Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Sistematikaning rivojlanishi. Tirik organizmlar sistemasining evolyusiyasi. T.I.: Arastu, K.Linney, J.B.Lamark, Byuchli, Dogel, Hikman, Ruppert



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə40/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   196
HZTF javoblari.

3 Sistematikaning rivojlanishi. Tirik organizmlar sistemasining evolyusiyasi. T.I.: Arastu, K.Linney, J.B.Lamark, Byuchli, Dogel, Hikman, Ruppert K.Linney (1707-1778 yy) ish boshlagan paytda 70000 ga yaqin turlar m’lum bo’lib, ularning soni tez oshib borayotgan edi. U dastlab Skandinaviya keyin esa dunyoning boshqa qismlaridan ko’plab turlarga ta’rif berdi. 1735-yilda Linney o’zining klassifikatsiyasini “Tabiat sistemasi” asarida e’lon qildi. Aynan Linney ilmiy biologik sistematikaning asoschisi hisoblanadi.

Linney o’z sistemasida tur taksonomik birligidan tashqari yana avlod, turkum va sinf kabi birliklardan ham foydalandi. Uning hayvonlar bo’yicha tuzgan klassifikasiyasida bir-biriga yaqin bo’lgan turlar avlodga, avlodlar turkumga, turkumlar sinfga birlashtiriladi. Sinf eng yuqori taksonomik birlikdir. K. Linney o’ziga ma’lum bo’lgan barcha umurtqasiz va umurtqali hayvonlarni 6 ta sinfga ajratadi. Shundan 4 tasi (sut emizuvchilar, qushlar, gazandalar, baliqlar) umurtqalilardan iborat bo’lsa, 2 tasigina (hasharotlar, chuvalchanglar) umurtqasizlarni o’z ichiga oladi.

Linney sistemasida qo’llangan belgilar quyidagilar edi. Sutemizuvchilar uchun - to’rt kamerali yurak, issiq va qizil qon, tirik tug’ish va bolani sut bilan boqish; qushlar uchun – tananing pat bilan qoplanganligi va tuxum qo’yish. “Gazandalar” sinfi (reptiliya va amfibiyalar) sovuqqonlik va jabra bilan (amfibiyalarning lichinkalari uchun) nafas olish, hasharotlar – “oq qon”ning, kamerasiz yurakning va bo’g’imlarga bo’lingan oyoqlarning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Chuvalchanglar sinfi esa hasharotlardan bo’g’imlarga bo’linganoyoqlarining bo’lmasligi bilan farqlanar edi. Linney qisqichbaqasimonlar, ko’poyoqlilar va o’rgimchaksimonlarni ham hasharotlar sinfiga kiritadi. Qolgan barcha umurtqasizlar chuvalchanglar sinfiga mansub deb hisoblaydi.

K. Linney asarining birinchi nashrida 4200 tur hayvonlar haqida, ikkinchi nashrida esa (1758 y) 20000 dan ortiq hayvon turlari haqida ilmiy ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Umuman “Systema naturae” (Tabiat sistemasi) 13 marta qayta nashr etilgan bo’lib, hozirgi zamon sistematiklari 10 nashrda e’lon qilingan ilmiy nomlarni tan oladi. Bu nashrda e’lon qilingan nomlar klassik “Linney turlari” hisoblanadi va ular ko’plab sistematik kategoriyalar uchun tipik namunalar hisoblanadi.

K. Linneyning xizmatlaridan yana biri shu bo’ldiki, u hayvonlarni lotin tilida nomlashda binar nomenklatura prinsipini joriy qildi, ya’ni har bir hayvon (shuningdek o’simlikning ham) turini qo’shaloq nom bilan atashni tavsiya etdi. XVIII asr fransuz tabiatshunosi J.B.Lamark (1744-1829) dixotomik prinsipga asoslangan Fransiya o’simliklarining aniqlagichini yaratadi. Lekin uning asosiy ishlari zoologiya sohasida bo’lgan. Olim birinchi bo’lib umurtqasiz va umurtqalilarni ajratdi, hayvonlarning yangi klassifikatsiyasini taklif etdi va o’ziga xos evolyutsion ta’limotni taklif etdi. Lamark hayvonlarni 14 ta sinfga ajratdi. Linney taklif etgan chuv alchanglar sinfini u uchga: yassi, to’garak va halqalilarga ajratdi. Infuzoriyalar va nurlilar sinflarini taklif etib, keyingi sinfga meduzalar, dengiz yulduzlari va dengiz shami (Noctiluca scintillans qalqondor xivchinlilarga mansub bir hujayrali) ni ham kiritgan.

Fransuz olimlaridan Jorj Kyuvye (1769-1832) qiyosiy anatomiya, paleantologiya fanlaridan tashqari sistematikaning rivojiga ham katta hissa qo’shgan. U Linney sinflari tuzilishidagi umumiy xususiyatlarni aniqlab ularni 4 ta tuzilish tiplariga birlashtirdi. Bular umurtqalilar, bo’g’imoyoqlilar, yumshoqtanlilar va nurlilar. Bu tiplar keyinchalik sistematik kategoriya sifatida qo’llana boshladi.

Bir hujayralilar Ye.Ye.Ruppert va bosh. (2004) sistemasi bo’yicha quyidagi tiplardan iborat:
1. Euglenozoa -Evglenasimonlar

2. Chlorophyta –Yashil suvo’tlar

3. Choanoflegallata – Yoqachaxivchinlilar

4. Retortamonada –Retortamonadlar

5. Axostylata – Aksostillilar

6. Alveolata –Alveolalilar

6.1. Dinoflagellata- Qalqondor xivchinlilar

6.2. Ciliophora- Infuzoriyalar

6.3. Apicomplexa (Sporozoa) –Sporalilar

7. Caryoblasta

8. Heteroblasta

9. Amoebozoa

10. Foraminiferea

11. Actinopoda


S.P.Xikman va bosh. (C.P.Hickman, L.S.Roberts, S.L.Keen, A.Larson, H.Ianson, D.J. Eisenhour. Integrated priciples of Zoology, 2008) tasnifiga ko’ra sodda hayvonlar quyidagi klassifikasiyaga ega:


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin