Academic Research, Uzbekistan 1229 www.ares.uz omonatning joriy bahosini aniqlash talab qilinadi. Bu summani shu kuni omonatga
qo`yish zarur bo`ladi.
2.
Faraz qilaylik, xar bir hisob kelajakdagi davriy muntazam to`lovlar davrining
oxiri yoki boshida amalga oshiriladigan bo`lsa, ularning joriy vaqtdagi bahosini
aniqlash talab qilingan bo`lsin. Vaqtbay baho kontseptsiyasiga ko`ra, kelajakdagi
xarajat yoki daromadlar joriy vaqtdan qancha uzoq bo`lsa, ularning joriy bahosi
shunchalik past bo`ladi.
Misol. Firmaga 12 yildan keyin 500 mln so`m zarur bo`ladi. Xozirgi vaqtda
firmada ma`lum bir mablag’ mavjud va depozit omonatiga qo`yib, 12 yildan keyin
summaning 5000 ming so`mga chiqishini xoxlaydi. Agar yillik foiz 12 % ni tashkil
qilsa, boshlang’ich omonat summasini aniqlash talab qilinadi.
Yechish_._ПС(12%,_12,,_500)=-1283.38_mln_so`m._Natijaning_manfiyligi_bu_summani_omonatga_qo`yilishini_anglatadi._Misol'>Yechish .
ПС(12%, 12,, 500)=-1283.38 mln so`m. Natijaning manfiyligi bu summani omonatga qo`yilishini anglatadi.
Misol . Faraz qilaylik, uyni ikki variantdan biri yordamida sotib olish
rejalashtirilgan: birdaniga 99 million so`mni to`lash yoki 15 yil mobaynida xar oyda
940 ming so`mdan 15 yil mobaynida to`lash xam mumkin. Agar yillik protsent stavkasi
8 % bo`lsa, qaysi variantning afzalligini aniqlash talab qilinadi.
Yechish . Hisoblash ishlarini ПС funksiyasi yordamida quyidagicha amalga
oshiriladi:
ПС(8%/12, 1512, -940)=98362.16 ming so`m. Demak, so`ralayotgan 99 mln so`m pul kutilayotgan summadan katta ekan va
shu sababli bir vaqtda to`lovni amalga oshirish iqtisodiy jahatdan noto`g’ri bo`lar ekan.
XULOSA Microsoft office dasturlar paketi tarkibiga kirgan Microsoft excel dasturi
yordamida iqtisodiy masalalarni hal qilish yo’l-yo’riqlarini o’rganish hamda qtisodiy
funksiyalarni nazariy va amaliy tomonlarini tahlil qilishga bag’ishlangan.
Bizning olib brogan kuzatishlarimiz Microsoft excel dasturidan odatda faqat
bug’alteriya bilan bog’liq jadvalli ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’llanmoqda holos.
Vaholangki, ushbu dastur bir qator ilmiy masalalarni hal qilishga, bank amaliyotida
tez-tez qo’llanadigan masalalarga ham tatbiq etilishi mumkin.
Microsoft excel tarkibiga kirgan bir qator funksiyalar banklarning oddiy
mijozlariga bugungi kunda jamiyatda keng tarqalib borayotgan kredit olish, omonatga
jamg’armalarni qo’yish kabi masalalarda qarorlar qabul qilishda yordam berishi
mumkin.