h(o = mv2/2+A (12)
Odatda (12) ifoda fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi deyiladi.
(Eynshteyn fizika sohasidagi ishlari uchun 1921-yili Nobel
mukofotini olgan). (12) dan juda muhim natija
mv2/2 = hio-A (13)
ya’ni, elektron tezligi chastotaga proporsional bo'lishi kelib chiqadi
(ikkinchi qonun).
Agar yorug'lik intensivligi yorug'lik oqimidagi fotonlar soniga
proporsional desak, ajralib chiquvchi elektronlar fotonlar soniga
proporsional bo'lgani uchun vaqt birligida ajralib chiqqan elektronlar
soni yorug'lik intensivligiga proporsional bo'lishi kelib chiqadi (birinchi
qonun).
Foton energiyasi elektronni metalldan chiqarishga yetmasa, fotoeffekt
ro'y bermaydi. Haqiqatan ham (12) formuladan mv2/2 = 0 bo'lganda
a\ = A/h (14)
chastotadan kichik chastotalarda fotoeffekt kuzatilmaydi. Fotoeffekt
hodisasi chastotaning ma’lum a)0 qiymatidan katta qiymatlarida ro'y beradi
va aksincha ш0>ш bo'lganda fotoeffekt kuzatilmaydi. Shuning uchun bu
chastota chegaraviy chastota yoki fotoeffektning qizil chegarasi deyiladi.
Tajribada (14) formuladan foydalanib, fotoeffektning qizil chegarasini
bilgan holda, metallardagi chiqish ishlarini aniqlab yoki chiqish ishlarini
bilgan holda, fotoeffektning qizil chegarasini aniqlash mumkin.
0 ‘tkazilgan tajribalarda (Milliken) to'xtatuvchi potensial
VT = kw-B (15)
qonuniyatga bo'ysunishi aniqlangan. Bu yerda k, В - o'zgarmas kattaliklar.
Dostları ilə paylaş: |