Variant 45
Simbiogenezgipotezasiningmohiyati. T.I.: Endosimbioznazariyasi, organiodlarningkelibchiqishi, invaginasiya.
Sistematikadagerbalistikadavri. T.I.: Otto Brunfels, Ieronim Bok, Pyer Belon, Konrad Gessner, Sharl de L’Eklyuz
Evolyutsion-sistematikmetod, uningyutuqvakamchiliklari. T.I.: E.Mayr, J.G.Simpson, klassifikatsiyavafilogeniyao’zaromunosabatlari
Bo’g’imoyoqlilarningfilogenetikaloqalari. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarningasosiytaksonlari, Mandibulata, Xeliseralilar, Bo’g’imoyoqlilarningboshqatiplarbilanfilogenetikbog’lanishlari. Ektisozoalar.
Molekulyar-genetikusullarningustunligivakamchiliklari. T.I.: morfologikmezonkamchiligi, mujmalturlar, gen sistematikavauningimkoniyatlari.
1 Ж
2 Ж Gerbalistika. Yevropadagi uyg’onish davri sistematikada izlanishlarning kollektor dasturiga qaytish davri bo’ldi. Kollektorlarning asosiy qismi esa tabiblar bo’lib, ular dorivor o’simliklarni yig’ish, ularga ta’rif berish bilan mashg’ul bo’ldilar. Bu olimlarni gerbalistlar, davrni esa gerbalistika deb atashadi. Gerbalistlarga anik davrdagi Feofrast va Pliniyning ta’siri yuqori bo’lgan. Sxolastlardan farqli ravishda gerbalistlar g’oyalarni emas faktlarni o’rgana boshladilar. Antik davrdan keyin birinchi bo’lib gerbalistlar yangi o’simlik turlarini ta’riflay va nomlay boshlaydilar. Ta’riflashda Feofrast ananalariga asoslansalarda, o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha jihatlarni yoritadilar.
Gerbalistlardan biri Otto Brunfelsning “O’tlarning jonli rasmlari” kitobida barcha o’simliklar mukammal(gulli) va oddiy(gulsiz) turlarga bo’linadi. Asta sekin g’erbalizmda utilitar tizimdan (inson uchun ahamiyatiga ko’ra) tabiiy tizimga o’tish kuzatildi. Ieronim Bok birinchi bo’lib o’simliklarni ahamiyatiga ko’ra emas o’xshashligiga ko’ra tartibladi. U “tabiat shakliy o’xshashligiga ko’ra birlashtirgan o’simliklarni kitobimda men ham birlashtiridim” deydi.
Gerbalistika davrida oz bo’lsada, zoologik ishlarni ham kuzatish mumkin. masalan: Pyer Belon (1518-1564 yy)ning asarlaridan birida odam va qush skleti solishtirilib, ularda umumiy tuzilish plani borligi qayd etilgan. U umumiy planning turli ko’rinishlari muhitga bog’liq holda yuzaga kelishi haqida fikrlaydi va ekologik muhitlarga ko’ra hayvonlarni guruhlaydi. Masalan: ko’rshapalaklarni qushlarga, suvda uchraydigan yirik umurtqasizlar, vidra, timsohlarni esa baliqlarga oid deb qaraydi.
Konrad Gessnerning ishlarini alohida aytib o’tish lozim. U hayvonlar haqida 5 tomli (sutemizuvchilar, reptiliyalar, qushlar, baliqlar, ilonlar va hasharotlar) “Hayvonlar tarixi” kitobi yozadi. Bu kitoblarda o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan hayvonlarning ko’pchiligi ta’riflanib ba’zilarining suratlari keltirilgan. Uning botanik sistemasi anchagina mukammal bo’lgan. K.Gessner birinchi bo’lib, o’simliklarni gul, meva va urug’ tuzilishiga ko’ra guruhlarga ajratadi. U turni tariflash ketma-ketligini (nom, belgilar, hayot tarzi, inson uchun ahamiyati va mifologiya), alohida qismlarni chizishni va boshqa mualliflarga iqtibos berishni boshlab berdi.
Gerbalistlardan Sharl de L’Eklyuz (1526-1609 yy) botanik klassifikatsiyaga sinf kategoriyasini kiritadi. Aynan shu olim lola va kartoshka kabi o’simliklarni mahalliylashtirgan.
Gerbalistika davrida sistematikada qator o’zgarishlar kuzatildi. Aynan shu davrda hayvonlarni klassifikatsiyalashda porfiriy daraxti chizmasidan foydalanish boshlandi. Bunday chizmalar Gessner, B.Marant, T.Moffet ishlarida uchraydi. O’simlik va hayvonlarga ta’rif berish qayta boshlandi. Uning ma’lum qoidalari shakllandi. Ilmiy bibliografiya ananalari yuzaga keldi. Qisqa qilib aytganda gerbalistika davri ilmiy sistematikaga o’tish davri bo’ldi.
3 Ж Evolyutsion-sistematik metod – o’tagan asrning 50-yillarida taksonomiya nazariyasiga “yangi sistematika” yoki “evolyutsion sistematika” deb nomlangan maktab g’oyalari sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Bu maktab asoschilari: ornitolog E.Mayr va paleontolog J.G.Simpson, umurtqali hayvonlar xilma-xilligini o’rganish davomida, bu xilma-xillikni standart metodlar va universal prinsiplar yordamida tavsiflab bo’lmaydi degan fikrga keldilar. Tipologiya tarafdorlariga qarama-qarshi ravishda ular belgi universal ahamiyatga ega bo’lishi mumkin emas: bir guruh klassifikatsiyasida u muhim, boshqasida ahamiytasiz bo’ladi. Shunday belgilar qatoriga yirik taksonlar o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini misol qilish mumkin.
E.Mayr ushbu metodning populyatsion jihatlarini ishlab chiqgan. Uning fikriga ko’ra taksonomik tadqiqotlar tipik namunalarni o’rganish bilan emas, populyatsiyalarni o’zaro solishtirib o’rganish va populyatsiya ichidagi o’zgaruvchanlikni tahlil qilishi lozim.
J.G.Simpson evolyutsion sistematika ta’limotining paleontologik jihatlarini yoritib berdi. Uning fikricha ma’lum guruhlarning filogenezini aniqlash, biologik sistematikaning foydali bo’lsa ham, lekin asosiy maqsadi emas. Asosiy maqsad esa biologik nuqtai nazardan, organizmlarning o’zaro qanday aloqadorligini va guruhlanishini tushunishdir. Simpson klassifikatsiyalar maksimal darajada ko’p axborotni saqlashi kerak deb hisoblagan. Simpson bo’yicha klassifikatsiya va filogeniya o’zaro bog’liq, lekin alohida narsalardir.
Klassik evolyutsion sistematika biologik klassifikatsiyaga maksimal evolyutsion ma’lumotlarni kiritishga urinadi. Formal klassifikatsiya qarindosh organizmlar o’rtasidagi genealogiya va divergensiyani bir vaqtning o’zida aks ettirishga harakat qiladi. Bunda klassifikatsiya va filogeniyaning mosligiga erishish amalda ilojsiz bo’lib chiqdi.
Yuqoridagi tasavvurlar asosida taksonomik ma’lumotlarni tahlil qilishning o’ziga xos tizimi shakllandi. Bu Metodning yutuqlari: evolyutsion taksonomiya maktabi vakillari tomonidan olib borilgan fundamentalar tadqiqotlar organizmlarni o’rganishga ulkan hissa qo’shgan. Ular tipologik klassifikatsiyalarning shartli ekanligini ko’rsatdilar va har bir turni ko’p tomonlama o’rganishga kirishdilar. Yuksak darajada rivojlangan organizmlarning kichik taksonlarini o’rganishda evolyutsion taksonomiya hozirgacha eng maqbul usul hiosblanadi.
Metodning kamchiliklari: evolyutsion taksonomiya usulining ko’p mehnat talab qilishi uni faqat kichik taksonlarda qo’llash mumkinligiga sabab bo’ladi. Turdan katta taksonlarni o’rganishda uni qo’llash imkonsiz bo’lib qoladi chunki, uning asosiy me’zonlari: reproduktiv va populyatsion-ekologik me’zonlarini bu guruhlar uchun tadbiq etib bo’lmaydi.
4Ж 42-1 чиси
5 Ж 42-5 чиси
Dostları ilə paylaş: |