Reja: Menejment jarayoni mazmuni



Yüklə 27,37 Kb.
səhifə3/6
tarix05.05.2023
ölçüsü27,37 Kb.
#108129
1   2   3   4   5   6
Menejment funksiyalarining amalyotga tadbig

2. Boshqarish maqsadlari
Hamma boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Bu boshqaruv apparatining mehnat jarayonidir. Umumiy holda menejmentni quyidagicha tavsiflash mumkin: texnologiya nuqtan-nazaridan (qanday bajariladi), tashkillashtirish (kim tomonidan va qanday tartibda) va mazmunan (aniq nima qilinadi).
Menejment iqtisodiy nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, hamma iqtisodiy muammolarni boshqarish tizimsi, insonlarni boshqarish. Menejment ijtimoiy nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, mehnat jamoalari ijtimoiy talablarini qondirish, insonni tarbiyalash. Menejment jarayoni texnologiyasi esa boshqaruv apparati xodimlarining bajarayotgan amaliy ishlaridir.
SHunday qilib, menejment jarayoni qo‘yilgan masalaga erishish uchun boshqaruv apparati rahbari va odamlarning kelishilgan holda hamohang faoliyat ko‘rsatishidir.
Muammolar bosqichida tizimni joriy holatidagi asosiy qarama-qarshiliklar, tizim ishini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. Echim bosqichi rahbarning amaliy ishlarga o‘tish faoliyatidir. Qaror qabul qilinishi bilanoq boshqariluvchi tizimlarga aniq ta’sir ko‘rsatiladi, alohida oddiy boshqaruvga oid harakatlar bajariladi.
Menejment jarayoni uslubi quyidagilar: axborot-analitik va tashkiliy ishlar.
Axborot-analitik ishlar quyidagilardan iborat: axborotlar yig‘ish, tahlil etish, axborotni qayta ishlash va uzatish, boshqaruv qarorlari variantlarini ishlab chiqish, boshqaruv qarorlari variantlariga doir axborotlarni saqlash va boshqalar.
Tashkiliy ishlar quyidagilardan iborat: tushintirish, ishontirish, rag‘batlantirish, topshiriqlarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish, ta’sir etish va boshqalar.
Insonlarni boshqarish nafaqat qarorlar qabul qilish bilan, balki uni bajarilishni nazorat qilishni ham taqozo etadi. Afsuski, ko‘p holatlarda hayotimizda menejment jarayoni bajarilishi har taraflama tashkil etilmaydi, uni tashkiliy, mazmunan, texnik tomonlari o‘zaro bog‘lanmaydi.
Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining ajralmas qismidir, uning samaradorligini korxonaning oxirgi natijalari bo’yicha xulosada aniqlash mumkin.
Samaradorlik keng mazmunga ega bo’lib, bunda qo’yilgan maqsadlarga erishish natajalari bilan ishlab chiqarish xarajatlarini solishtirishdan iboratdir. Lotin tilida “samara” – harakatlik, ishlab chiqaruvchilar zaruriy natijani beruvchi ma’nolarini anglatadi. U inson faoliyatining barcha sohalarida: fanda, texnikada, siyosatda va mafkurada foydalaniladi. “Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi” tushunchasida “ ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasini aniqlab olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligining oxirgi natijani foydalanilgan xajmi yoki harajat resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) va harajatlar o’rtasidagi farq) munosabati deb tushuniladi. Bu tushuncha ishlab chiqarishni rivojlanish jarayoni harakatiga baho beradi va uning sifat o’zgarishlarini yoritadi.
Boshqaruv samaradorligining shunday ko’p qirraliligi, uni ifodalash uchun ko’p shaklli tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida hohlagan darajadagi boshqaruv tizimi asosiga kirgan samaradorlikning muhim tushunchalari keltirildi:
- boshqaruv xodimlari mehneti samaradorligi;
- boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida bo’limlari va tarmoqlari samaradorligi;
- boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalgam oshirish);
- boshqaruv tizimlarining samaradorligi (boshqaruv tabaqasi, ishlab chiqarish boshqarishda mehnatchilarning ishtiroklarini hisobga olgan holda);
- boshqaruv mehanizmining samaradorligi(uslublar, dastaklar, rag’batlar va rejali boshqaruv shakllari).

Yüklə 27,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin