EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES Innovative Academy Research Support Center
UIF = 8.3 | SJIF = 5.916 www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 7, July 2023 ISSN 2181-2861
Page 11
Albatta, bunday ustuvor vazifalardan davlat byudjeti daromadlar va xarajatlari, davlat
byudjet ijrosi kassa ijrosini toʻgʻri shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan
biriga aylanmoqda. Bunday masalalarni ijobiy hal qilishda byudjet hisobini zamon talablari
asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda aksionerlar va bashqa foydalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan
moliyaviy hisobotlarda mamlakatdan mamlakatga oʻtib borayotgan, ayrim hollarda bir
mamlakatdagina foydalaniladigan buxgalteriya tamoyillari hamda qoidalari ishlatilmoqda.
Bunday holatlarda buxgalteriya hisobotlarida taqqoslanuvchanlik yetishmasligi mumkin.
Ushbu holatning noqulayligi shundaki, moliyaviy hisobotdan foydalanadigan investitsion
tahlilchilar va boshqa foydalanuvchilar hisobotni tahlil qilish jarayonida uning turli
standartlarga binoan tuzilganligi tufayli qoʻshimcha xarajatlar qilishiga toʻgʻri keladi. Ular
hisobotlar interpretatsiyasida chalkashliklarga duch kelishlari ham mumkin.
Ushbu jarayon bilan bogʻliq holda kapitalning jahon bozorida samarali raqobat
yomonlashishi, kompaniyalar esa, kapitalni saqlash boʻyicha yuqori sarf-xarajatlarni oʻz
zimmalariga olishlariga toʻgʻri keladi. Eng asosiysi, turli mamlakatlar uchun turlicha foyda
miqdori koʻrsatilishi oqibatida buxgalteriya hisobotlariga ishonch yoʻqoladi. Hisobotlarning
xalqaro miqyosdagi turli tumanligi quyidagilarga olib keladi:
Moliyaviy hisobotlarni tuzishga ketadigan xarajatlarning moʻljaldan yuqori darajada
boʻlishi – chunki transnatsional kompaniyalar oʻz faoliyatlari haqida turli mamlakatlar uchun
turlicha hisobotlar tuzishga majbur boʻladilar;
Tijorat kompaniyalari turli mamlakatlardagi faoliyatlari moliyaviy natijalarini baholash
uchun yagona tizimga ega boʻlish ehtiyoji tugʻiladi.
Kompaniyalar, bundan tashqari, ularning tashqi hisobotlari faoliyatni baholashning ichki
baholashlariga mos tushishlarini ham xohlaydilar. Bu ikki maqsadga erishish esa, turli
mamlakatlardagi hisobotlar turlicha boʻlgani holda juda mushkul hisoblanadi.
Shuningdek, byudjet tashkilotlarida ham buxgalteriya hisobi va hisobotlarni tuzishda
oʻziga xos xususiyatlar mavjud. Jumladan, moliyaviy natijalarni shakllantirish va ularni
buxgalteriya hisobida toʻgʻri aks ettirish bugungi kunda muhim vazifalardan hisoblanadi.
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar deganda - tashkilotning barcha daromadlari
(tushumlari, byudjet mablagʻlari boʻyicha gʻaznachilik orqali amalga oshirgan kassa
xarajatlari) va hisoblangan barcha haqiqiy xarajatlarining oʻzaro solishtirilishi (ayrilishi)
natijasida kelib chiqadigan aktivning sof qiymatidir.
Boshqacha qilib aytganda, byudjet tashkilotlarining moliyaviy natijasi bu tashkilotning
barcha aktivlari (nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari va debitorlari) dan uning
majburiyatlarini (kreditorlik qarzlarini) ayirmasi natijasida hosil boʻladigan aktivning sof
qiymati.
Byudjet tashkilotlarining daromadlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy natijani)
oshishiga sabab boʻluvchi tashkilot aktivlarini oshishi yoki uning majburiyatlarini
kamayishidir. Buni quyidagi holatlar boʻyicha asoslash mumkin, jumladan, byudjet
tashkilotlariga homiylik mablagʻlarini kelib tushishi natijasida uning aktivlari (moliyaviy
aktivlari) yaʼni, tashkilotning moliyaviy aktivlari (pul mablagʻlari) koʻpayadi. Ushbu holat
buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv bilan rasmiylashtiriladi: Dt 112- “Byudjet