F an: akusherlik ishi



Yüklə 22,15 Kb.
səhifə4/7
tarix23.10.2022
ölçüsü22,15 Kb.
#65924
1   2   3   4   5   6   7
2 lektsiay taza

2 baho "Qoniqarsiz"

O`quvchi fan dasturini o`zlashtirmagan, fan(mavzu)ning mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega emas deb topilganda 55%



Yo'ldosh tushish davri va ilk chilla davrida qon ketish yo'ldosh tushish davrida qon ketish

Bachadon bo'yni ochiladigan va homila tug‘iladigan davrlarga nisbatan yo'ldosh tushish davrida ko'ngilsiz holatlar ko'proq uchraydi. Yo'ldosh tushish davrida ko'proq kuzatiladigan va xavfli holat qon ketishidir.Yo‘ldosh tushish davrida hamisha qon ketadi, lekin yo'ldosh normal ko'chib tushganda ayol ko'p deganda 250 ml qon yo'qotadi. Yo'ldosh ko'chgandan keyin bachadon qisqaradi. Natijada: ko'chgan yo'ldosh bachadondan tushadi; bachadonning qonayotgan tomirlari qisilib, qon oqishi to'xtaydi.Bachadonning qisqaruvchanligi yetarli bo'lmasa, plasentaning ko'chish jarayoni buziladi plasenta batamom ko'chmay, qisman ko'chadi. Plasenta batamom ko'chmaguncha bachadon qisqarmaydi, plasenta ko'chgan joydagi tomirlar ochiq turaverib, ulardan qon oqadi.Plasenta bachadon devoridan ko'chsa-yu, bachadon bo'shlig'ida qolaversa ham qon ketadi. Yo'ldosh bachadon bo'shlig'ida turganda muskullar yaxshi qisqarmaydi, bachadon tomirlari yetarlicha qisilmaydi, natijada qon ketishi davom etaveradi. Tug'ruq yo'llaridagi yumshoq to'qimalar: bachadon bo'yni, qin va oraliq to'qimalarning yirtilishi yo'ldosh tushadigan davrda qon ketishga olib keladi. Ammo yo'ldosh tushadigan davrda qon ketishi ko'pincha yo'ldoshning bachadon devoridan ko'chish va bachadondan chiqish jarayonining buzilishiga aloqador bo'ladi, bu bir qancha sabablarga bog'liq va unga quyidagilar kiradi.
1. Bachadon tonusi va qisqaruvchanligining pasayishi - bachadon gipotoniyasi.Bachadon gipotoniyasi yo'ldoshning ushlanib qolishiga va qon ketishiga sabab bo'lib, quyidagi holatlarda ro'y berishi mumkin:
a) qovuq va to 'g 'ri ichak to'lib ketganda;
b) bachadon chala rivojlanganda (infantilizm ), bunda aksari bachadon muskullarining tonusi pasayadi;
d) qog'onoq suvining ko'pligi, egiz homiladorlik, homilaning yirikligi sababli bachadonning o 'ta cho'zilishi;e) bachadon devorining o 'zgarib (fibromioma, yallig'lanish oqibatlari), qisqaruvchanligining pasayishi;haddan tashqari kuchli dard tutib, ayolning charchab qolishi va bachadon tonusining yo'qolishi.
2. Yo'ldosh tushadigan davrning noto'g'ri boshqarilishi. Yo'ldosh tushadigan tartibiga amal qilinadi. Yo'ldoshning ko'chishini tezlatish (kindikdan tortish, bachadonga ta'sir etish va hokazo) fiziologik jarayonni buzib qo'yadi. Shu sababli plasenta qism an ko'chadi yoki ko'chgan plasenta bachadonning qisqarib tortishib qolgan bo'ynida qisilib qoladi .
3. Plasentaning bachadonda noto'g'ri joylanishi. Plasenta bachadonning pastki segmentiga (plasenta oldinda yotganda) yoki tuxum yo'li boshlanadigan burchakka yopishgan bolsa, yoldosh tushish davrida ko'pincha qon ketadi . Bachadonning ayrim bo'limlari faol qisqaraolmasa plasenta ko'chish jarayonining buzilib qon ketishiga sabab bo'ladi.4. Plasentaning bachadonga soxta va chin yopishishi (placenta adherenset accreatasen increata). Plasenta bachadonga qisman yopishib qolganda yo'ldosh tushish davrida hamisha qon ketadi. Ammo plasentaning bachadonga chinakam yopishib qolishi kamdan-kam uchraydi. Plasentaning biron qismini «soxta» yopishib qolishi ko'proq kuzatiladi. Bunday hollarda plaseptaning bir qismi ko'chadi va bachadon tomirlaridan qon oqa boshlaydi, yo'ldosh bachadonda turganda qon oqishi davom etaveradi.Yo'ldosh tushadigan davrda qon ketishi homila tug'ilgach tez orada yoki bir necha vaqt (yarim soat, bir soat) o'tgach boshlanadi va u ko'pincha kam qonlikka olib boradi; kam qonlik darajasi yo'qotilgan qon miqdoriga va organizmning individual xususiyatlariga bog'liq.Bu davrda qon ketishining oldini olish avvalo tu g 'ru q n in g shu davrini boshqarish qoidalariga aniq rioya qilishdan iborat.Davosi. Q on ketishini darhol to'xtatish va kam qonlikka qarshi kurash choralarini ko'rish kerak; bachadon bo'shagandan keyingina qisqarib, qon ketishi to'xtaydi, shu bois yo'ldoshni bachadon bo'shlig'idan ustalik bilan tez chiqarish zarur. Plasenta ko'chgan bo'lsa, uni tashqi am allar bilan chiqariladi, agar u ko'chmagan bo'lsa, tashqi amallar naf bermaydi, shu sababli bachadon bo'shlig'iga qo'l suqib yo'ldoshni ko'chirishga to'g'ri keladi.Qon keta boshlaganda yo'ldoshning ko'chish belgilarini darhol tekshirib ko'rish kerak. Plasenta ko'chgan (ko'chish belgilari musbat) bo'lsa, darhol Abuladze yoki Кrede usuli qo'llanadi.Plasentaning ko'chish belgilari bo'lm asa, narkoz berib, yo'ldoshni Кrede usulida siqib chiqarishga urinib ko'riladi, u ham natija berm asa, yo'ldoshni qo'ld a ko'chirishga to'g'ri keladi.

Yüklə 22,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin