Exinokok qurti. Echinococcus turmush tarzi va yashash muhiti Exinokokk


Reja : Exinokok qurti. Echinococcus turmush tarzi va yashash muhiti



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə3/3
tarix06.10.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#64630
1   2   3
Exinkokk 10min tayyorlaganiga cqarwni hisoblab beriladi

Reja :

  1. Exinokok qurti. Echinococcus turmush tarzi va yashash muhiti

  2. Echinokokning xususiyatlari, tuzilishi va yashash muhiti

  3. Ekinokokkning tabiati va turmush tarzi

  4. Ekinokokkning oziqlanishi

  5. Ko'paytirish va umr ko'rish davomiyligi


Xulosa :
Exinokokkoz - odam va hayvonlarda uchraydigan invazion kasallik. Exinokokklar qoʻzgʻatadi (tasmasimon gelmint). E. qadimdan maʼlum. Gippokrat asarlarqda ham jigar E.iga oid ilk maʼlumotlar bor, lekin u "jigar yalligʻlanishi" deb yuritilgan. Keyinchalik E. qoʻzgʻatuvchisi parazitar tabiatga ega ekanligi aniqlandi. E. ancha keng tarqalgan kasallik. Odamga it, tulki, boʻri, mushukdan, gelmIn-t tuxumi tushgan oziq-ovqat va suv orqali oʻtadi. Bundan tashqari, exinokokk tuxumi bilan ifloslangan qoʻylar yungini olganda ham yuqishi mumkin. Qoʻylar exinokokk tuxumini itlar axlati tushgan oʻtlarga yotganida ilashtiradi. E. odamdan odamga bevosita yuqmaydi. Chorva mollari va boshqalar hayvonlarga E. bilan ogʻrigan it axlati tushib ifloslangan oʻt, yemxashak va suv orqali yuqadi. E.ni itlar soʻyilgan kasal hayvon aʼzolarini yeganida yuqtiradi. GelmIn-t it ichagida bir necha kun davomida voyaga yetgach, tuxumga toʻla boʻgʻimi uzilib, itning axlati bilan tashqariga chiqadi. Boʻgʻim tashqi muhitdagi oʻsimlik, pichan yoki suvga oʻrmalab tushib, tuxum tashlaydi.
Exinokokk tuxumi odam, uy hayvonlari ichagidan qonga oʻtadi; qon bilan jigar, oʻpka, bosh miya va boshqalar aʼzolarga borib, u yerda exinokokk pufakchasi — kistaga aylanadi. Agar kista koʻp xonali (kamerali) boʻlsa, uni alveokokkoz deyiladi. Kistalar kattalashib, atrofdagi toʻqimani siqib qoʻyadi, natijada aʼzo atrofiyat uchrab, faoliyati buziladi, agar u yorilsa, ichidagi suyuqligʻining soʻrilishi butun organizmning zaharlanishi, allergiyaga olib keladi, ularning yorilishi esa hayot uchun xavfli. Odamlarda qaysi aʼzo zararlanganiga koʻra kasallik belgilari turlicha boʻladi. Jigar E.ida bemorning darmoni qurib, oʻng qovurgʻa ostida ogʻriq seziladi, jigar ogʻir tortib, kattalashadi, sariqlik kuzatiladi; oʻpka E.ida esa koʻkrak ogʻrib, bemor yoʻtaladi, nafasi qisib, qon tupurishi ham mumkin; miya E.ida bosh ogʻriydi, aylanadi, harakatlanish va sezish faoliyati buziladi.
E.ga xos belgilar paydo boʻlganda, albatta, vrachga murojaat qilish lozim. Kasallikning oldini olish uchun uy hayvonlarini toʻgʻri parvarish qilish, ularni vaqtida veterinariya nazoratidan oʻtkazib turish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish (it bilan oʻynagandan yoki uni parvarish qilgandan soʻng qoʻlni yuvish, sabzavotlarni isteʼmol qilishdan oldin tozalab yuvib, soʻngra qaynagan suv bilan chayish), bolalarning koʻchadagi daydi itlar bilan oʻynashiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Davo kasallangan aʼzo va kasallik belgilariga qarab olib boriladi.




Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin