Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə21/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   196
HZTF javoblari.

Maksam-Gilbert metodi. Didezoksi-metod bilan birgalikda Maksam-Gilbert metodi ham keng qo’llaniladi. Bu metod A. Maksam va V.Gilbert tomonidan 1976 yilda taklif qilingan. Bu usul yordamida DNK ning bitta yoki ikki zanjirini ham o’qish mumkin. O’rganilayotgan polinukleotid maxsus kimyoviy fragmentasiyaga uchratiladi. Boshlang’ich nuqtaga ega bo’lish uchun DNK fragmenti 32R atomi bilan 5’-uchi yoki 3’-uchidan nishonlanadi. Ko’pchilik hollarda,fragment 5’-uchidan A4 fagining polinukleotidkinaza fermenti yordamida nishonlanadi. Bu ferment reaksiyada radioaktiv fosfatni DNK tarkibiga o’tkazadi. Agar DNK ning ikkita zanjiri ham o’qilishi zarur bo’lsa, bunday reaksiya ikkinchi zanjir uchun ham amalga oshiriladi.

1984 yilda Maksam-Gilbertning nishonlangan fragmentlarni yaratish uslubi G.Volkayer tomonidan soddalashtirildi. Bir uchidan nishonlangan DNK fragmetlari porsiyalarga ajratiladi har birida kimyoviy modifikasiya o’tkaziladi. Modifikasiya qilishda har bir DNK fragmentiga modifikasiya qilingan bir xil nukleotid to’g’ri kelishi kerak. A. Maksam va V.Gilbert purin asoslarini dimetilsulfat bilan modifikasiyalashni taklif etishdi. Bu metodda ham nukleotidlar ketma-ketligining o’qilishi gelni radiografiyasi orqali amlga oshiriladi. Maksam-Gilbert metodi yordamida, bir siklda, odatda, 250-300 nukleotiddan iborat ketma-ketlik o’qiladi.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin