3 Turning morfologik konsepsiyasi. T.I.: Seversov, organizmlarning belgilari holatlari o’rtasidagi uzilishlar, xiatus . Ko’pincha morfologik konsepsiya deb ataladigan boshqa yo’nalishda “tur – bu ichida miqdoriy belgilarning o’zgarishi uzluksiz kechadigan guruh bo’lib, u boshqa guruhlardan xiatus ya’ni uzilish bilan ajralgan.” Seversov bo’yicha miqdoriy belgilar o’zgarishlaridagi uzilishlarning bo’lishi morfologik konsepsiyaning asosini tashkil etadi. Ikki organizm bir biridan qanchalik farq qilmasin ulardagi miqdoriy belgilarni ravon(bir tekis) o’zgaradigan formalar qatoriga solish imkoni bo’lganda ular bitta tur hisoblanadi. Aksincha, agar ikki organizmdagi miqdoriy belgi bir-biriga yaqin bo’lsa-yu, ularni uzluksiz qatorga joylab bo’lmasa, bu organizmlar xar xil turlarga mansub deb aytishga asos bo’ladi.
Shunday qilib morfologik konsepsiyada turning mezoni bo’lib, belgilarning taqsimlanishidagi chegaralarning diskretligi xizmat qiladi. Belgilarning o’zi esa turli tuman: morfologik, anatomik, sitologik, ekologik bo’lishi mumkin. ushbu diskretlikning sababi esa genetik nomutanosiblikdir. Morfologik konsepsiya biologik konsepsiyadan farqli o’laroq ko’pchilik turlar uchun tarqalish chegaralarining muntazamligi areal markazidan chekka qismiga genlar oqimining harakati natijasida emas, balki oldingi adaptiv ontogenez saqlanishi uchun ta’lab etiladigan genetik yangilanishlar chegarasidan chiqishlar natijasida ro’y beradi.
Sistematika tarixi. Uning asosiy davrlari. T.I.: Folk sistematika, protosistematika, sxolastika, gerbalistika, ilmiy sistematikaSistematika tarixiga ikki yo’nalishda qarash mumkin. Birinchidan unga yillar o’tishi bilan almashinadigan voqealar yig’indisi – solnoma ko’rishida, ikkinchidan turli g’oyalarning paydo bo’lishi, rivojlanishi, tanazzulga yuz tutishi va qayta jonlanishi ko’rinishida qarash mumkin. biz sistematika tarixini soddaroq g’oyalardan ilg’orroq g’oyalarga tomon ko’rib chiqamiz.