Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimini o’rganish hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari sifatida quyidagilar belgilab olindi:
Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning uslubiy-nazariy asoslarini o’rganish;
mamlakatimiz Markaziy banki tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning amaldagi holatini tahlil qilish;
хalqaro Bazel qo’mitasining 2013 yilning boshida kuchga kiradigan yangi talablarini o’rganish va ulardan O’zbekiston bank nazoratini takomillashtirishda foydalanish yuzasidan хulosalarni shakllantirish;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish borasidagi asosiy muammolarni aniqlash va asoslab berish;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Respublikamizning tijorat banklari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti bo’lib, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimini faoliyati hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy-amaliy ahamiyati.Bitiruv malakaviy ishida keltirilgan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan taklif va tavsiyalar kiritilgan. Bu ma’lumotlardan respublika bank tizimini boshqarishni takomillashtirish dasturlarini ishlab chiqishda , shuningdek mamlakatimizda bank tizimiga oid o’quv darsliklarini tayyorlashda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi kirish qismi, uch bob, хulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslab berilgan hamda ishning maqsadi, vazifalari o’z aksini topgan.
Birinchi bobda tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning ahamiyati va iqtisodiy mohiyati shuningdek, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish bo’yicha xalqaro standartlar va ularning tamoyillari haqida so’z yuritilgan.
Ikkinchi bobda mamlakatimiz tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy me’yorlar va monetar instrumentlar orqali tartibga solish amaliyoti tahlil qilingan.
Uchinchi bobda tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish yo’llari bayon qilingan. Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan xulosa va takliflar bildirilgan.