2) jinssiz ko’payish. Biologik konsepsiyada panmiksiya asosiy o’rinda ekan, jinssiz ko’payishning har qanday ko’rinishi mavjud turlarda bu konsepsiyani qo’llashda metodologik qiyinchilikni keltirib chiqaradi. Lekin ko’pincha jinssiz ko’payuvchi turlar orasida keskin morfologik farqlar bo’ladi.
3) tur hosil bo’lishining yakunlanmaganligi. Jinsiz alohidalangan tur o’zining klassik ko’rinishida bitta populyatsiyadan iborat bo’lib, lokal tarqalgan bo’ladi. Lekin ko’plab turlar keng tarqalgan bo’lib, arealning chekka qismlarida ma’lum populyatsiyalar alohida turlarni hosil qilish jarayonida bo’ladi. Bu esa ushbu turni bitta yoki ko’p tur sifatida aniqlashda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bu holatning o’zi ham bir nechta ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
3.1) Reproduktiv alohidalashnishning morfologik mustahkamlanmasligi. Ba’zan jinsiy alohidalanish morfologik farqlarning yuzaga kelish jarayonidan ilgarilab ketadi. Bu jarayonning natijasida o’zaro chatishmaydigan lekin morfologik farq qilmaydigan yoki kam farq qiladigan turlar hosil bo’ladi. Bunday turlarga qiyofadosh turlar deyiladi.
3.2) Reproduktiv alohidalanishsiz morfologik farqlar hosil bo’lishi. Boshqa bir hollarda morfologik jihatdan katta farq qiladigan populyatsiyalar o’zaro chatishadilar va bir necha bo’g’inda nasl beradilar. Bu morfologik farqlar kelib chiqishi bilan bog’liq jarayonlarning reproduktiv jarayonlarga ta’sir ko’rsata olmasligi bilan bog’liq bo’ladi. Ba’zan esa bir avlodning ikki turi o’rtasida chatishishning mavjud ekanligi ma’lum bo’ladi, bu ham ushbu turlar shakllanishining tugallanmaganini bildiradi.
3.3) Alohidalovchi mexanizmlarning nomuntazam buzilishlari (gibridizatsiya). Vaqti-vaqti bilan yaxshi shakllangan turlar o’rtasida ham o’zaro chatishi kuzatilishi mumkin. Ko’pincha buning natijasida avlod qolmaydi yoki hayotchanligi past, pushtsiz yoki kam pushtli avlodlar dunyoga keladi. Ba’zan esa ma’lum sharoitlar natijasida lokal faunada bunday gibridlar soni oshib ketadi. Lekin shuni hisobga olish lozimki, tur individlardan emas, populyatsiyaardan iborat.
3.3.1) Simpatrik gibridizatsiya. Ba’zan ikki alohida tur arealning anchagina qismida chegaradosh bo’ladi va shu hududlarda chatishib turadi. Lekin hozirgacha ikki turning aralashib bir turga aylangani haqida aniq ma’lumotlar to’planmagan.
3.3.2) Amfiplodiya. Anchagina o’simlik turkumlarida turlararo chatishish kuzatiladi. Bunda qandaydir yo’l bilan bu organizmda har ikkala ota-ona ajdodlar xromasomalarining to’liq to’plamlariga ega bo’ladilar. Natijada hosil bo’lgan avlodlar har ikkala ota-ona populyatsiya vakillari bilan raqobatlasha oladi. Biroq hozirgacha bunday turlar aniq misollarda aniqlanmagan. 3.4) Yarimturlar. Ba’zi hollarda geografik alohidalangan populyatsiyalar kenja turdanda sezilarli farqlarga ega bo’ladi. Lekin ular o’rtasida jinsiy alohidalanish kuzatilmaydi. Ko’p hollarda bunday turlar yarimturlar sifatida tahlil etiladi.
31-variant
Variant 31
Nervhalqalilar katta tipining sistemasi va filogeniyasi. T.I.: nerv halqasi, euteliya hodisasi, Sefalorinxalar, Introverta guruhi, Sikloneyrallarning filogenetik sistemasi.
Dostları ilə paylaş: |