ПС funksiyasi. Bu funksiya omonat summasi (qarz, ssuda) va fiksirlangan
davriy to`lovlarni hisobga olgan xolda joriy bahosini aniqlash uchun mo`ljallangan.
Ushbu hisob ishlari BS funksiyasi yordamida kelajakdagi bahoni aniqlash amaliga
teskari hisoblanadi. Funksiya umumiy xolda quyidagicha ko`rinishda yoziladi:
ПС(stavka; kdavr; ПЛТ; bs; tip)
Stavka — davr uchun protsent stavkasi. Masalan, agar avtomobil uchun
yillik 10% bilan ssuda olingan va to`lovlar xar oyda amalga oshirilsa, u xolda
xar oyga protsent stavkasi bir oyga 10%/12 yoki 0,83% ni tashkil qiladi. SHuninn
uchun argument sifatida formulaga yoki 10%/12 yoki 0,83% yoki 0,0083 ni kiritish
lozim.
Kdavr — annuitet bo`yicha davrlarning umumiy soni. Masalan, agar ssuda 4
yilga olingan va xar oyda to`lovlar amalga oshirilayotgan bo`lsa, u xolda Kdavr 4*12
(yoki 48) ta teng bo`ladi.
ПЛТ — butun muddat davomida o`zgarmaydigan va xar bir davrda amalga
oshiriladigan to`lov summasi. Odatda bu to`lovlar asosiy va protsentlar bo`yicha
to`lovlarni o`z ichiga oladi xamda boshqa turdagi to`lovlarni xam inkor qilmasligi
mumkin. Masalan, to`rt yillik sstsda yuzasidan oylik to`lovlar 10000 so`m, yillik 12%
esa 263,33 so`mni tashkil qilsin. Formulaga argument sifatida -263,33 so`m kiritiladi.
.
Bs — kelajakdagi bahoning talab qilingan qiymati yoki oxirgi to`lovdan keyin
qolgan qarz miqdorini anglatadi. Agar argument tushirib qoldirilgan bo`lsa, u 0 ga teng,
Masalan, agar maxsus loyixani 18 yil davomida to`lash uchun 50000 so`m jamg’arish
talab qilingan bo`lsa, ana shuning o`zi kelajakdagi baho hisoblanadi. Protsent stavkasi
saqlanadigan bo`lsa, xar oyda qanchadan mablag’ni jamg’arib borish kerakligini
aniqlash mumkin.
Tip — 0 yoki 1 bo`lib, to`lovni qachon amalga oshirish lozimligini ko`rsatadi.
Mazkur funksiya quyidaogi xollarda foydali bo`lishi mumkin:
1.
Aytaylik, omonatning kelajakdagi (orttirilgan) bahosi ma`lum bo`lsin. Ushbu