ko‘rsatkichlari bilan;
-bir korxona haqiqiy ko‘rsatkichlarini boshqa korxona haqiqiy ko‘rsatkichlari bilan.
SHundagina iqtisodiy tahlil ham makon, ham zamon nuqtai nazardan amalga oshirilgan bo‘ladi.
Unumdorlik ko'rsatkichi bo'yicha menejment - bu samarali boshqaruv deganidir. Barqaror yuqori unumdorlikni ta’minlash barcha menejment vazifalari va biriktiruvchi jarayon - kommunikatsiya, qaror qabul qilish va peshqadamlikni ta’minlashga taalluqlidir.
Korxonaga o'zaro bir-biriga bog'liq unsurlardan iborat tizim nuqtai nazaridan qarash zarur. Tashkilot unsurlari hamda tashkilotning tashqi muhit bilan bir-biriga juda bog'liqligi tufayli muammolar oson va tez hal etiladi. Boshqa tashkiliy muammolar kabi kelajak-da unumdorlikni oshirish muammosi ham majmuiy yondashuvni talab qiladi. Unumdorlikka ham tashqi muhitning, ham tizim o'zgarish jarayonining turli omillari tasir etadi. Bu omillar bir-biriga ta’sir etishi sababli, unumdorlikni oshirishning o'zgarmas (yagona) yo'li mavjud bo'lmaydi. Unum dorlikni oshirishga qaratilgan ko'plab urinishlar korxonalar rahbarlari o'z harakatlari natijasini ko'ra bilmaganliklari sababli muvaffaqiyasizlikka uchray-di. O ’z korxonasi unumdorligiga baho berishda eng ko'p yo'l qo'yiladigan xato sifatga e’tibor bermay faqat ishlab chiqarish haj-mi ko'rsatmalarini hisobga olishdir.
So'nggi yillarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan korxonalar tajribasi sifat xarajatlar majmuining muhim unsuri ekanligini namoyon qilmoqda. Yuqori sifat sotish mumkin bo'lgan mahsulot hajmining ortishi, xaridorlar tomonidan qaytariladigan mahsulot miqdori va kafolatli ta’mirlash hajmining qisqarishi hisobiga xarajatlar kamayishi-ga olib keladi. Natijada kompaniya o'z raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini kengaytirishga sarflash uchun qo'yimcha mablag'ga ega bo'ladi. Yuqori sifat sotuv hajmini oshiradi, ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirishga, foydani ko'pavtirishga imkon yaratadi.
Atrof-muhit ifloslanishi darajasini kamaytirish, ish joyi sanitariya xolatini yaxshilash va korxona ishchilari sog'lig'ini himoya qilish uchun korxonalar qimmat uskunalar (masalan, tutun tutgichlar) sotib olishlari kerak, bu esa xarajatlar ko'payishiga olib keladi. Istiqbolda atrof-muhitni yaxshilash va mehnatni muhofoza qilish ish vaqtini taqsimlashga va natijada mehnat unumdorligi ortishiga olib keladi.

Xulosa.
Boshqaruvni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog'lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki - tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o'rganish lozim.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov o'zining «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» asarida: «Kuchli ijti­ moiy siyosat, avvalo, sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag'bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo'l tanlash va faoliyat ko'rsatish erkinligiga bo'lgan kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir», - deb ta’kidlagan edi.
Boshqaruvning mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog'liq holda o'zgaradi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy alo-qalarning murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo'lgan sharoitda tovar ish­ lab chiqaruvchilar o'rtasida raqobat vujudga kelib, u ishlab chiqarish­ ni boshqarish, foydani ko'paytirishga yo'naltiriladi.
Hozirgi kun talabiga asosan oliy o'quv yurtlarida menejment nazariyasini o'qitish katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, menejer kadrlarni tayyorlashda bu fanni o'zlashtirish muhimdir.
Menejment nazariyasi fani bo'yicha ma’ruzalarda o'qituvchi talabalarga masalaning mazmuni, mohiyatini tushuntirishi ularning keyingi mustaqil ta’lim olishi uchun asos yaratadi. M a’ruzani yax-shi tinglanish siri shundan iborat-ki, talabalarni ma’ruza boshida qanchalik tushunarsiz va qiyin bo'lishiga qaramasdan, diqqat bilan eshitishga majburlashdan iborat. Diqqat shunday natija beradi-ki, tushunarsiz narsalar, sekin-asta tushunarli bo'lib boradi.


Yüklə 27,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin