Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Bir hujayralilarning zamonafiy tasnifi. T.I.: Ruppert sistemasi, Xikmann sistemasi, V.Vestxayde va R.Riger sistemasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə72/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   196
HZTF javoblari.

Bir hujayralilarning zamonafiy tasnifi. T.I.: Ruppert sistemasi, Xikmann sistemasi, V.Vestxayde va R.Riger sistemasi.

Hozirgi kunda bir hujayrali hayvonlarning 70 mingdan ortiq turlari mavjud bo’lib, ular dengiz va okean suvlarida, xilma-xil chuchuk suv havzalarida hamda nam tuproqda keng tarqalgan. Erkin yashovchi bir hujayralilar dengiz suvining turli chuqurligida yashaydi, Ular qirg’oq (litoral) zonadan tortib, juda chuqur qatlamlarda (abissal zonada) ham bemalol yashay oladi. Bunday bir hujayralilarga nursimonlar, xivchinlilar va infuzoriyalarning ayrim vakillarini ko’rsatish mumkin. Ko’pchilik bir hujayralilar suv havzasining planktoni va bentosi ko’rinishida hayot kechiradi. Nihoyat bir hujayralilarning 7 mingga yaqin turlari parazitlik bilan hayot kechirishga moslashgan bo’lib, xilma-xil umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shuningdek odamlarda xavfli kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo’ladilar. Bir hujayralilar Ye.Ye.Ruppert va bosh. (2004) sistemasi bo’yicha quyidagi tiplardan iborat:
1. Euglenozoa -Evglenasimonlar

2. Chlorophyta –Yashil suvo’tlar

3. Choanoflegallata – Yoqachaxivchinlilar

4. Retortamonada –Retortamonadlar

5. Axostylata – Aksostillilar

6. Alveolata –Alveolalilar

6.1. Dinoflagellata- Qalqondor xivchinlilar

6.2. Ciliophora- Infuzoriyalar

6.3. Apicomplexa (Sporozoa) –Sporalilar

7. Caryoblasta

8. Heteroblasta

9. Amoebozoa

10. Foraminiferea

11. Actinopoda




  1. Bo’g’imoyoqlilarning filogenetik aloqalari. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarning asosiy taksonlari, Mandibulata, Xeliseralilar, Bo’g’imoyoqlilarning boshqa tiplar bilan filogenetik bog’lanishlari. Ektisozoalar.

Bo’g’imoyoqlilar, onixoforalar va targidradalar (imillab yuruvchilar) tuzilishi, rivojlanishi va nukleotidlar ketma-ketligida juda ko’p o’xshash belgilarga egaki, bu holat ularni bitta katta takson (katta tip) -Panarthropoda taksoniga birlashtirish imkonini berdi. Bu takson 3 ta tipni Arthropoda (bo’g’imoyoqlilar), Onychophora (onixoforalar) va Targidrada (imillab yuruvchilar) tiplarini o’z ichiga oladi. Panartrapodalarning tanasi sigmentlashgan, har bir sigmentida juft o’siqlarga ega, tananing tashqi tomoniga sekresiya qilingan ekzoskeletga ega va u vaqti-vaqti bilan almashib turadi (tullaydi).

Onixoforalar (tirnoqlilar) –ikki tomonlama simmetriyali, chuvalchangsimon quruqlik hayvonlaridir. Onixoforalar ikkita teng toifadagi taksonlarga ajratiladi (bu taksonlar oila sifatida qaraladi)-Peripatopsidae va Peripatidae. Onixoforalar monofiletik takson hisoblanadi va ularning hammasi uchun quyidagi xususiyatlar xos: boshining ikkinchi sigmentida mandibulalarning borligi, uchinchi sigmentida so’lak bezlarga ega og’iz papillalarining bo’lishi, nerv stvollarining keng joylashishi va ko’plab sigmentar komissuralar bilan tutashganligi, traxeya tutamlarining mavjudligi. 3-bosh sigmentida so’lak bezlarining bo’lishi (ehtimol bu bezlar nefridiylardan hosil bo’lgan) barcha panartropodalar uchun pleziomorfiy hisoblanadi. Onixoforalar quruqlik organizmlarining alohida evolyusion shoxchasi sifatida, aftidan, kembriy davrida yashagan panartrapodalarga mansub ajdodlardan shakllangan.




  1. Yüklə 0,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin