Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə122/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   196
HZTF javoblari.

3-Ж Molekulyar sistematika usullarining paydo bo’lishi bilan hayvonot olami va uning yirik taksonlari o’rtasidagi qarindoshlik aloqalari haqidagi tasavvurlar tubdan o’zgardi. Bu borada turli-tuman tahliliy gipotezalar mavjud va ularning eng muhimlariga, ikki tomonlama simmetriyalilarning filogenezida revolyusion o’zgarishlarni yuzaga keltirgan nazariyalarga to’xtalib o’tamiz. Eng muhim voqyealar 1995 yilda Xalanich va hammuliflari ishlarining chop etilishidan boshlandi ((Halanych et al., 1995). Bu ishlarda 18S ribosomal DNK dagi nukleotidlar ketma-ketligi tahlil qilinib, lofoforalilarning (Lophophorata) «filogenetik daraxt» dagi o’rni aniqlandi. Ma’lum bo’ldiki lofoforalilar tipik birlamchi og’izlilar hisoblangan mollyuskalar va halqali chuvalchanglarga qarindosh guruh hisoblanadi. Olingan ma’lumotlar asosida hayvonot olamining yangi megataksoni-Lophotrochozoa ajratildi va bu taksonga lofoforalilar, mollyuskalar i halqali chuvalchanglar kiritildi Birlamchiog’izlilar sistemasida Lophotrochozoa va Ecdysozoa megataksonlarining o’rni borasida turli fikrlar mavjud. Ko’pchilik ishlarda Lophotrochozoa va Ecdysozoa megataksonlari opa-uka taksonlar sifatida talqin qilinadi (Aduotte et al.,1999, 2000; Zravý et al., 1998; Jondelius et al., 2002; Mallat, Winchell, 2002; Todaro et al., 2006; Paps et al., 2009, 2009a). Boshqa ishlarda Lophotrochozoa boshqa guruhlar, masalan qiljag’lilar bilan bir guruhga birlashtiriladi va shu sababli Ecdysozoa to’g’ridan-to’g’ri Lophotrochozoa ga emas, balki Lophotrochozoa larni va boshqa tiplarni birlashtirgan guruhga nisbatan opa-uka takson hisoblanadi (Garey, Schmidt- Rhaesa, 1998; Glenner et al., 2004; Dunn et al., 2008; Helkampf
et al., 2008; Nesnidal et al., 2010).   Yana bir fikr shundan iboratki, birlamchi og’izlilarning boshlang’ich guruhlari qanaqadir boshqa umurtqasizlar, masalan, qiljag’lilar (Halanych, 2004; Marletaz et al., 2006;
Philippe, Telford, 2006; Lartillot, Philippe, 2008)  yoki mshankalar bo’lishi mumkin. (Halanych et al., 1995; Giribet et al., 2000). 

1997 yildan hozirgacha Bilateria ning filogenetik daraxti deyarli o’zgarmadi. Lekin, uning uchta asosiy megataksonlari tarkibi va qarindoshlik aloqalari sezilarli o’zgarishlarga uchradi. Bu o’zgarishlar ayrim yirik guruhlarning joylashuvida ham (masalan, yassi chuvalchanglar va lofoforalilar), uncha katta bo’lmagan tiplarning o’rnida ham, megataksonlar ichidagi tiplarning qarindoshlik aloqalarida ham mavjud.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin