International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https
:
econferencezone.org Oct. 26
th
2022
12
QISHLOQ XO‘JALIGIDA MENEJMENT JARAYONINING MAZMUNI
Sulaymon Xoliqov O'tkir o'g'li
Toshkent moliya institute Menejment
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada qishloq xo`jaligida menejment jarayoni va uning mazmuni, menejment
jarayonining bosqichlari va davrlari haqida so`z yuritiladi
KALIT SO`ZLAR:
tarqatish
va qayta ishlash, operatsiyalar yig'indisi, ishontirish va
tushuntirish, harakatlar variantlari
KIRISH
Qishloq xo'jaligida menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz faoliyatini o'zida aks
etdiradi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman, menejment jarayonini
texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtayi
nazaridan tavsiflash mumkin. Qishloq xo'jaligida menejment jarayonini to'rt qismga ajratish
mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. Texnikaviy jihatdan bu mahsulot
yetishtirishni
boshqarish, ishlab chiqarishda — bu ishlab chiqarishni tashkil etish, ya’ni
bo'linma, korxonalar o‘zaro ta’sirini boshqarish, iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi
va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish, ijtimoiy jihatdan — bu mehnat
jamoasi ijtimoiy
ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir. Menejment jarayonining
texnologiyasi xodimlar tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.
ASOSIY QISM
Qishloq xo‘jaligida menejment jarayonini bir necha davrga bo‘lish mumkin. Jumladan,
maqsad qo‘yish, axborot faoliyati,
tahliliy faoliyat, boshqaruv tizimida tashkiliy amaliy
faoliyat va harakatlar variantlarini tanlash. Qishloq xo'jaligida menejment jarayonining
bosqich va davrlari o'rtasidagi bog‘liqlikni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin.
Menejment jarayoni bosqichlari va davrlari
m
MAQSAD
VAZIYAT
MUAMMO
QAROR
Maqsad
Qo`yish
Axborot
Faoliyati
Tahliliy
faoliyat
Harakat
variantlari
ni tanlash
Tashkiliy
amaliy
faoliyat
International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https
:
econferencezone.org Oct. 26
th
2022
13
Boshqaruv operatsiyalari — rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo‘lib, ular
tartibi va birikishi natijasida menejment jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahliliy faoliyat
uchun korxonaning yillik
va oylik hisobotlarini olish, ular asosida tadbirlar ishlab chiqish
hamda ularni menejment jarayoniga tatbiq qilish lozim. Menejment jarayonini amalga oshirish
vositalariga, avvalo, axborotni kiritish lozim. Boshqaruv operatsiyalarining katta qismi
axborot bilan ishlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati ishida keng qo‘llaniladigan texnika
vositalari ham shular jumlasiga kiradi. Bular axborot olish va
qayta ishlash vositalari va
an’anaviy tashkiliy texnika vositalaridir. Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari
axborot-tahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyati axborot yig‘ish, saqlash,
tarqatish va qayta ishlash, tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlab chiqishdan iborat; tashkiliy
faoliyatga-tushuntirish, ishontirish, rag'batlantirish va vazifalami taqsimlash usullari,
faoliyatni nazorat qilish va hisob-kitoblar kiradi. Korxonada
menejer uchun tashkil etish,
qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar
yig'indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.
Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo‘yilgan maqsadlarga
erishish uchun birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha maqsadli harakat qilishidir.
Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko‘ra, uni bir necha bosqichga bo'lish mumkin.
Bular: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilishdan iboratdir. Har bir ta’sir etishni amalga
oshirishdan awal uning
maqsadi aniqlanishi lozim, chunki boshqaruv ma’lum maqsadga
erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning keyingi bosqichi menejment jarayonidagi
vaziyatni tahlil etishdan iborat. U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo'llarini izlash
yoki undagi salbiy xislatlarni bartaraf qihsh bilan bog'liq ishlarni tavsiflaydi.
XULOSA
Muammo bosqichida tizimning hozirgi holati, uni rivojlantirish
maqsadiga nisbatan uning
qarama-qarshiliklarini aniqlash ko‘zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda
tashkiliy faoliyatiga o'tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga ta’sir
o‘tkaziladi.
ADABIYOTLAR
1.Qosimov М, Abdusamatov X, lslomov A., Xudoybcrganov N. «O'zbekistonda fermer
xo'jaligini yuritish asoslari. Qo'llanma. «Voris-nashriyot.
2.«Fermerlik faoliyatining huquqiy va moliyaviy asoslari». «Universitet», 2005. .
3.Husanov R.X. va boshqalar. «Qishloq xo'jaligida sends xizmati muqobil mashina-traktor
parldarini rivojlantirish muammolari».- Т.: «Yangi asr avlodi».