Ustunlik tamoyili – bunda bir turga berilgan ikki muqobil nomdan avvalroq qo’llanilgani ustun hisoblanadi va klassifikatsiyada undan foydalaniladi.
Nomenklatura tipi tamoyili – bunda nom berilayotgan tur aniqlangan namuna - etalon yoki tipik ekzemplyar (golotip) yoki ekzemplyarlar (paratip) ma’lum bir ilmiy muassasa, muzeyda saqlanishi lozim. Vaqti kelib biror olim bu turni ikkita turga ajratadigan bo’lsa, dastlabki nom golotip mansub bo’lgan guruhda qoldirilishi lozim. Golotipdan farq qiluvchi guruh esa yangi nom oladi.