Sxolastik sistematika davrida shakllangan g’oyaviy yo’nalishlar. T.I.: Nominalizm, binominalizm, realizm, konseptualizm Sxolastik maktabning shakllanishi Porfiriy nomi bilan bog’liq. Uning nomiga ataladigan hayot daraxti, bu davr qarashlarini o’zida aks ettiradi.
Bundan tashqari aynan Porfiriy tomonidan sxolastik sistematikaning asosiy savollari tuzilgan:
Tur va avlodlar haqiqatdan mavjudmi?
Agarda mavjud bo’lsa, ular moddiymi yoki moddiy emasmi?
Agar ular moddiy bo’lsa faqat narsalardami yoki narsalardan tashqari ham mavjudmi?
Ushbu uch savolga javobni uch g’oyaviy yo’nalishda javob berish mumkin.