Extiyojlar Turmush darajasi



Yüklə 63,15 Kb.
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü63,15 Kb.
#175761
  1   2   3   4
Документ Microsoft Word

Mavzu: Aholi turmush darajasi va farovonligi hamda uni ifoda etuvchi


Ko’rsatkichlar tizimi

Reja:
1 Aholi turmush darajasi


2 Extiyojlar
3 Turmush darajasi
4 O'zbekiston iqtisodiyotining bugungi rivojlanish bosqichida


Aholi turmush darajasi davlat ijtimoiy - iqtisodiy siyosatda samaradorligini
baholashning eng muhim mezonidir. Uni oshirib borish ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadidir. “Turmush darajasi” tushunchasi zamonaviy talqinda inson faoliyatining barcha tomonlariga taalluqli bo„lgan keng qamrovli tushunchadir.
Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne‟matlar
hamda xizmatlar bilan ta‟minlanganlik darajasi, ularni iste‟mol qilish darajasi
tushuniladi.
Q.H. Abdurahmonov, Sh.R. Xolmo„minovning tadqiqotlarida aholi turmush
darajasiga ta‟rif berilib, uni oshirishga doir nazariy ma‟lumotlar berilgan, jumladan, aholi turmush darajasi deganda ularning hayot kechirishi uchun zarur bo„lgan moddiy va ma‟naviy ne‟matlar bilan ta‟minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne‟matlar bilan qondirilish darajasi tushuniladi
A.O„lmasovning “Iqtisodiyot asoslari” kitobida aholi turmush darajasi va
farovonligining bir nechta ta‟riflari nazariy jihatdan keltirilib, u muntazam o„zgarib turadigan, turli ne‟matlarga bo„lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanishi ko„rsatib o„tilgan.
Aholi turmush darajasi deganda ularning hayot kechirishi uchun zarur bo„lgan moddiy va ma‟naviy ne‟matlar bilan ta‟minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne‟matlar bilan qondirilish darajasi tushuniladi. Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne‟matlar juda ko„p ehtiyojlarni o„z ichiga oladi. Bularga misol qilib mehnat sharoiti, ta‟lim sohasi, sog„liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi ko„plab ehtiyojlarni aytish mumkin.

Turmush darajasi bir tomondan, muntazam o„zgarib turadigan, turli ne‟matlarga bo„lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi.


Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq
farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati
sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo„llaniladi.
Aholi turmush darajasi - juda murakkab iqtisodiy tushuncha. Insonning hayot
faoliyatidagi farovon turmush tarzi, avvalo, uning iste‟moli qondirilishi darajasi
sharoitini tahlil qilish bilan aniqlanadi. Turmush darajasi ko„rsatkichlari tizimining oxirgi tahliliy ifodalari BMT tomonidan 1978- yilda ishlab chiqildi.Ushbu tizim o„z ichiga quyidagi 12 ta asosiy tahliliy ko„rsatkichni oladi.
BMT tavsiyasiga ko„ra, tug„ilish, o„lim - umr ko„rish davomiyligi, oziq-ovqat mahsulotlarining iste‟mol darajasi,uy-joy sharoitlari, sanitar-gigienik sharoitlar, ta‟lim olish va madaniy imkoniyatlar, ish sharoitlari va bandlik darajasi, daromadlar va xarajatlar muvozanati, iste‟mol narxlari, transport vositalari bilan ta‟minlanganligi, dam olish va hordiq chiqarish imkoniyatlarining mavjudligi, ijtimoiy ta‟minot tizimining mavjudligi, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanganligi kabi ko„rsatkichlar turmush darajasini ifodalovchi ko„rsatkichlar hisoblanadi



Yüklə 63,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin