O'zbekiston iqtisodiyotining bugungi rivojlanish bosqichida aholi turmush darajasining muammolari va uning dinamikasini belgilovchi omillar juda muhim va dolzarb bo'lib bormoqda. Mamlakatni yanada isloh qilish va oqibatda, jamiyatda siyosiy, binobarin, iqtisodiy barqarorlik yo'nalishi va sur'ati asosan ularning hal qilinishiga bog'liq. Ushbu muammolarni hal etish davlat tomonidan ishlab chiqilgan muayyan siyosatni talab qiladi, uning asosiy markazida inson, uning farovonligi, jismoniy va ijtimoiy salomatligi turadi. Aynan shuning uchun hayot tarzining o'zgarishiga olib keladigan barcha o'zgarishlar, aholining turli qatlamlari orasida katta qiziqish uyg'otadi. Shu jumladan, uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvi ma’lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda 25 yosh va undan katta aholining savodxonlik darajasi 2012 yildan buyon 100 foizga yetdi. So’nggi yillarda ta'lim darajasida o'zgarishlar kuzatildi. Jumladan, oliy ma'lumotli aholining ulushi barqaror o'sib bormoqda, natijada ta'lim tizimining faoliyati asta-sekin mehnat bozorining yangi talablariga muvofiq kelmoqda hamda O'zbekiston oliy ma'lumotli malakali mutaxassislar bilan ta'minlanmoqda. 15 3-jadval O'zbekiston Respublikasida 2005-2017 yillarda 25 yosh va undan katta aholining ta'lim darajasi, % tegishli guruhlarga nisbatan, % Yillar Savodli Shu jumladan: ma’lumoti oliy va undan yuqori 2005 99,3 10,8 2010 99,8 13,5 2017 100,0 16,2 2005 yilda oliy ma'lumotli aholining ulushi 10,8% ni tashkil etgan bo'lsa, 2017 yilda bu ko'rsatkich 5,4% punktga o'sib, 16,2% ni tashkil etdi. 2017 yilning iyun oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarori ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu Qarorning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasi mintaqalarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni muntazam jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etishga qaratilgan. Shuningdek, O'zbekistonda 2017-2021 yillarga mo'ljallangan jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha dastur ishlab chiqilgan. Aholining sog'lig'i asosan ma'lum bir shaxsning turmush tarzi bilan belgilanadi, shuning uchun sog'liqni saqlash va mustahkamlashda fuqarolarning faol ishtirokini talab etadi. Ushbu dasturni amalga oshirish doirasida Uy xo'jaliklari kuzatuvi savolnomasiga ularning jismoniy faolliklarini - mashg’ulotlar, yugurish, sport yurishi, sakrash, og’ir narsalarni ko'tarish, suzish, sheyping, fitnes, gimnastika, yengil va og’ir atletika, harakatlanish va sport o’yinlari (futbol, mini futbol, basketbol, voleybol, tennis, stol tennisi, badminton o’yinlari), sport turizmi bilan shug’ullanishlarini aks ettiruvchi savollar kiritildi. 2017 yilda o’tkazilgan uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvlari natijasida quyidagi ma'lumotlar olindi: 16 4-jadval O'zbekiston Respublikasida jismoniy mashg’ulotlar bilan shug'ullanadigan shaxslar (uy xo'jaliklari a'zolari) ulushi tegishli guruhlarga nisbatan, % 2017 y. Jami 62,4 shu jumladan jinsi bo’yicha: erkaklar 69,4 ayollar 55,4 shu jumladan joylashishi bo’yicha: shahar 65,3 qishloq 59,7 Uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvi natijalariga ko'ra, 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanuvchi aholi ulushi 62,4% ni tashkil etdi: erkaklar - 69,4%; ayollar - 55,4%. Agar jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadigan aholini joylashishi bo'yicha tahlil qiladigan bo’lsak, yuqori ko'rsatkich shaharlarda qayd etildi - 65,3%, qishloq joylarida esa 59,7% ni tashkil etadi. O'zbekistonda zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish dasturi Internetning milliy segmentini rivojlantirish uchun nazarda tutilgan davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy AKTdan keng foydalanishni ta'minlashga qaratilgan Milliy dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilarini va ushbu sohadagi yuqori malakali mutaxassislarni rag'batlantirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, uy xo'jaliklari kuzatuvi savolnomasiga AKT vositalaridan foydalanish imkoniyatiga oid savollar, jumladan 17 Internetga ulanish turlari, foydalanish imkoniyat mavjud emasligining hamda teleradioeshittirishlarni qabul qilish kabilar kiritilgan. Bundan tashqari, Internet tarmog'iga ulanish turlari: simli, simsiz, sun'iy yo'ldosh yoki mobil aloqa tarmog'i orqali ulanish kabi ko’rsatkichlar ham aks ettirilgan. Bundan tashqari, uy xo'jaliklari a'zolarining AKT vositalaridan foydalanish imkoniyati hamda ko’lamini o’rganish maqsadida 10 yosh va undan katta uy xo’jaligi a’zolarining AKT vositalaridan, xususan, mobil telefonlar, kompyuterlar foydalanishi, Internetdan foydalanish joylari, maqsadlari kabi savollar kiritilgan. 5-jadval 2017 yilda Internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta shaxslarning ulushi, % (uy xo’jaliklari tanlama kuzatuvi ma’lumotlariga asosan) Jami Shu jumladan: erkaklar ayollar O’zbekiston Respublikasi 48,7 54,4 43,4 2017 yil uy xo’jaliklari kuzatuvi natijalariga ko'ra, Internet tarmog'iga ulanish imkoniyati mavjud uy xo'jaliklarining ulushi 79,9% ni tashkil etdi. Bundan tashqari, Internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta shaxslarning ulushi 48,7% ni, ulardan erkaklar 54,4%ni, ayollar esa 43,4% ni tashkil etdi.
XULOSA
"Turmush darajasi" tushunchasi va ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimini rivojlantirishda Birlashgan millatlar tashkiloti sezilarli hissa qo'shdi. 1960 yilda BMTning ishchi guruhi global miqyosda turmush darajasini aniqlash va o'lchash tamoyillari hakida hisobot tayyorladi. Bu keng qamrovli tizimni yaratish yo'lidagi dastlabki qadam edi. BMTning xalqaro statistika sohasidagi turmush darajasi ko'rsatkichlarining oxirgi versiyasi 1978-yilda ishlab chiqilgan va 12 ta asosiy yo'nalishni qamrab olgan.
Bugungi kunda ham mazkur xalqaro tashkilot tomonidan dunyo aholisi turmush darajasini oshirish va kambag'allikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko'maklashish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, BMTning Bosh assambleyasida 2000 yilda qabul qilingan “Ming yillik rivojalanish dasturi” hamda 2015 yilda tasdiqlangan “2030 yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi” bevosita dunyo mamlakatlari aholisini iqtisodiy-ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya buzilishining oldini olgan holda, aholining salomatligini asrashga qaratilgan muhim tadbirlar sirasiga kiradi.