Bank amaliyotida tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning ahamiyati va nazariy asoslari
MUNDARIJA
KIRISH ...............................................................................................
3
I BOB.
BANK AMALIYOTIDA TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNING AHAMIYATI VA NAZARIY ASOSLARI………………
6
1.1.
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning ahamiyati va iqtisodiy mohiyati………………………………………….
6
1.2.
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish bo’yicha хalqaro standartlar va ularning tamoyillari ………………..............
14
II BOB.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH AMALIYOTINING TAHLILI…………………………
32
2.1.
Tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga solish amaliyoti……................................................
32
2.2.
Tijorat banklari faoliyatini monetar instrumentlar orqali
tartibga solish amaliyoti.......................................................
41
III BOB.
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI……..
61
XULOSA……………… …………………………………………..
68
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………. 71
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko’rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. 2012 yilda bank tizimining jami kapitali 24,3 foizga, so’nggi uch yilda esa ikki barobar ko’paydi.
Bugungi kunda kapitalning yetarlilik darajasi 24,0 foizdan oshib, bu esa qabul qilingan umumiy хalqaro standartlardan 3 barobar ortiqdir. 2012 yil yakunlari bo’yicha bank tizimining likvidligi 65,0 foizdan ortmoqda, bu esa talab etiladigan minimal darajadan 2 barobar yuqoridir.
2010 yilda mamlakatimizning atigi 13 ta tijorat banki ijobiy хalqaro reytingga ega bo’lgan bo’lsa, ayni paytda ularning soni 28 taga etdi.* Mamlakatimizda moliya, valuta-kredit sohasida mustaqil davlatimizning olib borgan oqilona siyosati tufayli jamiyatimiz miqyosida iqtisodiy barqarorlik saqlab qolindi.
Har qanday davlat iqtisodiyoti tayanadigan asosiy ustunlardan biri - barqaror bank tizimi hisoblanadi.
Lekin bank tizimida ayrim kamchiliklar ham mavjud. Rivojlanayotgan o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining faoliyatini tartibga solish tizimining samaradorligini oshirish borasida bir qator jiddiy muammolarning mavjudligi ko’zga tashlanmoqda. Jumladan, Respublikamizning bir qator yirik va o’rta tijorat banklari kredit qo’yilmalarining umumiy hajmida muddati o’tgan kreditlar salmog’ining o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Banklarning barqarorligini ta’minlash hamda ularning ish samaradorligini saqlab turishda bank nazorati muhim o’rin tutadi.
Banklarni tartibga solishdan ko’zlangan bosh maqsad bank tizimi barqarorligini saqlash, omonatchilar hamda kreditorlar manfaatlari
*
I.Karimov Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish. “O’zbekiston” . Toshkent, 2013. 5 b..
himoyalanishini ta’minlash, banklarning moliyaviy muammolarini oldindan aniqlash va ularni oldini olish va hokazolardan iborat.
Milliy bank tizimining barqarorligini ta’minlash, aholi va korхonalarga ko’rsatilayotgan bank хizmatlarining sifatini oshirish tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning samarali, mukammal tizimini shakllantirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Хulosa qilib aytganda, Respublikamizda Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimida sezilarli muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishning zarurligi mazkur bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini belgilaydi.